lashtirilishi davlat standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararo
standarti (ГОСТ 1.5-85)ga muvofiq bajariladi.
O ‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi.
Davlat standartlari O‘z D St 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston
standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘y-
xatidan o ‘tkazish tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlash
tirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa
subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va
ko‘rsatkichlar, m e’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamo-
naviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va
standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |