Nazorat usullari (sinash, o ‘lchash, tahlil)ga standartlar
mahsulotni yaratish, sertifikatlashtirish va foydalanishda sinovdan
o ‘tkazish, o ‘lchash hamda tahlil qilish (usullari, qabul qilish, uslu-
biyati va boshqa) usullarini o ‘rnatadi. Bunday standartlarga mah-
sulot (xizmat) sifatiga majburiy talablarni baholash natijalarining
aynan aslidek, xolisonalik va aniqliklari eng yuqori darajada b o‘lishi
tegishli b o ‘ladi. Bu shartlarni bajarish aytarli darajada o ‘lchash
xatoliklari to‘g‘risidagi ma’lumot standartlariga bog‘liq b o ‘ladi.
Tekshirish usullari, qabul qilish va uslublarning turli-tuman-
ligiga qaramasdan ularni ajratish va umumiy qoidalarini stan-
dartlashtirish lozim. Bunday standartlarga tekshirish vositasi va
yordamchi q o ‘ shimcha qurilmalar, tekshirishga tayyorlash va
o ‘tkazish tartibi, natijalarni qayta ishlash qoidalari va rasmiylash-
tirish hamda sinovda y o ‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli b o‘ladi.
98
Standartda o ‘tkaziladigan amallar ketma-ketligi aniqlangan
b o‘lishi va olingan natijalarni qayta ishlash qoidalari, sinov qurilma-
sining sxemasi, mahsulot to‘pidan olingan namunaning miqdoriy
tavsifi, joyi va xususiy holati hamda natijalarning aniq va solishtiril-
gan b o ‘lishiga nisbatan tavsiyalarni beradi.
Masalan, mahsulot (xizmat)larga standartlarda tekshirish
usullarining bo‘lishi va ular q o‘shilgan aralash standartlar holida
b o ‘lishi mumkin.
3.4. O ‘zbekiston davlat standartlashtirish tizimi
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
28-apreldagi 122-sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat
menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir q o‘ -
shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish «O ‘zstandart» agentligi standart
lashtirish b o ‘yicha milliy idora hisoblanadi (3.2-rasm).
«O ‘zstandart» agentligi tarkibida standartlashtirish va minta
qaviy siyosat b o ‘yicha boshqarma mavjud. Boshqarma xalqaro,
mintaqaviy, xorijiydan tortib barcha miqyoslarda ma’lumot bilan
ta’minlash, me’yoriy hujjatlar Davlat jamg‘armasini tashkil etish
bilan shug‘ullanadi, me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va ro‘yxatga
olishdan avval ekspertizadan o ‘tkazadi, vazirlik, muassasa, tashkilot,
korxona, birlashmalar bilan «O ‘zstandart» agentligi boshqarmalari,
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish b o ‘yicha
davlatlararo kengash va Yevrosiyo ittifoqi bilan ish olib boradi.
2001-yildan O ‘zbekiston Respublikasi M illiy etalon markazi
davlat unitar korxonasi faoliyat ko‘rsata boshladi. «O ‘zstandart»
agentligi huzurida Shtrixli kodlashtirish markazi, respublika va
mintaqaviy sifat mahkamalari va boshqalar ishlab turibdi.
Respublikada standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkil qilish,
muvofiqlashtirish va ta’minlash davlat organlari va iqtisodiy soha
b o ‘yicha korxonalar birlashuvi tomonidan amalga oshiriladi.
99
3.2-rasm. «O ‘zstandart» agentligi markaziy apparatining tuzilmasi.
100
Vazirlik, muassasa, birlashma va korxonalar sohalarda stan
dartlashtirish b o ‘yicha ishlarni o ‘zlarining vakolati doirasida olib
boradilar.
O ‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunida ko‘rsatilishicha, O ‘zbekiston Respublikasida standart
lashtirish b o ‘yicha ishlarni olib borish tashkiliy-texnikaviy qoida
larini belgilovchi standartlashtirish davlat tizimi (O ‘z SDT) amalda
qo‘llaniladi.
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq respublikada
standartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish, muvofiqlash-
tirish va ta’minlashni quyidagi tashkilotlar bajaradi:
— xalq x o ‘jaligi tarmoqlarida — «O ‘zstandart» agentligi;
— qurilish, qurilish sanoati, shu jumladan, loyihalash va kon-
struksiyalarni tuzish sohasida — Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi;
— tabiiy boyliklardan foydalanishni tartibga solish va atrof-
muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan muhofazalash —
Tabiatni muhofaza qilish davlat q o ‘mitasi;
— tibbiyotga m o‘ljallangan mahsulot, tibbiyot texnikasi bu-
yumlari, dori-darmon vositalari sohasida, shuningdek, respublika
sanoatida ishlab chiqariladigan va import b o‘yicha yetkazib berila-
digan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalarning borligini
aniqlash b o ‘yicha masalalarda — Sog‘liqni saqlash vazirligi;
— davlat va x o ‘jalik boshqaruvi idoralari o ‘zlarining vakolatlari
doirasida standartlar va texnik shartlar (keyinchalik — standartlar),
shuningdek, «Standartlashtirish to‘g ‘risida»gi Qonunning q o ‘lla-
nishi b o ‘yicha yo‘riqnomalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi,
tasdiqlaydi, chop etadi (3.3-rasm).
«O ‘zstandart» agentligiga qonun bo‘yicha, respublikada stan-
dartlashtirsh ishlarini olib borish umumiy qoidalarini o ‘rnatish
bilan bir qatorda manfaatdor tomonlarning davlat va xo‘jalik bosh-
qaruv idoralari bilan hamkorlik qilish shakllari va metodlarini aniq-
lash vazifasi ham yuklatilgan.
« Standartlashtirish to ‘g‘risida»gi Qonunda belgilanishicha,
standartni tasdiqlagan idoralar standartlarning axborot-tarmoq
jamg‘armalarini yaratadi va olib boradi, manfaatdor iste’molchilarni
101
O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH DAVLAT
TIZIMI (O ‘z SDT)
Standartlar
Tasdiqlash
Standartlar
darajalari
darajalari
turlari
Davlatlararo
standartlar
Uzluksiz ta’lim
tizimidagi
O ‘zbekiston
davlat standartlari
O ‘zbekiston
davlat
standartlari
Tarmoq
standartlari
Rahbariy
hujjatlar,
tavsiyano malar
Ma’ muriy-
hududiy
standartlar
Korxona
standartlari
3=>
Yevrosiyo
Ittifoqining
Davlatlararo
Kengashi (EASC)
Vazirlar
Mahkamasi
«O‘zstandart» agentligi
Davarxitekturaqurilish
Davtabiatqo‘mita
Sog‘liqni saqlash
vazirligi
«O ‘zstandart»
agentligi
Iqtisodiyot
tarmoqlari
«O ‘zstandart»
agentligi
Hokimiyatlar
Iqtisodiyot
tarmoqlari
Korxonalar
Hokimiyatlar
Korxonalar va
tashkilotlar
Asos b o‘luvchi
standartlar
Tashkiliy-metodik
standartlar
U mumtexnikaviy
standartlar
Mahsulotga
(xizmatlarga)
standartlar
Jarayonlarga
standartlar
Tekshirish (sinash,
o ‘lchash, tahlil)
metodlariga
standartlar
3.3-rasm. Standartlar darajalari, ularni tasdiqlash darajalari va O ‘zbekiston
standartlashtirish davlat tizimi standartlarining turlari.
102
xalqaro (davlatlararo, hududiy) standartlar, O ‘zbekiston Respubli-
kasining standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari,
shuningdek, standartlashtirish sohasida xalqaro shartnomalar,
texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot davlat tasniflagichi, standart
lashtirish bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va tavsiyalar to‘g‘risida axbo-
rotlar bilan ta’minlaydi. Standartlarni nashr etish va qayta chop
etishni ularni tasdiqlagan idora bajaradi. «O ‘zstandart» agentligi
respublikada standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvo-
fiqlashtirish va ta’ minlash uchun mahsulotni standartlashtirish,
metrologiya, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida davlat bosh-
qaruv idoralari, tegishli vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, kon-
sernlar, korxonalar, tashkilotlar, jamoa birlashmalarini jalb etish
huquqiga ega.
O ‘z SDT (O ‘z DSt 1.0:1998)ning asosiy qoidalarida belgila-
nishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari o ‘z vakolatlari doira
sida va «O ‘zstandart» agentligi bilan kelishilgan holda standart
lashtirish b o‘yicha ishlarda qatnashadi, O‘z SDT doirasida standart
lashtirish tarmoq tizimlarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida stan-
dartlashtirish b o ‘yicha ishlarni tashkillashtirish, rejalashtirish va
muvofiqlashtirish uchun tegishli boshqaruv idoralari standart
lashtirish bo‘linmalarini (xizmatlarini) yaratadi va (yoki) standart
lashtirish b o ‘yicha tayanch tashkilotlarni tayinlaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari davlat va tarmoq standart
lashtirish dasturlari bo‘yicha standartlashtirish ishlarini olib boradi.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi «Standartlash
tirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikat
lashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
342-sonli qarorini bajarish maqsadida «O ‘zstandart» o ‘zining
viloyat boshqarmalarini (SMSHM) tuzib, ularning ishlariga har
tomonlama ko‘mak ko‘rsatmoqda (3.4-rasm).
«O ‘zstandart» agentligi qoshidagi «Standartlashtirish, metrolo
giya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» (SMSITI) stan
dartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida asosiy
ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etil-
gan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan
103
3.4-rasm. « 0 ‘zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi.
104
bir qatorda respublikada ushbu sohalar b o ‘yicha malaka oshirish
va qayta tayyorlash instituti b o ‘lib hisoblanadi. Shu sohalardagi
belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah
sulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan
milliy ilmiy baza yaratadi;
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsu-
lot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy
asoslarini ishlab chiqadi;
— mahsulotning raqobatdoshligini ta’minlaydigan, atrof-mu-
hitni ishonchli darajada himoya qilish, inson sog‘lig‘ini saqlash,
mehnat xavfsizligini ta’minlash, mudofaa qobiliyatini oshirishga
qaratilgan xalqaro me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan
uyg‘unlashadigan, asos b o ‘luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy
etadi;
— standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki
uchraydigan muammolarni tadqiq qilish, davlat tilida me’yoriy
hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;
— yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
— standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah
sulot sifatining ilmiy masalalari b o ‘yicha xalqaro, milliy va minta-
qaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
— standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohala
rida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
— sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni
tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o ‘tmaganiga qaramay,
shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega
b o ‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning
ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi
poydevorlardan hisoblanadi.
Standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalash-
tirish tegishli mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari
hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy
faoliyati va vazifalari quyidagilardan iborat:
105
— biriktirilgan tashkilot va korxonalarda standartlashtirish b o ‘ -
yicha muvofiqlashtirish ishlari olib borish hamda texnik yago-
nalikni ta’minlash;
— biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi
b o ‘yicha o ‘zuvchi va kompleks standartlashtirishni ta’minlaydigan
asosiy istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
— biriktirilgan mahsulot guruhlarini standartlashtirish, me’yoriy
hujjatlarni o ‘z vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko‘rish b o ‘ -
yicha takliflar, me’yoriy hujjatlar loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa
tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
— biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko‘rsatkichlarni standart
yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan me’yorda, O ‘zbe-
kiston Respublikasining faoliyatidagi qonunchilik me’yorlari, xavf-
sizlik va ekologiya masalalarini ta’minlaydigan darajada amalga
oshirish;
— standartlashtirish b o ‘yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan
mahsulotning birinchi namunalari uchun loyihalarni optimallash-
tirish hamda standartlashtirishning nazariy va amaliy tomonlaridan
ilmiy-metodik ishlar olib borish;
— ko‘rsatkichlarning me’yorda bo‘lishini ta’ minlash maqsadida
doimiy va tizimli nazorat olib borish;
— korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikat
lashtirish b o ‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish va sh.k.
O ‘zbekiston Respublikasida texnik qo‘ mitalar (TQ) mutaxas-
sislari — davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor idoralari va tadbir-
korlik subyektlarining vakolatli vakillari, iste’molchilar, kasaba
uyushmasi tashkilotlari, davlat nazorati idoralari va boshqalarning
shakllanishi b o ‘lib hisoblanadi. TQ yuqori ilmiy-texnikaviy salo-
hiyatga ega bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar negizida ta’sis etuvchi-
lar va «O ‘zstandart» agentligi (Davarxitektqurilish, Davtabiatqo‘m,
Sog‘liqni saqlash vazirligi) qo‘shma buyrug‘i bilan tuziladi.
Texnik qo‘mitalarning asosiy vazifasi — xalqaro, davlatlararo,
mintaqaviy, davlat va tarmoq standartlashtirish, metrologiya va ser-
tifikatlashtirish sohasidagi faoliyatlarni O ‘z DSt 1.0, R M G 01 ga
muvofiq shartnoma asosida bajarish.
106
0 ‘ zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘ mitalari
Do'stlaringiz bilan baham: |