Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya


  —  harakatlanuvchi elektrod;  2



Download 15,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/296
Sana29.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#79139
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   296
Bog'liq
580db6c45711c

1
  —  harakatlanuvchi elektrod;  2 —  harakatlanmaydigan  elektrod;  3 —  o ‘q;
4
 —  prujina;  5 —  strelka;  6 —  shkala.
O ‘qdagi mavjud prujina harakatlanuvchi elektrod o ‘qi burilish 
burchagiga proporsional teskari ta’sir etuvchi momentni yaratadi. 
Aylantiruvchi va teskari ta’sir qiluvchi momentlar o ‘zaro ta’sirida 
elektrodlarga  berilgan kuchlanishlar kvadratiga  proporsional  o ‘l- 
chash  mexanizmi strelkasi burchakka aylanadi.
Asbobning  shkalasi  o ‘lchanayotgan  kattalik  birliklarida  gra- 
duirovka  qilinganda  nochiziqli  shkalani  hosil  qiladi.  Odatda, 
elektrostatik  asboblardan  o ‘zgaruvchan  yoki  o ‘zgarmas  toklar, 
shuningdek, o ‘ta yuqori chastotali kuchlanishlarni o ‘lchash uchun 
foydalaniladi.
Bu  asboblar  chastotaga  bog‘liq  b o ‘lmagan  ko‘rsatkichlar  va 
kichik energiyani iste’mol qilishi bilan ajralib turadi.  Elektrostatik 
asboblarning  ko‘rsatishiga  o ‘lchanadigan  kuchlanish  chastotasi, 
atrof-muhit  temperaturasining  o ‘zgarishi  va  tashqi  maydonlar 
deyarli ta’sir etmaydi.  Bunga qarama-qarshi o ‘laroq,  tashqi elektr 
maydonining ta’siri sezilarli darajada bo‘ladi. Elektrostatik asboblar­
ning  xususiy  energiya  sarfi juda  kam,  masalan,  o ‘zgarmas  tokda 
u deyarli nolga teng.
Elektrostatik  voltmetrlar  kam  quvvatli  zanjirlarda juda  keng, 
hattoki 30 MHz gacha bo‘lgan chastota diapazonidagi kuchlanishni
64


o ‘lchashda  ishlatiladi.  Aniqligi  b o ‘yicha  elektrostatik  voltmetrlar 
ko‘pincha  1,0—1,5 klasslariga m o‘ljallab ishlanadi.  Maxsus ishlan- 
gan aniqligi 0,1;  0,05  b o ‘lgan voltmetrlar ham mavjud.
Tashqi elektr maydon ta’sirini kamaytirish maqsadida elektro­
statik ekran ishlatiladi.
Induksion asboblar.  Induksion asboblarning boshqa elektr o ‘l- 
chash asboblari tizimidan farqli jihati bitta aniqlangan chastotada 
o ‘zgaruvchan  tok zanjirida  qo‘llash  mumkin.  Uning  kam  o ‘zga- 
rishlari ko‘rsatkichning katta xatoligiga olib keladi.
Zamonaviy  induksion  asboblar  chastotasi  50  Hz  b o ‘lgan  bir 
fazali va uch fazali o ‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun elektr ener­
giyasini hisoblagich sifatida tayyorlanadi.
Induksion asboblar ishlash prinsipi b o ‘yicha asinxronli elektro- 
dvigatellarga  o ‘xshash  b o ‘lib,  asbobning  ish  zanjiri  b o ‘yicha  tok 
yuklanishi  o ‘tadi  va  yuguruvchi  yoki  magnit  maydonni  aylan­
tiruvchi, ya’ni harakatlanuvchi qismda tok induksiyalanadi va uni 
aylantirishga olib keladi.
O ‘zgaruvchan magnit oqimi miqdori bo‘yicha asbobning hara- 
katlanuvchi qismida induksiyalovchi tokka nisbatan bir oqimli va 
ko‘p oqimli induksion asboblarga b o ‘linadi.
Induksion  asboblarning  ishlash  prinsipi  asbobning  harakat- 
lanuvchi qismida induktivlangan toklar bilan o ‘zgaruvchan magnit 
oqimlarining  mexanik  o ‘zaro  ta’sirlashishiga  asoslangan.  Hisob- 
lagichda oqimlardan biri tarmoq kuchlanishiga ulanib (elektr ener- 
giyasi  o ‘lchanadi),  o ‘ramda  elektromagnitni  yaratadi.  Bu  oqim 
harakatlanuvchi  aluminiyli  diskni kesib  o ‘tadi va  uyurmali tokni 
induksiyalaydi,  elektromagnit  kuchlanish  qutblari  izi  atrofida 
tutashadi.  Ikkinchi oqim tok zanjiriga navbatdagi ulangan o ‘ram 
elektromagnitni hosil qiladi.  Bu oqim diskda hamda uyurmali tok 
o ‘zining elektromagnit qutblari izi atrofidagi tutashuvga olib keladi.
Bir fazali  uch  oqimli  induksion hisoblagich  tangensli  magnit 
tizimli qurilma sxemasi 2.13-rasmda keltirilgan.
Induksion mexanizmlarda aylantiruvchi moment hosil b o ‘lishi 
uchun kamida ikkita yoki ikki tashkil etuvchidan iborat bitta, faza 
jihatidan bir-biridan farq  qiluvchi va bir-biriga nisbatan uzoqroq 
joylashgan o ‘zgaruvchan magnit oqimlari b o ‘lishi kerak.
65


O ‘zgaruvchan magnit oqimlar orasidagi faza  farqi 90° ga teng 
b o ‘lganida  aylantiruvchi  moment  o ‘zining  maksimal  qiymatiga 
yetadi.
Aylantiruvchi moment o ‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liqdir.
Induksion tizimli  o ‘lchash  mexanizmlari,  asosan,  quvvat  o ‘l- 
chashda  —  vattmetr,  elektr  energiyasini  hisoblashda  hisoblagich 
(schotchik) sifatida ishlatiladi.
Raqamli  o ‘lchash  asboblari.  Raqamli  o ‘lchash  asbobi  deb, 
o ‘lchash  borasida  uzluksiz  o ‘lchanayotgan  kattalikning  natijasi 
raqamli  qayd  etish  qurilmasida  yoki  raqamlarni  yozib  boruvchi 
qurilmada diskret tarzda o ‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asbob- 
larga aytiladi.  Raqamli o ‘lchash asboblari hozirgi kunda juda keng 
tarqalgan.
Raqamli o ‘lchash asbobining funksional chizmasi 2.14-rasmda 
keltirilgan.
66


2.14-rasm.  Raqamli  o ‘lchash  asbobining  funksional  chizmasi. 

Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish