Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V


 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

6 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
81


mahsulotlari  asosiy  ulushni  egallashi  sababli  qishloq  xo'jalik  sohasini 
rivojlantirishga  alohida  e ’tibor  beriladi.
Yuqoridagi  fikrlarimizni  umumlashtirib,  moliyaning  taqsimlash va 
qayta taqsimlash  funksiyasi  quyidagilarni  amalga oshirishga  imkoniyat 
yaratadi  deb  xulosa  qilishimiz  mumkin:
—  xo'jalik  subyektlari  va  davlat  miqyosida  pul  fondlari  tashkil 
etiladi;
—  faqat  maqsadli  pul  fondlari  tashkil  etiladi;
—  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  hududlar o'rtasida  moliya  mablag'la- 
rining  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshiriladi;
—  mamlakat  aholisining  turli  ijtimoiy  guruhlari  o'rtasida  moliya 
mablag'lari  qayta  taqsimlanadi;
—  xo'jalik  subyektlari  va  davlat  miqyosida  zarur  zaxira  fondlari 
tashkil  etiladi.
Moliyaning  nazorat funksiyasi esa jamiyatda yaratilgan yalpi  ijtimoiy 
mahsulot  va  milliy  darom adni  tegishli  fondlar  bo'yicha  taqsimlanishi 
hamda  maqsadli  fond  mablag'larining sarflanishini  nazorat qilish  bilan 
bog'liqdir.  N a z o rat  funksiyasi  moliyaning  taqsimlash  va  qayta  taq sim ­
lash  funksiyasi  bilan  uyg'unlashgan  holda arnal  qiladi.  Moliya  nazorati 
milliy  darom ad  yaratiladigan  m oddiy  ishlab  chiqarish  sohasini  va 
nomoddiy  ishlab chiqarish  sohasini  qamrab oladi.  Moliya  nazoratining 
inaqsadi  moddiy,  mehnat va moliya resurslaridan  oqilona va tejamkorlik 
bilan  foydalanish,  ortiqcha  xarajatlarni  qisqartirish  ham da  xo'jasiz- 
likning  oldini  olishdir.  Moliya  nazoratining  asosiy  vazifasi  xo'jalik 
subyektlarining o'zaro  hisob-kitoblari  majburiyatlarini,  qonunchilikdagi 
budjet  tizimini  va  soliq  xizmatlari  oldidagi  moliya  majburiyatlarini 
bajarishga  rioya etilishini ta ’minlash  hisoblanadi.  Buning yuzaga chiqishi 
quyidagilarda  nam oyon  bo'ladi:
—  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  jarayoni  boshlanishidan  avval 
turli  budjetlar  va  moliya  dasturlarini  ishlab  chiqishda;
—  shakllantirilgan  turli  pul  mablag'lari  fondlarini,  ya’ni  budjet, 
smeta  va  moliya  rejalarini  sarflanishida;
—  pul  m ablag'lari  fondlarining  bajarilishini  baholashda  va  faoliyat 
natijalarini  yakuniy  hisob-kitob  qilishda.
M oliya  n a z o ra tin i  am alga  oshirish  subyektlari  n azorat  etish 
obyektlari,  mulkchilik  shakli  va faoliyatidan  kelib  chiqqan  holda  turli- 
cha bo'ladi.  M oliya  nazoratining kim tom onidan olib borilishiga qarab 
quyidagi  shakllari  mavjud:
1)  um um davlat  moliya  nazorati;


2)  tarm oq  moliya  nazorati;
3)  xo'jalik  ichidagi  moliya  nazorati;
4) jam oat  moliya  nazorati;
5)  mustaqil  (auditorlik)  moliya  nazorati.
U m um davlat  moliya  nazoratini  vakolatli  davlat  organlari  am alga 
oshiradi.  M oliya  tizim i  va  soliq  xizm ati  xodimlari  davlat  bud jeti 
daromadlari  h am d a xarajatlarining bajarilishi  nazoratini olib boradilar. 
O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi  huzuridagi  nazorat  taftish 
departam enti  va  uning  viloyatdagi  b o ‘limlariga  davlat  budjeti  m ab- 
lag'larining  maqsadli va to ‘liq sarflanayotganligini  nazorat qilisli vako- 
lati  berilgan.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘m itasi  va 
uning joylardagi bo'linmalariga  mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo'jalik 
yurituvchi  subyektlarda  davlat  budjetiga  undiriladigan  so liq lar  va 
tushum ni  nazorat  etish  vakolati  berilgan.
Tarm oq  moliya  nazorati  iqtisodiyotning  m a ’lum  tarm oq  m iqyo- 
sidagi  (vazirlik,  konsern,  kom paniya,  xolding)  nazoratini  o ‘z  ichiga 
oladi.  Ushbu  nazorat  m a ’lum olingan  tarm oq boshqaruvi  tashkil  etilgan 
maxsus  moliya  boshqarmasi  to m o n idan   amalga  oshiriladi.  Bu  bosh- 
qarrna  tarm oq  tarkibiga  kiruvchi  xo'jalik  subyektlarining  am aldagi 
budjet-soliq  qonunchiligiga va  ichki m e ’yoriy nizomlarga  rioya etayot- 
ganligini  nazorat  qilib  boradi.
Xo'jalik  ichidagi  moliya  nazoratini  alohida  olingan  xo'jalik  su- 
byektlari  qosliida  tashkil  etilgan  moliya  b o'linm alari  amalga  oshiradi. 
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  keyingi  vaqtlarda  davlat  mulkini  xususiy- 
lashtirish  va  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirish  jarayoni  natijasida 
ko'plab  turli  mulkchilik  shaklidagi  korxonalar  va  tashkilotlar  tashkil 
etilmoqda.  Bu  holat  xo'jalik  ichidagi  moliya  nazoratining  aham iyati 
oshishiga  olib  kelm oqda.  Ushbu  k o rxonalarda  isliclii  x izm a tc h ila r 
sonining  kamligi,  ishlab  chiqarish  hajm ining  kamligi  (masalan,  kichik 
biznes  sohasi)  sababli  ularda  moliya  nazoratini  olib  borish  vakolati 
bosh  hisobchi  zimmasiga  yuklatilgan.  B unday  korxonalarda  moliya 
nazoratini  olib  boruvehi  bosh  hisobchining  asosiy  vazifasi  m oliya- 
xo'jalik  faoliyatini  nazorat  etish,  budjet  soliq  qonunchiligiga  rioya 
etish  ham da  boshqa  korxonalar  bilan  o 'z a ro   to'lov  m ajburiyatlarini 
olib  borish  hisoblanadi.
Jam oat  moliya  nazoratini  aksiyadorlik  jam iyatlarida  aksiyador- 
larning  um um iy  yig'ilishida  saylangan  alohida  jismoniy  shaxslar  olib 
boradi. Ayrim boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jalik subyektlarida ushbu 
nazoratni  ixtiyoriy  ravishda  m a s’uliyatni  oigan jismoniy  shaxslar  olib


boradi.  Jam oat  nazoratining  o'ziga  xos xususiyati  shundan iboratki,  u 
faqat aniq bir korxonaning xo‘jalik — moliya faoliyatini nazorat qiladi.
Moliya  nazoratining  yana  bir  shakli  mustaqil  (auditorlik)  nazorat 
h isoblanadi.  U sh b u   n a z o ra tn in g   eng  asosiy  xususiyati  shundaki, 
auditorlik  faoliyatini  olib  boruvchi  firma  o ‘z  faoliyati  uchun  maxsus 
litsenziyaga  ega  bo'lishi  bilan  birga  unda  ishlovchi  xizmatchilar  ham  
maxsus  shahodatnom aga  ega  b o ‘lishi  shart.  Auditorlik  moliya  nazo­
ratining  obyekti  barcha  xo'jalik  subyektlarining  x o ‘jalik-moliya  fao­
liyati  hisoblanadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  amaldagi  qonunchi- 
likka asosan,  mulkchilik shaklidan qat’i nazar h a r bir faoliyat yurituvchi 
x o ‘jalik  subyekti  yillik  x o ‘jalik-moliya  faoliyatining  auditorlik  moliya 
nazoratini  o'tkazishi  shart.
Moliyani  tartibga  solib  turish  funksiyasining  mohiyati  davlat  to- 
m onidan  mavjud  moliya  dastaklari orqali jam iyat  ucliun  zarur alohida 
olingan korxonalar va b a ’zan butun iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarim 
rivojlantirishga  t a ’sir  etilishi  hisoblanadi.  Shuni  alohida  ta ’kidlash 
lozimki,  bu  funksiyada  moliyaning  rag‘batlantirish  yoki  so'ndirish 
yo‘nalishi  ham  mavjud.  Davlat  moliya  dastaklari  orqali  iqtisodiyotdagi 
ayrim sohalarni  rivojlantirishga va o ‘z vaqtida ayrim sohalar faoliyatini 
cheklab  turishga  erishadi.  Fikrimizcha,  moliyani  tartibga  solib  turish 
funksiyasi  quyidagi  k o ‘rinishda  yuzaga  chiqadi:
4.  Davlat  budjeti  orqali.  Budjet  mablag‘larining  ayrim  soha  yoki 
korxonalarni  rivojlantirishga  (subsidiya)  ajratilishi  orqali  arnalga  oshi- 
riladi.
5.  Soliqlar  orqali.  Davlat  iqtisodiyot  faoliyatini  tartibga  solib 
turishdagi  eng  t a ’sirli  dastak  soliqlar  hisoblanadi.  X o‘jalik  yurituvchi 
subyektlar faoliyati uchu n  past  darajadagi soliqlarning o'rnatilishi ushbu 
faoliyatni  rivojlantirishga  imkoniyat  yaratadi  va  buning  aksi  yuqori 
darajadagi soliq stavkalarining o ‘rnatilishi bu soha faoliyatining rivojla- 
nishini  cheklab  turadi.  Bu  sohaga  yaqqol  dalil  sifatida  1994—1998- 
yillarda m am lakatim izda tijorat banklari faoliyatini  rivojlantirish m aq- 
sadida,  ular  soliqlardan  ozod  etilib,  hisoblangan  soliqlar  tijorat  bank- 
larining  moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanganligini kelti- 
rishimiz mumkin.
6.  Baholar va  t a ’riflar  orqali.  Iqtisodiyotning  bozor munosabatlari 
sharoitida  davlat  to m o n id an   iqtisodiyotning  ayrim  sohalari  narx-navo 
va  t a ’riflarning  belgilanishida  faol  ishtirok  etadi.  Bu  omil  esa  iqtiso­
diyotning  ayrim  sohalaridagi  xo ‘jalik  subyektlarining  moliya  holatiga 
turlicha  t a ’sir  k o ‘rsatadi.


4. 
E ksport-im port  bojlari  orqali.  U shbu  yo‘nalishda  davlat  to m o - 
nidan xo'jalik subyektlari olib boradigan eksport-import operatsiyalariga 
o'rnatilgan  past yoki yuqori darajadagi  boj stavkalari ushbu faoliyatning 
rivojlanishiga  yoki  t o ‘xtatib  q o ‘yilishiga  olib  kelishi  m um kin.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilganlarni  umumlashtirgan  holda,  moliyaning 
tartibga  solib  turish  funksiyasi  quyidagi  darajada  yuzaga  chiqadi:
- -   mikroiqtisodiy darajada  (xo'jalik  subyektlari  darajasida).  B unda 
faoliyat  ko'rsatayotgan  xo‘jalik  subyektlari  ishlab  chiqarishni  rivojlan- 
tirish  m aqsadida  turli  pul  fondlarini  tashkil  etadi;
— 
m akroiqtisodiy   darajada  (davlat  darajasida).  B u n d a   davlat 
tom onidan  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchu n   davlat  budjeti  xarajat- 
laridan  soliqlar,  bojlar,  ta ’riflar  orqali  foydalanish  am alga  oshiriladi.
Yuqoridagilardan  xulosa  qilish  m um kinki,  davlat  m oliya  dastak- 
larining  har  bir  turini  yoki  bir  nechtasi  q o ‘llanishi  y o rd am id a   iqtiso- 
diyotning  barcha  sohalariga  kuchli  t a ’sir  ko‘rsatish  im koniyatiga  ega. 
Fikrim izcha,  bu  omil  moliyaning  tartibga  solib  turish  funksiyasini 
mustaqil  funksiya  deb  m ulohaza  qilinishiga  asos  b o ‘la  oladi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish