fmancia» so 'zid an
olingan b o ‘lib. bitimlardan undiriladigan t o ‘lov, darom ad m a ’nosini
anglatadi. 11k bor moliya tu sh un ch asi X III—XV asrlarda Italiyaning
yirik savdo va bank xizmatlari markazi hisoblangan — Florcnsiya,
Venesiya va Genuyada m uo m alag a kirgan. Keyin ushbu tu sh u n ch a
x alq aro k o ‘lam da keng is h la tila b o sh la n ib , u davlat z im m a sig a
yuklatilgan siyosiy va iqtisodiy funksiyalarni bajarishi uchun m am lakat
aholisi o ‘rtasida pul resurslarini jalb qilish bilan bog‘liq pul m u n o sa
batlari tizimini o ‘zida m ujassam lashtira boshladi. U shbu omil esa
moliya kategoriyasining o ‘zida quyidagi maxsus xususiyatlarning aks
ettirishini t a ’minlaydi:
— moliya ikki subyekt o'rtasidagi pul m unosabatlari hisoblanadi,
ya’ni pul ushbu munosabatlarning m oddiy asosi b o ‘lib xizmat qiladi;
— moliyaviy m uno sab atlar jaray on id agi ishtirokchi subyektlar
turlicha huquq va majburiyatlarga ega b o ‘ladi, ulardan biri hisoblangan
davlat o ‘ziga xos bo'lgan h u k u m ro n lik vakolatiga egadir;
— moliyaviy munosabatlar jara y o n id a um um davlat pul mablagMari
fondi hisoblangan budjet shakllanadi;
— davlat budjetining d a r o m a d qism iga yetarli m a b la g ‘larning
m u n tazam va to ‘liq kelib tu sh ish in i t a ’m inlash m aq sadid a soliqlar,
yig‘im lar, bojlar va boshqa t o ‘lovlarga davlat m ajburiy xarakteri
berildi h a m d a buni am alga o s h ir is h u c h u n d a v la tn in g h u q u q iy
faoliyatini amalga oshiradigan m axsu s vakolatlarga ega fiskal apparat
tashkil etildi. U shbu holatni hozirgi vaqtdagi O ‘zbekistonga taq-
qoslasak, u n d a 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasini
k o ‘rsatish m um kin.
M oliya u m u m iq tiso d iy kategoriya sifatida davlatning faoliyat
k o 'rsatish i u c h u n m o d diy asosni tashkil etadi. M oliya davlatga
yuklatilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirish,
jam iyatda kengaytirilgan ishlab chiqarishni ta ’minlash u c h u n kerakli
pul m ablag‘larini yetkazib beradi. U shbu faoliyatni amalga oshirishda
soliqlar, to'lo v lar, bojlar, davlat kreditini jam lagan m oliya davlat
uch u n obyektiv va zarur xususiyatga ega b o ‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi moliyaning tarixiy
kategoriya sifatida vujudga kelishiga bevosita ta ’sir etgan omillardan
hisoblanadi.
Bu om illarni o ‘ziga xos xususiyatlari asosida guruhga ajratilsa,
ular quyidagilardan iborat b o ‘ladi:
— jam iyatda m ehnat taqsimotining amalga oshirilishi va jamiyatni
turli ijtimoiy guruhlarga b o ‘linib ketishi;
— tovar-pul m unosabatlarining rivojlanishi va shu asosda ishlab
chiqarishning o ‘sishi ham da yalpi ichki mahsulot hajmining k o ‘payishi;
— ja m iy a td a kerakli pul mablagMarini yaratuvchi turli mulk
shaklidagi mustaqil faoliyat k o ‘rsatuvchi xo'jalik subyektlarining yuzaga
kelishi;
— markazlashgan davlatning tashkil topishi.
M oliya m u n o sa b a tla rid a p u ln in g mustaqil harakati natijasida
markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari tashkil topadi. Bu
holat esa moliyaning m oddiy m ohiyatini anglatadi. Lekin moliya pul
m unosabatlarini o ‘zida aks ettirsada, jamiyatdagi barcha pul m unosa-
batlari moliyaga tegishli b o ‘lmaydi. Biz quyida moliya va pul m u n o
sabatlarini taqqoslab, ular o ‘rtasidagi farqlarni ko'rsatishga harakat
qilamiz:
1. Pul jam iyatda u m u m iy ekvivalent rolini o'ynaydigan maxsus
tovar hisoblanib, uning yord am id a barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Moliya yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlaydigan, qayta
taq sim la y d ig a n iqtisodiy d a s ta k b o ‘lib, u orqali pul m a b la g ‘lari
fondlarining tashkil etilishi h a m d a sarflanishi nazorat qilinadi;
2. Pul o ‘ziga xos beshta funksiyani: qiymat o ‘lchovi, muomala
vositasi, ja m g ‘arm a vositasi, to 'lo v vositasi va jahon puli funksiyalarini
bajaradi. Moliya bu funksiyalardan sifatan va m iqdoran farq qiluvchi
o ‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Biz keyin bu funksiyalarni t o ‘liq
yoritam iz;
3. Pul moliyadan oldin paydo b o ‘lgan, moliya esa tarixiy kategoriya
sifatidan puldan keyin paydo bo'lgan;
4. Pul moliyaga nisbatan keng iqtisodiy m unosabatlarni o ‘zida
aks ettiradi. Moliya markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini
shakllantirish bilan bog‘liq nisbatan to r doiradagi iqtisodiy m u n o
sabatlarni o ‘zida aks ettiradi.
Moliyaning puldan farqini soddaroq qilib ochib berishga harakat
qilamiz. Xodim o ‘zi ishlayotgan tashkilotdan m ehnat haqi oldi. Bu
yerda moliya m unosabati yuzaga chiqadi. C hunki tashkilot m ehn at
haqini berish ja r a y o n id a davlat soliqlarini va b u d jetd a n tashq ari
ja m g 'a rm a u c h u n t o ‘lovlarni hisoblab, uni undirib oladi. D e m a k ,
xodim va davlat o ‘rtasidag¡ moliya munosabati amalga oshdi. Keyingi
misol, talabaga dadasi pul berdi. Bu yerda pul munosabati amalga
oshdi, lekin moliya m unosabati amalga oshm adi. C hunki, bu pul
munosabatini davlat tartibga solmaydi va nazorat etmaydi. B unday
pul m unosabatlarini xaridorlar va sotuvchilarning bozorda yuzaga
chiqadigan munosabatlari misolida ko'rsatish mumkin.
Shunday qilib, moliya -doim o pul munosabatlaridir, lekin jam iyat-
dagi barcha pul munosabatlari moliya munosabatlarini tashkil etmaydi.
Pul munosabatlariga nisbatan moliya munosabatlarini ajratib turadigan
ko'rinishlar mavjud. M oliya munosabatlari huquqiy asosga ega va
tartibga solib turiladigan pul munosabatlaridir. Pul m unosabatlari esa
bunday huquqiy asosga ega emas. Bunday jarayon ishtirokchilari m iqdor
va shartlarni o ‘zaro kelishilgan holda belgilaydi.
Ishlab chiqarish subyekti o'zining ishlab chiqarishini kengaytirish
va rivojlantirish m aq sa d id a m u o m a la g a obligatsiya ch iq a rd i. Bu
jarayonda subyekt amaldagi qimmatli qog‘ozlar to ‘g ‘risidagi q o nu ng a
asosan faoliyat olib boradi. M uom alaga esa o ‘zining shakllangan ustav
kapitalining 100 foizi m iqdorida obligatsiya chiqarish huquqiga ega.
M uo m alaga chiqarilgan obligatsiyalar u c h u n yuridik va jis m o n iy
shaxslardan pul m ablag'lari jalb qiladi. Bu yerda pul m unosabatlari
yuzaga kelgan, lekin moliya munosabati yuzaga chiqm adi. Tkkinchi
misol, xuddi shu subyektning ishlab chiqarish m ahsulotining eksport
hajmini orttirish maqsadida davlat budjeti xarajatlari qismidan sutsidiya
ajratiladi.
Bu yerda moliya m unosabatlari yuzaga chiqdi. C h u n k i, x o ‘jalik
subyektiga davlat to m o n id an davlat budjetida tasdiqlangan va maqsadli
subsidiya berildi. Bu pul m unosabatlari moliya qonunchiligi asosida
tartibga solinib turiladi.
Jamiyatdagi pul munosabatlarining asosiy qismi ekvivalent xususi-
yatlarga ega boMadi. Bu munosabatlarda bir to m ondan pul resurslari
oqimi, ikkinchi tom ondan tovarlaryoki xizmatlar oqimi harakat qiladi.
Bu m unosabat orqali ishtirokchilar o'zlarining iqtisodiy ehtiyojini
q o n d ira d ila r. M o liy a m u n o s a b a tid a pul h a ra k a ti n o e k v iv a le n t
xarakterga ega boMadi. Bu yerda, bir to m o n d a n pul oqimi, ikkinchi
to m ond an tovar yoki xizmatlar harakati oqimi qarshi chiqolmaydi.
M asalan, bunga misol qilib quyidagini keltiramiz. M a ’lumki, davlat
budjeti taqchilligini qoplashning xalqaro amaliyotda quyidagi y o 'n a -
lishlari mavjud:
1) Markaziy bank tom onidan q o ‘shim cha pul emissiyasini amalga
oshirish;
2) Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish;
3) Davlat budjeti daromadlarini k o‘paytirish (soliqlar stavkasini
oshirish, yangi soliq turlarini kiritish);
4) M u o m a la g a q im m atli q o g 'o z ch iq a rish y o rd a m id a davlat
kreditini olish.
Bu holatlar 0 ‘zbekiston Respublikasiga taqqoslansa, yuqorida-
gilardan t o ‘rtinchi y o ‘nalishni amalga oshirilayotganining guvohi
b o ‘linadi. M asalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hozirgi
v a q td a h u k u m a t n o m id a n m u o m a la g a d a v la t qisq a m u d d a t li
obligatsiyalarini va davlat o ‘rta m uddatli g 'a z n a m ajburiyatlarini
c h iq a rib , u la rn i yuridik shaxslar o rasid a jo y la sh tirish n i a m alg a
oshirm oqda. Bu orqali mavjud davlat budjeti taqchilligi qisqarmoqda,
inflatsiya sur’ati past holda saqlanib turibdi, lekin bir to m o n d a n tovar
oqimi emas, balki davlat qarz majburiyati yuzaga chiqmoqda.
U m u m a n olganda, moliya — hamisha pul munosabatlarini tashkil
yetib, ushbu m unosabatda ishtirok etuvchi tom onlardan biri albatta
markaziy davlat, mahalliy hokimiyat yoki uning vakolatiga ega biron
bir organ bo'lishi shart.
M oliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochish uchun unga quyi
dagi t a ’rifni berish m um kin. Moliya — davlat to m o n id an tashkil
etiladigan pul munosabatlarining yig'indisi b o ‘lib, unda um um davlat
pul mablagMari fondlarini tashkil etish va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy
va siyosiy vazifalarini bajarish uchun taqsimlanish ham da sarflanish
amalga oshiriladi.
Davlatning markazlashgan pul mablag‘i fondlarini tashkil etishda
soliqlarning ahamiyati kattadir. Soliqlar yordamida esa davlat jam iyatda
yaratilgan milliy darom adni taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga
oshiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliqlar davlatning qaysi
tuzum ga ega boMishidan qat’i nazar mavjud b o ‘ladi. Chunki, davlat
jamiyatni boshqarish (u davlat demokratik tizim, totalitär tizim boMishi-
dan q a t’i nazar) uchu n o'zining oldida turgan vazifalarini bajarish
niaqsadida zam r b o ‘lgan moliya mablag‘larini aynan soliqlar h a m d a
soliq funksiyalarini bajaruvchi boshqa majburiy to ‘lovlar yordam ida
shakllantiradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlari sharoitida hech qanday davlat
soliqlarni bekor qila olmaydi. Faqatgina asosiy m u am m o soliq turlari,
ularning stavkalari va soliqqa tortish obyektlarini belgilash hisoblanadi.
Oqilona va puxta islilab chiqilgan soliq siyosatigina jam iyatda soliq
t o ‘lovchilar o ‘rtasidagi kelishm ovchiliklarning oldini oladi. Hayot
tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, m am la k a td a y u rid ik v a jis rn o n iy
shaxslar uchun ko‘p turdagi va yuqori stavkalar amal qilishi natijasida
soliq to ‘lashdan qochish hamda turli y o ‘llar bilan soliq obyektlarini
yashirish holatlari yuzaga keladi va kuchayishi ainalga oshadi. Biz bu
holatni AQSHlik iqtisodchi olim Ar. Leffer egrisi yordam ida yoriti-
shimiz mumkin (3-chizma).
Ar. Leffer o ‘z izlanishida m am lakatdagi soliq stavkalari yuqoriligi
va davlat budjetiga ular orqali kelib tu s h a d ig a n soliqlar m iqd ori
o ‘rtasidagi o ‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilgan. Tahlil natijasida Ar. Leffer
quyidagilarning guvohi b o ‘lgan: davlat t o m o n id a n soliq stavkasini
Do'stlaringiz bilan baham: |