Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

B anknota 
—  bu  bankning  qarz  m ajburiyatidir.  H ozirgi  vaqtda 
banknota  markaziy  bank  to m o n id an   veksellarni  qayta  hisoblash,  turli 
kredit tashkilotlari  va  davlatni  kreditlash  y o ‘li  bilan  chiqariladi.
Banknotalarning  —  kredit  pullarning  shunday  turining  —  m u o - 
malaga  chiqarilishini,  odatda,  banklar turli  xo'jalik jarayo nlari  m u n o - 
sabati  bilan  amalga  oshirilayotgan  kredit  operatsiyalarini  bajarishda 
o ‘tkazishadi.  Ularning aylanishdan olib q o ‘yilishi davlatning xarajatlarni 
amalga  oshirishi  va  darom adlarni  olishida  emas,  balki  x o ‘jalik  ja -


rayonlari  m unosabati bilan  amalga  oshirilayotgan  kredit  operatsiyalari 
asosida  amalga  oshiriladi.
Kredit  pullarning  o'ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  ularning 
m uom alaga  chiqarilishi  m uom alaning  haqiqiy ehtiyojlari  bilan  bog'liq 
b o ‘ladi.  Bu shuni anglatadiki,  kredit operatsiyalari ishlab chiqarishning 
real jarayonlari va mahsulotlarning sotilishi  munosabati bilan bajariladi. 
Ssuda,  odatda,  zaxiralarning  muayyan  turlari  t a ’m inot  bo'lib  xizmat 
qiladigan t a ’m inot  asosida beriladi.  Bu qarzdorlarga beriladigan to'lov 
vositalarining  hajmini  m uom alaning  pullarga  bo'lgan  haqiqiy  ehtiyoji 
bilan  bogMashga  imkon  beradi.  Ayni  shu  xususiyat  kredit  pullarining 
eng  m uh im   afzalligidir.
K redit  pullar  (banknotalar)  bilan  qog‘oz  pul  belgilari  o ‘rtasidagi 
eng  m uh im   tafovut  ularning  muomalaga  chiqarilishidagi  o ‘ziga  xos 
xususiyatlaridadir.  Agar banknotalar ishlab chiqarishning real jarayonlari 
va  m ahsulotlarning  sotilishi  m unosabati  bilan  bajariladigan  kredit 
operatsiyalari  m unosabati  bilan  m uom alaga  chiqariladigan  b o ‘lsa, 
qog‘oz  pullar  muomalaga  b unday  bog'lanishsiz  chiqariladi.
Tijorat  banklarining  tashkil  etilishi  va  erkin  pul  mablagMarining 
joriy  hisobvaraqlarda  t o ‘planishi  bilan  chek  sifatidagi  m uomalaning 
kredit  vositasi  paydo  b o ‘ldi.  C hek  —  bu  om onatchining  tijorat  yoki 
m arkaziy  bankka  yozib  beradigan  o ‘tkazm a  vekselining  bir  turidir. 
C h e k   jo riy   hisobvaraq  egasining  bankka  chek n i  tu tib   turuvchiga 
m uayyan  summadagi  pullarni  to'lash  yoki  bunday  sum m ani  boshqa 
joriy   hisobvaraqqa  o ‘tkazish  haqidagi  yozm a  buyrug‘idir.  Cheklar 
birinchi  m arta  1683-yilda  Angliyada  paydo  bo'lgan.
C h e k d a   yozib  q o ‘yilgan  buyruq  huquqi  va  uning  bajarilishi  maj- 
buriyati  bank  bilan  mijoz  o ‘rtasidagi  chek  shartnomasiga  asoslanadi. 
U shbu  sh artn o m ag a  m uvofiq  mijozga  o ‘zining  va  qarzga  olingan 
m ablag‘laridan  foydalanish  ruxsat  etiladi.  Bank taqdim   qilingan  chek- 
larga  n aqd  pullar  bilan  yoki  mablag'larni  chekni  beruvchining  ushbu 
yoki  boshqa bank  muassasasidagi  hisobvarag'idan  o ‘tkazish  yo ‘li bilan 
haq  to'laydi.  Chek  qisqa  m uddatda  amal  qiladigan  vosita  sifatida 
t o ‘lov vositasi  m aqom iga  ega  bo'lm aydi  va  pullar  emissiyasidan  farqli 
ravishda muomaladagi chekiar soni  qonunlar bilan tartibga solinmaydi, 
balki  bu tunlay  tijorat  m uom alasining  ehtiyojlari  bilan  belgilanadi. 
Shuning uch u n  cheklar bilan hisob-kitob qilish shartli tusga ega b o ‘ladi: 
qarzdorning chekni taqdim   etishi uning kreditor oldidagi majburiyatini 
uzdi  degani  em as  —  b u n d a y   majburiyat  faqat  bankning  chekning 
haqini  to'lagan  paytida  uziladi.


Shunday  qilib,  chekning  iqtisodiy  mohiyati  shundaki,  u  bankdan 
naqd  pullarni  olish  vositasi  b o ‘lib  xizmat  qiladi,  m u o m a la   va  toMov 
vositasi  b o ‘ladi  va,  nihoyat,  n aq d   pullarsiz  h isob -k itoblar  vositasi 
hisoblanadi.  Aynan  shu  cheklar  asosida  o ‘zaro  e ’tirozlarning  asosiy 
qismi  naqd  pul  ishtirokisiz  uziladigan  naqd  pullarsiz  hisob-kitoblar 
tizimi  vujudga  keldi.
C heklar  muomalasiriing jadal  rivojlanishi,  cheklar  inkassatsiyasiga 
doir operatsiyalarning ko‘payishi ular bilan  ishlash xarajatlarining ancha 
oshib  ketishiga  olib  keldi.  K e y in ro q ,  b ank   sohasiga  f a n -te x n ik a  
taraqqiyoti  yutuqlarining  tatbiq  etilishi  tufayli  cheklar  bilan  ishlash 
va joriy  hisobvaraqlarning  yuritilishi  E H M la rd a n   foydalanish  asosida 
bajariladigan  bo‘ldi.  N aqd  pullarsiz  hisob-kitoblar am aliyotining  ken- 
gayishi,  bank  operatsiyalarining  mexanizatsiyalashuvi  va  avtom at- 
lashuvi,  EH M larning ancha  m u k am m al turlaridan  keng foydalanishga 
o ‘tish  qarzni  elektron  pullarni  qo'llagan  holda  uzish  yoki  berishga 
doir  yangi  uslublarning  vujudga  kelishiga  asos  bo'ldi.
Elektron  pullar  —  bu  banklarning  kompyuteri  xotirasidagi  hisob- 
varaqlardagi  pullar  bo‘lib,  ularning  tasarruf qilinis'ni  rnaxsus  elektron 
qurilm a  yordam ida  amalga  oshiriladi.  E lektron  asosdagi  to 'lov lar 
tizimining  ommalashuvi  pul  m uom alasi  evolutsiyasining  sifat jihatdan 
yangi  bosqichiga  o ‘tishni  tasdiqladi.
Bank  ishida  EH M larning  om m alashuvi  asosida  cheklarni  plastik 
k a rto c h k a la r   bilan  alm ashtirish  im koniyati  paydo  b o ‘ldi.  Plastik 
kano ch k alar  hisob-kitoblarning  naqd  pullar  va  cheklarning  o ‘rnini 
bosadigan,  shuningdek,  uning  egasiga bankdan  qisqa  m uddatli  ssudani 
olishiga  imkon  beradigan  vositasidir.  Plastik  kartochkalari  chakana 
savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalarida  eng  ko‘p  q o ‘llanilm oqda.
1.2.  Bozor  iqtisodiyotida  pullarning  funksiyalari
Pullarning  iqtisodiy  kategoriya  sifatidagi  m ohiyati  ularning  ichki 
mazmuiiini ifodalaydigan funksiyalarida nam oyon b o ‘ladi.  Pullar quvi- 
dagi  beshta  iunksiyani  bajaradi:  qiym at  o'lchovi,  m u o m a la   vositasi, 
to‘lov  vositasi,  to'lash  va ja m g ‘arish  vositasi,  jah o n   pullari.
Puining  qiymat  oMchovi  sifatidagi  funksiyasi.  Pullar u m u m iy   ekvi- 
valent  sifatida  ham m a  tovarlarning  qiym atini  o ‘lchaydi.  Tovarlarni 
ishlab  c h iq a rish   u c h u n   sa rfla n g a n   ijtim o iy   z a r a r   m e h n a t   u larn i 
tenglashtirish uchun shaioit yaratadi.  H a m m a  tovarlar ijtimoiy zaruriy 
m ehnat  mahsuli hisoblanadi,  sh uning u c h u n  o ‘z qiymatga ega  bo'lgan


haqiqiy  pullar  (kumush,  oltin)  boshqa  barcha  tovarlar  qiymatining 
o ‘lchovi  bo'lishi  m umkin.  B unda tovarlar qiymatining pullar vositasida 
o'lchanishi  ideal tarzda yuz beradi, y a ’ni tovar egasida naqd  pullarning 
b o ‘lishi  shart  emas.
S h unday  qilib,  pullar  qiymat  o ‘lchovidan  iborat  b o ‘ladi.  Jamiyat 
pul  birligidan  turli  xil  n e ’m atlar  va  resurslarning  nisbiy  qiymatlarini 
solishtirish u c h u n  masshtab sifatida  foydalanishni  qulay deb  hisoblaydi. 
Masofani  m etrlar va  kilometrlarda yoki  vaznni gram m lar va kilogram- 
m larda  oMchaganiga  o'xshatib  n e ’m atlar  va  xizm atlarning  qiymati 
ham  pul  ifodasida  solishtiriladi.  Bu  shubhasiz  afzalliklarga  ega.  Pul 
tizimi  tufayli  h ar  bir  m ahsulotning  narxini  uni  almashtirish  mumkin 
b o ‘ladigan  boshq a  h a m m a   m ah su lo tlar  orqali  ifodalashga  zarurat 
qolmaydi.  Pullarning  u m u m iy   ekvivalent  sifatida  foydalanilishi  shuni 
anglatadiki,  har  qanday  tovarning  narxini  faqat  pul  birligi  orqali  ifo- 
dalash  yetarli  b o ‘ladi.  Pullarning shu  tarzda  ishlatilishi  bitim   qatnash- 
chilariga  har  xil  tovarlar  va  resurslarning  nisbiy  qim m atini  osonlik 
bilan  solishtirish  imkonini  beradi.
Hozirgi  d u n y o d a   turli  n e ’m atlarning  q im m ati  bir  xildagi  pul 
birliklarida  —  bir-biriga  yengillik  bilan  o'tkaziladigan  (konvertatsiya 
qilinadigan)  dollarlar va shu  kabilarda  ifodalanadi.  Tovarning pullarda 
ifodalangan  qiymati  narx  deyiladi.
N arx  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  zaru r  ijtimoiy 
m ehnat  xarajatlari  bilan  belgilanadi.  Tovarlarning  narxi  va  ularning 
harakati  negizida  qiym at  qonuni  yotadi.  Tovarning  narxi  bozorda 
shakllanadi  va  tovarlarga  talab  h a m d a   taklifning  teng  boMganida 
bunday narx tovarning qiymati va pullarning qiymatiga bog‘liq b o ‘ladi. 
Bozordagi  talab  va  taklif  bir-biriga  muvofiq  kelm aganida  tovarning 
narxi  m u q arrar  ravishda  uning  qiymatidan  chetga  tebranib  o ‘zgaradi. 
N arxlarning  tovarni  ishlab  chiqam vchm ing  qiymatidan  yuqoriga  va 
pastga  o ‘zgarishlari  qanday  tovarlarning  ortiqcha  ishlab  chiqarilgani, 
qaysilarining  kam  ishlab  chiqarilganidan  dalolat  beradi.
Qiymatiga  ko‘ra turlicha bo'lgan tovarlarning narxlarini  solishtirish 
uch u n   ularni  bir  m asshtabga  keltirish,  y a’ni  ularni  bir  xildagi  pul 
birliklarida ifodalash zarur.  M etall  pullar muomalasida narxlar massh- 

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish