Ta’lim vazirligi o. Y u. R a s h I d o V, I. I. A L i m o V



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/223
Sana01.09.2021
Hajmi10,01 Mb.
#162046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   223
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Qarartg:
 Юрьев A.B.,  Герасимов  В.М.  Монета вчера и сегодня. / /  Деньги 
и кредит.  1999. №2.


to ‘lovga  qobiliyatliligi  va  asosiy  param etrlari  (miqdori,  qotishm alar 
tarkibi,  vazni)  u  yoki  bu  darajada  davlat  to m o n id a n   kafolatlanishi  va 
m uhofaza  qilinishi  bilan  ajralib  turardi.  S h un d ay  qilib,  shu  davrdan 
e ’tiboran  metall  pullar  hukm ronligining  uzoq  davri  boshlandi.
Bunday  pullarda  nom inallar  —  metall  pulning  muayyan  vaznli 
standartini  ifodalovchi  va  pullarning  nom lari  sifatida  m u h im   o ‘rin 
oigan  tushunchalarning  paydo  boMishi,  u shbu  pullar  evolutsiyasining 
eng  m uhim  natijalaridan biri edi. Asrlar q a ’ridan bizgacha yetib  kelgan 
tangalarning  nom lari  —  draxm alar,  franklar,  markalar,  talerlar  va 
boshqa  ko‘plab  tangalar  nomlari  —  metall  pullarning  muayyan  vaznli 
mohiyatlarini  anglatardi.
Pullarning  yombilarda  b o ‘lmagan  yangi  sifatlari  hisob-kitoblarni 
amalga  oshirishda  ularni  shunchaki  oddiy  qayta  hisoblashga  va  vaqti 
kelib ularni tortib  ko ‘rishdan voz kechishga im koniyat yaratdi.  Belgilar 
va yozuvlar shunday sifat belgilari bo'lib, ular oldiniga pul birliklarining 
bir tomoniga,  keyinchalik —  ikkala tom oniga h am  bosilgan.  Eramizdan 
oldingi  V  asrdan  boshlab  esa  ular  majburiy  atributlari  tusini  oig an1.
M uomalaga kirgan pullar «moneta»  («tanga»)  degan  n om ni  Yuno- 
naning  nom laridan  biri  (Ju no   M o n eta  —  Ogohlantiruvchi  Y unona) 
sharafiga  qabul  qilingan  b o ‘lib,  uning  Rim dagi  Kapitoliy  tepaligidagi 
Y unona  saroyida  ushbu  antik  davlatning  yangi  zarbxonasi joylashgan. 
Tangalarning  paydo  bo'lishi  tovar-pul  m unosabatlarining  rivojlanishi 
bilan  bog‘liq  edi.  Metall  pulning  eng  m u h im   xususiyatlaridan  biri  — 
qiymat  ana  shu  voqeada  o ‘z  aksini  topgan.  U lar  m uom ala  uchu n 
yombilarga  qaraganda  anch a  qulay  b o ‘lib,  qisqa  davr  ichida  butun 
dunyoda  keng  om malashib  ketdi.
Tanganing  ko‘p  asrlik  tarixida  uning  turlari  k o ‘p  m arta  o ‘zgardi, 
liar  bir  davr  u n d a  o ‘z  «tam g‘asi»ni  qoldirdi.  M asalan,  eram izd an 
aw algi  V II—V  asrlardagi  eng  qadimgi  tan g a lard a   faqat  bir  nech a 
oddiygina  chuqurchalarni  ko ‘rish  m um kin.  V   asrdan  boshlab  ularda 
shaharlar  nom larining  boshlang‘ich  harflari,  keyinroq  —  shaharlar 
nomlari  va  hukm dorlar  ismlarining  qisqacha  nom lari  paydo  b o ‘ldi. 
Qadimgi  Rimdagi  tangalardagi  ayrim  raq am lar va  harflar tangalarning 
nominallarini  bildirgan.  M asalan,  1  raqam i  bir assni  (bir  rim  funtiga, 
y a ’ni  misning  12  unsiyasiga  teng  b o ‘lgan  o g ‘irlik  o ‘lcham ini),  S  harfi 
1/2  asosni  anglatgan.  Antik  Eginaning  ilk  k u m ush  draxm alarida  tosh- 
baqalar,  fors  shohi  Dariyning  (eram izdan  a w a lg i  V I—V  asrlar)  oltin 
tangalarida  esa  yoydan  o ‘q  uzayotgan  sh o h   tasvirlangan.  Qadimgi 
Rim  tangalarida  majusiylar  xudolari,  q ah ram o nlari  va  imperatorlari


aks  ettirilgan.  Keyingi  davrlar  ularning  o ‘rniga  qirollar,  shohlar  va 
cherkov iyerarxlari  suratlari tasvirlangan.  Buijua Respublikalari tanga- 
larida  podsholar  va  avliyolar  tasvirlari  o ‘rniga  davlat  gerblari,  turli 
belgilar va  yangi  tarixiy  hodisalar  manzaralari  aks  ettirilgan.
K o ‘p  asrlar  davomida,  deyarli  XIX  asrning  boshiga  qadar  k o ‘p- 
chilik mamlakatlarning pul tizimlarida bir xildagi maqomga ega b o ‘lgan 
oltin  va  kum ush  tangalar  parallel  ravishda  amal  qilib  kelgan.  B unda 
o ltin  bilan  k u m u sh   o ‘rtasidagi  narxga  oid  o 'z a ro   nisbat  rasm an  
belgilanmagan,  balki  bozor  mexanizmlari  bilan  belgilangan.  Ayrim 
m am lakatlarda esa to ‘laqonli oltin va kumush tangalarning amal qilishi 
oltin  bilan  kum ush  o ‘rtasidagi  davlat  to m onidan  belgilangan  narxga 
oid  o'zaro  nisbatga  k o ‘ra  yuritilgan.
1816-yildan  1900-yilgacha  m am lakatlarning  ko'pchiligi  oltin  yoki 
oltin  tangali  standartga  o ‘tganlar:  bu  standartda  mamlakatning  asosiy 
pul  birligi t o ‘laqonli m uom alada b o ‘ladigan oltin tangada zarb qilingan. 
U ning  nom inali  uning  tarkibidagi  oltin  qiymatiga teng edi.  Bu  davrda 
banknotalarning oltin tangalarga h ech qanday t o ‘siqsiz ayirboshlanishi 
t a ’m inlangan.  Kum ush  va  mis  tangalar esa  mayda  pul  rolini  o'y nardi. 
Bunda  m ayda  pullarning  metall  qiymati  ham ,  odatda,  u  yoki  boshqa 
darajada  oltin  tangaga  b o g‘lan a r  edi.  XX  asr  boshiga  kelib  to v ar 
ishlab  chiqarish  katta  miqyoslarga  erishdi  va  tovar  massasining  oshib 
borayotgan hajmlariga xizmat ko‘rsatish uchun tobora ko‘proq  m iqdor- 
dagi  pullar  talab  qilingan.
XIX 
asrning  oxiri  —  XX  asrning  boshida  yirik  mashinali  ishlab 
chiqarishning  rivojlanishi  bilan  tovarlarning  keskin  ortib  borayotgan 
massasi  bilan  oltin  standart  shartlariga  ko ‘ra  amalda  mavjud  b o ‘lishi 
cheklangan  metall pullarning  m iqdori o'rtasida jiddiy disproporsiyalar 
vujudga  keldi.  Lekin  oltin  standart  aksariyat  ko‘pchilik  davlatlarda 
birinchi  ja h o n   urushigacha  amal  qilib  turdi.  Birinchi  jah o n   urushi 
boshlangan  vaqtga  kelib  am alda  b arch a  m am lakatlar  harbiy  strategik 
zaxiralarni  shakllantirish  m aqsadlarida  oltin  va  kum ush  tangalarni 
m uom aladan olib tashlashdi.  Pul  m uomalasida ularning o ‘rnini t a ’m in - 
lanm agan  b a n k n o ta la r  va  m ayda  pullar  egalladi. 
Shu  m unosabat 
bilan prinsipial jihatdan yangi pul tizimlari paydo bo‘ldiki, ular o'zining 
tovar  qiymatiga  ega  bo'lgan  real  pullardan  shakllantirilmasdan,  balki 
ularning  surrogatlariga  asoslangan  edi.  B unday  pul  surrogatlari  oltin 
bilan  t a ’m inlanm agan  pul  belgilari  —  banknotalar,  xazina  biletlari, 
arzon  qotishm alardan  yasalgan  tangalar  nom ini  oldi.  T o ‘laqonli  oltin 
tangadan farqli ravishda bunday pul  surrogatlari tovar bozorida o'zining


qiymatiga  ega  em as  edi,  chunki  b u n d a y   qiym at  ju d a   k a m   b o ‘lib, 
faqat ularni tutib turuvchining bunday pullarni almashtirganda muayyan 
qiymatni olish  huquqidan guvohlik berardi.  Bunday holda pul  belgilari 
faqat  qiymatning  vositachi  vakillari  rolini  bajarardi.
Birinchi jah o n  urushi  haddan ortiq  moddiy zararlar keltirib,  xo'jalik 
faoliyatini izdan chiqargani sababli,  dunyodagi  barcha mamlakatlarning 
hukumatlari  real  qimm atga  ega  b o im a g a n  ju d a   katta  m iqdordagi  pul 
belgilarini  chiqarishga  kirishdi.  Buning  natijasida  urush  tugaganidan 
keyin  bu  m am lakatlarda  qadri  tushib  ketgan  pullar  miqdori  ko'payib 
qoldi.  Inflatsiya jarayonlari  1930-yillargacha  ko ‘pgina  davlatlarni  o ‘z 
girdobiga  tortdi.  B unday  jarayonlar  sababli  iqtisodiy  va  moliyaviy 
sohalarda  yuz  bergan  deformatsiyalar  shunchalik jiddiy  ediki,  Yevro- 
pada  urushdan  keyin  bir  qator  m am lakatlarda  oltin  standartni  yana 
qaytadan  tiklashga  b o ‘lgan  urinishlar  kerakli  natija  bermadi.
XX asrning 70-yillarida oltinning denominallashuvi yuz berib, buning 
natijasida  oltin  oldiniga  mamlakatning  ichki  aylanishida  m uo m ala  va 
t o io v  vositasi  funksiyalarini,  so‘ngra  1976-yildan  boshlab ja h o n   pullari 
funksiyasini  ham  bajarmay  q o ‘ydi.  Ichki  aylanishda  va jah o n   bozorida 
ham  qog‘oz  va  kredit  pullari  oltinni  siqib  chiqarib  tashladi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish