Nazorat savollari:
Chastotaviy xarakteristikalari deganda nimani tushunasiz?
. Vaqt xarakteristikalari deganda nimani tushuasiz?
Amplituda chastota tavsifi qanday?
Ochiq va yopiq tizim uchun formulalari qanday?
9-mavzu. Elementar zvenolar va ularning xarakteristikalari. Proporsional, integral va differensiallovchi zvenolar.
Reja:
1. Proporsional zveno.
2. Integral zveno
3. Differensiallovchi zvenolar.
Tayanch so‘z va iboralar: noinersion bo‘g‘in, inersion bo‘g‘in, differensiyalovchi bug‘in, integrallovchi bo‘g‘in, tebranuvchi bo‘g‘in, kechiquvchi bo‘g‘in, forsirlovchi bo‘g‘in, izodrom bo‘g‘in.
Ekspluatatsiya davridagi real xolatda avtomatik tizim uzini kanday tutishini bilish uchun uning dinamik xususiyatlarini bilish zarur,ularni esa ushbu tizimni tashkillovchi ayrim elementlarning dinamik xususiyatlarini baxolash orqali bilish mumkin.
Namunaiy dinamik bo‘g‘in-bu ikkinchi darajalidan yuqori bo‘lmagan differensial chiziqli tenglamalarni bilish orqali yoritish mumkin bulgan ma'lum dinamik xususiyatlarga ega bulgan kurilmadir. ABT tarkbiga kiriuvchi barcha uskunalarni konstruksiyasi,ta'sir tamoyili va qo‘llanishidan kat'iy nazar, fakat dinamik xususiyatlariga kura 8 ta asosiy guruxlarga bo‘lib chiqish mumkin:
1 Inersiyasiz bo‘g‘in.
2 Inersion bo‘g‘in.
3 Differensiyalovchi bug‘in.
4 Integratsiyalovchi bo‘g‘in.
5 Tebranishli bo‘g‘in.
6 Kechikayotgan bo‘g‘in.
7 Forsiyalovchi bo‘g‘in.
8 Izodrom bo‘g‘in.
Ushbu bo‘g‘inlar guruxlarning dinamik xususiyatlarini tadkik kilish maksadida ≪Namunuviy ta'sirlar≫ tushunchasi kiritiladi.
Noinersion bo‘g‘in (proporsional)
Bu shunday bo‘g‘inki, unda U chiquvchi kattalik X kiruvchi kattalikka proporsional bo‘ladi, ya'ni U chiquvchi kattalik X kiruvchi kattalikni kechiqishlarsiz va chekinishlarsiz xosil qiladi. Inersion bo‘g‘inni yana proporsional yoki kuchaytiruvchi bo‘g‘in deb xam ataydilar.
y =k *x – bo‘g‘in tenglamasi
bunda x – kiruvchi bo‘g‘in sakrashda o‘zgaradi;
u – chiquvchi kattalik X ga proporsional u xam sakrashda K proporsiyasi koeffitsentini xisobga olib o‘zgaradi,
Bugimning vaqt xarakteristikasini kuramiz.
2.6. rasm. Inersiyasiz bo‘g‘inning vaqt xarakteristikasi Bo‘g‘inning chastotali xarakteristikasini kurish uchun, bo‘g‘inni kompleks o‘tkazuvchi koeffitsenti tenglamasini keltirib chikarish kerak. Uni boshlangich bo‘g‘in tenglamasining o‘ng va chap tamonlarini X ga bo‘lib yechish orqali chikarish mumkin:
y=k*x (/x)
y/x = k=W(jw)
W(jw)=k
Shunday qilib, xar kanday proporsional bo‘g‘inning o‘tkazuvchi koeffitsenti proporsionallik koeffitsentini takdim etadi, ya'ni xakikiy son bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |