Bog'liq Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фар (2)
5-modul. Turg‘unlikni ta’minlash, rostlash sifatini oshirish, chiziqli avtomatik sistemalarni sintez qilish. 24-mavzu. Umumiy hollar. Korrektlovchi qurilma. O‘zgartiruvchi elementlar.
Reja: 24.1. Umumiy hollar. Korrektlovchi qurilma.
24.2. O‘zgartiruvchi elementlar.
Tayanch so‘z va iboralar Texnikada avtomatik boshqarish tizimlari qo‘llanilar ekan, kor-reksiyalash, avtomatik boshqarish nazariyoti va amaliyotida asosiy muammolardan biri bo‘lib qolaveradi. “Korreksiya” - so‘zi tuzatish, to‘g‘rilash degan ma’noni bildirib AVSlarni faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
Avval aytib o‘tilganidek, boshqarish tizimlarida, yuqori aniqlilik katta qiymatli kuchlanish koeffitsientiga ega bo‘lganda bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda, bu kattalik turg‘unlik nuqtai nazaridan chegaralangandir. Ulardan tashqari, bir konturli tizimlarining, tuzilish talablarini har doim ham qondirib bo‘lmaydi, chunki tuzilish sxemalar turli xil konservativ, noturgun va integrallovchi bo‘g‘inlardan tashkil topgandir. SHu sababli rostlash va boshqarish tizimlariga, qo‘shimcha ravishda, turg‘unlikni ta’minlovchi uskunalarni qo‘shishga to‘g‘ri keladi.
Kiritilgan qo‘shimcha uskunalar yoki elementlar doimiy bo‘g‘inlarning musanobatlarini o‘zgartirib (kritik kuchaytirish koeffitsientini orttirib, ish jarayonini sifatini oshiradi), noturg‘un bo‘g‘inlarning tavsifilarini ham o‘zgartiradi va shu bilan tizimning turg‘unligini ta’minlaydi.
Boshqarish tizimlarida qo‘shimcha elementlar qo‘shish yo‘li bilan turg‘unlikni ta’minlash korreksiya deb ataladi, qurilmalar esa korreksiyalovchi qurilmalar deb ataladi.
Korreksiyalashniig xususiy holi bo‘lib, noturg‘un tizimlarini barqa-rorlashtirish hisoblanadi. Tizimni korreksiyalashning turli usullari mavjuddir. Ular ichida qo‘shimcha teskari bog‘lanishlar o‘z ichiga bir, yoki bir necha bo‘g‘inni olishi bilan keng ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p qo‘llaniladi.
Asosiy teskari bog‘lanishdan farqli ravishda, boshqarishning tugashuvchi asosiy konturi tashqi teskari bog‘laiish deb ataladi. Qo‘shimcha teskari bog‘lanishlar esa ichki teskari bog‘lanish deb atalib, parallel korreksiyalash zanjirini tashkil etadi. Ichki va tashkil teskari bog‘lanishlarga ega bo‘lgan tizimlar esa, oldingi boblarda aytib o‘tganlarimizga ko‘ra, ko‘p konturli tizimlar deb ataladilar.
Avtomatik tizimlarining korreksiyalovchi qismlari bo‘lib, boshqarish qonuniyatlariga hosilalash va integrallash jarayonini kirituvchi elementlar va qurilmalar hisoblanadi. Ular tizimlarining dinamik xususiyatlarini o‘zgartiradilar.
Avtomatik tizimlarini korreksiyalash vositalari
Korreksiyalovchi qurilmalar ishlash qonuniyatiga ko‘ra xilma xil guruhlarni tashkil etadi. Ularga har xil elektrik va mexanik qurilmalar (signallar ustidan differensiallash va integrallash amalini bajarish uchun) hamda yordamchi mexanizmlar (teskari bog‘lanishini ta’minlash uchun) kiradi.
Korreksion qurilmalar passiv tipli va faol tipli bo‘lishi mumkin. Passiv tipdagi korreksiya qurilmalari energiya manbasiga ega bo‘lmay, ularning chiqishidagi signallar quvvati kirishdagi signal quvvatiga qaraganda kamdir. Faol tipdagi qurilmalar kuchaytirgichlarga ega bo‘lib, qo‘shimcha energiya manbalari bilan ta’minlangandirlar.
Elektr signalining ko‘rinishiga qarab korreksiyalovchi qurilmalar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydiganlar sinfiga bo‘linadi.
Korreksiyalovchi qurilmalarni avtomatik boshqarish tizimsi tarkibiga kiritilayotganda ularni ulangan usulini tekshirib ko‘rish, hamda tebranishni pasaytiruvchi qurilmalar —dempferlardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Ayrim hollarda havo to‘ldirilgan yoki yog‘li dempferlardan foyda-laniladi. Agar bo‘g‘inning dinamik ish jarayoni
(24.1)
tenglama bilan yoziladigan bo‘lsa, u holda uning erkin harakati so‘nmaydigan tebranishlarni tashkil etadi.
Tebranishni pasaytiruvchi dempfer yordamida
(24.2)
ko‘rinishdagi tenglamaga ega bo‘lishimiz mumkin va bu harakat paytida qarshilik ko‘rsatib, tebranishni so‘nishga olib kelishini ko‘rsatadi.
Mexanik tizimдюlar uchun esa suyuqlikni (magnitli, havo va yog‘li dempferlar bilan bir qatorda) boshqa pasaytirgichlardan ham foydala-niladi. Stakanning ichida harakatlanuvchi, torgina teshikka ega bo‘lgan porshenli dempfertar, mo‘ynasimon, elpig‘ich shaklidagi va boshqacha ko‘rinishdagi dempferlar mavjuddir. Magnitli dempferlarga qurilmaning harakatlanuvchi qismiga uzviy bog‘langan, o‘zgarmas tok magnit maydonida aylanadigan alyumin lappakni ham olish mumkin. Lappak uyurma toklar ta’sirida aylanganda tezlikka proporsional ravishda aylanishga qarshilik ko‘rsatuvchi moment paydo bo‘ladi.
Dag‘al teskari bog‘lanishlar fizik belgilariga qarab turlicha bo‘lishlari mumkin. SHulardan bir nechtasini ko‘rib chiqaylik: