Nazorat savollari:
Chiziqli sistemalarni rostlashning sifatini baholash usullari qanday?
Barqaror rejimlarda rostlash sifatini baholash usullari qanday?
Nаmunаviy trаpеsiоidаl xаrаktеristikаsi qanday?
o‘tkinchi jаrаyonning sifаt ko‘rsаtkichlаri qanday?
20-mavzu. Xatolik koeffitsientlari usuli.
Reja:
20.1. Xatolik koeffitsientlari usuli.
Tayanch so‘z va iboralar
20.1. Xatolik koeffitsientlari usuli.
ABT ishiga ta’sir etuvchi har qanday omilni ta’sir deb ataymiz. Umuman olganda, ta’sirlarning turlari ko‘p bo‘lib, ularni energetik, metabolik va axborot ta’sirlariga ajratib ko‘rib chiqish qulayroqdir.
Ta’sirning energetik alomati uning energiya eltish imkoniyatini ifodalaydi va energayani hosil qilishda, o‘zgartirishda va uzatishda muhim hisoblanadi. Metabolik alomati ta’sirning moddiy tomonini ifodalab, moddani, uning miqdorini, shakli va o‘rnini o‘zgartirishda muhim hisoblanadi. Axborot alomati ta’sirning axborot etuvchi xususiyati imkoniyatini ifodalaydi, ta’sir signal deb ataladi. Ta’sirning quyidagi ko‘rishlari mavjud: topshiruvchi, toydiruvchi, va boshqaruvchi.
ABT larni tadqiq qilishda namunaviy, standart deb ataluvchi qator ta’sirlar qo‘llaniladi. Toydiruvchi ta’sirlar aniq bir qonun bo‘yicha (determenistik ta’sir) yoki tasodifan (staxastik ta’sir) o‘zgarishi mumkin.
Turg‘unlik ABT uchun zarur, ammo etarli shart emas. ABT rostlash jarayonlarining istalgan sifatiga ham ega bo‘lishi shart. Boshqarish jarayonlar sifatini turli namunaviy tartiblarda rostlash jarayonining biror ko‘rsatgichi orqali baholaydi. Namunaviy tartiblarga tinch (statik bo‘lgan) tartibli, pog‘onali topshiruvi va toydiruvchi, vaqt bo‘yicha chiziqli o‘suvchi yoki garmonik ta’sirlarning ishlanish tartiblari va shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi.
Agarda avtomatik tizimlarda quyidagi berilgan ko‘rsatkichlar ta’minlansa, unda rostlash tizimlari berilgan sifatga ega deyiladi;
a) namunaviy tartibdagi xatolar orqali tavsiflanuvchi aniqlilik;
b) tizimdagi o‘tish jarayonlari kechuvchining vaqt orqali tavsiflanuvchi tezkorligi;
v) tizimning tebranishlarga moyilligi orqali aniqlanuvchi barqarorlik ko‘lami.
SHunday qilib, boshqarish jarayonining sifati avtomatik tizimlarini bir rejimdan ikkinchi rejimga o‘tishidagi faoliyati bilan aniqlanadi. Boshqarish jarayoni sifatini bildiruvchi ko‘rsatgichlarning asosiylari quyidagilar sanaladi: o‘tish jarayonining tebranuvchanligi, boshqarilayotgan kattalikni belgilangan qiymatlaridan maksimal darajada og‘ishi (qaytasozlash), aniqliliga, o‘tish jarayoning vaqti.
Agar, bordiyu, avtomatik tizim boshqarish jarayonining belgilangan sifati darajasi talablariga javob bermasa, u holda qo‘shimcha korreksiyalovchi qurilmalar kiritilib, chastota tavsifilarining ko‘rinishlarini o‘zgartirish yo‘li bilan, nullarni joylashish, qutblar kabilar ustidan ish bajarilib zaruf sifat darajasini ta’minlash kerak bo‘ladi.
Boshqarish jarayonining yuqori darajadagi sifat ko‘rsatgichiga ega bo‘lishi uchun korreksiyalovchi qurilmaning parametlarini va sxemani to‘g‘ri tanlay bilish kerak. Korreksiyalovchi qurilmalarni hisoblashning bir necha xil usullari mavjud. Ularga chastotali, ildizli godograf, standart uzatish funksiyalari, normallashtirgan o‘tish tavsifilari kabi uslublarni misol qilib keltirsa bo‘ladi.
Umuman olib qaralganda korreksiyalovchi qurilmalarning parametlarini hisoblash va sxemasini tanlash avtomatik boshqarish tizimsini sintez qilish masalasiga kiradi.
Avtomatik sozlovchi tizimlarining turg‘un bo‘lgan tartibdagi xatoligi
20.1- rasm orqali ifodalanishi mumkin:
Uni aniqlash uchun chekli qiymat teoremasidan foydalaniladi:
(20.1)
bu erda E (r) -xatolikning Laplas bo‘yicha tavsifi.
Agar tizim bir nechta ta’sir ostida bo‘lsa, xatolik, superpozitsiya qoidasiga binoan, umumiy holda ularning har biri faqat o‘z ta’sirining (qolganlari nol bo‘lganda) shuncha tashkil etuvchilaridan iborat bo‘ladi.
Ta’sirlar xususiyatiga qarab tizimda turli barqarorlashgan holatlar mavjud bo‘lishi mumkin:
1) vaqt mobaynida o‘zgarmas ta’sirlarda statik tartib;
2) vaqt mobaynida chiziqli o‘suvchi ta’sirlarda- kinetik tartib.
3) ixtiyoriy o‘zgaruvchi ta’sirlarda—dinamik tartib.
Bunday tartiblarda o‘rnatilgan xatoliklar mos nomlar bilan ataladi va ko‘pincha xatolikning tashkil etuvchi ko‘rsatiladi:
1. Berilgan ta’sir bo‘yicha statik xatolik topiladi.
2. Toydiruvchi ta’sir bo‘yicha statik xatolik topiladi.
3. Topshiruvchi ta’sir bo‘yicha kinetik xatolik topiladi.
4.Dinamik xatolik ta’sirlar garmonik bo‘lgan holda ko‘riladi.
a) aperiodik o‘tish jarayonlari; tashkil etuvchi;
tashkil etuvchi; 3 - Tk > Tk1 bo‘lgandagi o‘tish jarayoni;
4) -Tk > Tkl- holdagi o‘tish jarayoni;
b) tebranuvchi o‘tish jarayoni; 1.3-Ae tAegiluvchi eksponentalar,
2-Ae tsin(t+γ), branuvchi tashkil etuvchilar; 4-Tk dagi tebranuvchi jrayonlar; 5-Tkl < Tk holdagi o‘tish jarayonlari;
v) mujassamlashan teskari bog‘lanishli servodvigatelarning tavsifisi.
YUqori darajadagi dinamik tenglamalarga ega bo‘lgan elementlarning o‘tish jarayonlari ham shu tartibda o‘ziga xos xususiyatlarga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |