Bog'liq Kurs ishi iqtisodiyot nazariya Хамидов Шохрух
-soliq qonunchiligini, soliqka tortish bazalarini mukammallashtirish va to‘lov muammolarini pasaytirish maqsadlarida kompleks islox qilish; -mavjud soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish; -budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar va jarimalarni restrukturizatsiya qilish; - soliqka tortish mexanizmini soddalashtirish va iqtisodiyotning ustivor sohalari uchun soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish; -soliq ma’muriyati faoliyatini takomillashtirish. Budjet siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida xozirda qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishi muhim hisoblanadi: -davlat harajatlarini iqtisod qilish dasturlarini amalga oshirish; -ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda budjetning o‘rnini mukammallashtirish; -budjet mabla\laridan samarali foydalanishning nazorat tizimlarini mukammallashtirish; -budjetning daromadlar va harajatlar ijrosi tizimlarini takomillashtirish; -mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida mahalliy budjetlar uchun yaxshi moliyaviy potensialni shakllantirish; Davlat qarzlarini boshqarish va restrukturizatsiya qilish. Pul kredit sohasidagi bugungi kunda mavjud muhim vazifalar qo‘yidagilardir: -bank tizimini restrukturizatsiya qilish jarayonini chuqurlashtirish; -banklar uchun joriy etilgan majburiy meyorlarini soddalashtirish va ularni takomillashtirish; -davlatning valyuta zaxiralarini tuldirish va chetga kapitallar okimini kamaytirish; -iqtisodiyotning ustivor sohalarini moliyaviy kullab kuvvatlash uchun imtiyozli kreditlashtirish mexanizmlarini shakllantiri; -moliyaviy bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish. Moliyaviy siyosatning amalga oshirishda institutsional o‘zgarishlar muhim rol o‘ynaydi. Institutsional o‘zgarishlar davlatning boshqarish sohasidagi asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Ularga qo‘yidagilar kiritiladi: tashkilotlarning soliqlar bo‘yicha qarzlarini kapitalizatsiya qilinishi natijasida davlat korxonalarning aksiyalarini jalb qilinishi; davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvlariga berish; yagona mulkiy kompleks sifatida korxonalarni xususiylashtirish; yoqil\i energetika komplekslari va temir yo‘l sohasi, aloka va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasini samaradorligini oshirish va rakobatni rivojalntirishga yunaltirilgan institutsional o‘zgarishlar. Hozirgi sharoitdagi davlatning moliyaviy siyosati ijtimoiy yunaltirilgandir. Bu sohadagi asosiy vazifalar qo‘yidagilardir: -budjet sohasida ishlovchi ishchilarga joriy ish haqini tulik xajmda berish; -aholining kam ta’minlangan katlamini oladigan daromadlari uchun kompensatsiya mexanizmini ishlabi chiqish va takomillashtirish; -ishsizlikni o‘sishini oldini olish va budjet sohasidagi ish haqini indeksatsiya qilish; Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Moliya siyosatini amalga oshirish va uni xayotga unumli tadbik etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yi\indisidan tashkil topadi. Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni belgilash hisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi. Moliya mexanizmining tuzilmasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralaridan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni turlarini ko‘rishda, mabla\larni to‘planish formalarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni harakatini o‘rganishda davlat bosh isloxotchi. Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va istiqbolni belgilash, hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, harajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan nazorat, moliyaviy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi. Moliya mexanizmini yangi boskichdagi muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni olishi va ular asosida xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni ko‘rish paytlarini o‘zaro yakinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir to‘zuvchisi ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy okibatlarini uzluksiz istiqbollashtirish.