Bog'liq Kurs ishi iqtisodiyot nazariya Хамидов Шохрух
Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun qulay shart sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Ba’zi hollarda siyosiy chora tadbirlar o‘tkazish vositasida iqtisodiyotni orkaga ketishi uchun qulay shart sharoitlar vujudga keladi. Xo‘jalik yuritishni jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanishi uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi moliyaviy siyosatni ta’sir etish darajasini o‘sishiga olib keladi. Iqtisodiyotda xo‘jalik tarmoqlarini turli darajada rivojlanishi, xo‘jaliklararo va hududlararo iqtisodiy alokalarni qiyinlashuvi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni bir-biriga bo\liq holda va yakin darajada iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini davlat tomonidan ta’minlanishini talab etadi. Shuning uchun ham davlat tomonidan moliyaviy tartibga solib turish muhim ahamiyatga egadir. Davlatning iqtisodiy jihatdan qanchalik kuch qudrati oshsa, shunchalik moliyaviy mabla\larni o‘z ko‘lida mujjassamlashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy konyukturaga faol ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Iqtisodiy qarorlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonunlari mantigi asosida, ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar okibatlarini ilmiy asoslangan holda va ularni iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlariga mos holda shakllantirish jamiyatning taraqqiyoti asosini tashkil qiladi. Bu o‘z navbatida moliya siyosatida tez tez uchraydigan va ilgaridan ko‘zda tutilishi qiyin bo‘lgan o‘zgartirishlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi. Moliyaviy siyosat o‘zining davriyligi va xal kiluvchi vazifalar tavsifiga bo\liq holda moliyaviy strategiya va moliyaviy taktikaga bo‘linadi. Moliyaviy faoliyat tahlili shuni tasdiqlamokdaki hozirgi sharoitda moliyaviy siyosat va strategiya tushunchalari o‘rtasida yagona tushuntirishlar mavjud emas. Bu tushunchalar aralash holda talkin qilinmokda. Meyoriy xujjatlarda ham mazkur kategoriyalarni aniq talkini mavjud emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan moliyaviy siyosatni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga tegishlidir. Lu\atda siyosat nimagadir erishish uchun qandaydir harakat tavsifi sifatida aniqlanadi. Strategiya siyosatni amalga oshirish san’atidir. Taktika siyosatni yuritish san’atining tarkibiy qismi sifatida kuriladi. Biroq mazkur tushuncha mazmunini tushungan holda shuni ta’kidlash joizki ko‘rsatib utilgan “siyosat” aniq yo‘nalishlar bo‘yicha moliyaviy strategiyani amalga oshirish uslubidan tashqari boshqa narsa emas. Moliyaviy strategiyani har bir yo‘nalishini tavsifi amaliyotda ularni amalga oshirishning taktik uslublari yigindisining mavjudligini tasdiqlaydi. Davlatning moliyaviy siyosati makroiktisodiy siyosatning bosh elementlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat islohotlarning utish davridagi moliyaviy iqtisodiy inqirozlar okibatlarini tugatish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yunaltirilgadir. Chunonchi, iqtisodiyotning barcha sohalarida liberal rejimni shakllantirish va uni rivojlanishini ko‘zda tutuvchi iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari moliyaviy siyosatning markazida turmokda. Moliyaviy siyosat qo‘yidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Soliq siyosati;
Budjet siyosati;
Pul kredit siyosati;
Institutsional o‘zgarishlar;
Investitsiya siyosati;
Ijtimoiy siyosat.
Moliyaviy siyosatni tatbiq qilish uchun qo‘yidagilar zarur hisoblanadi; - ijtimoiy tanglik kamaytirilishi lozim. - davlat moliyasini soglomlashtirish lozim; - bank tizimini meyor bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini shakllantirish lozim; -tovar va pul okimlarini tenglashtirish lozim; -hududlarning moliyaviy iqtisodiy mustaqilligini yagona boshqaruv tizimi asosida okilona ta’minlash lozim. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri soliq siyosati hisoblanib. U asosan davlat uchun ham bozor katnashchilari uchun ham iqtisodiyotning real sektorining moliyaviy holatini yuksalishini ta’minlovchi soliqka tortish bo‘yicha imkoniyatlar shakllantirishi lozim. Soliq siyosatining asosiy vazifalari: