Таълим вазирлиги фарғона давлат университети “ижтимоий гуманитар фанлар ” кафедраси



Download 70,15 Kb.
bet14/17
Sana28.06.2022
Hajmi70,15 Kb.
#717088
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi iqtisodiyot nazariya Хамидов Шохрух

Budjet soxasida ishlovchi ishchilarga joriy ish haqini tulik xajmda berish;

  • Aholining ham ta’minlangan katlamini oladigan daromadlari uchun kompensatsiya mexanizmini ishlabi chiqish va takomillashtirish;

    Ishsizlikni usishini oldini olish va budjet soxasidagi ish haqini indeksatsiya qilish;
    Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
    Yaqin o‘tmishda, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni xal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsepsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og‘ir ahvolga olib keldi.
    O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o‘tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.
    Prezidentimiz I. Karimov belgilab bergan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini dastlabki bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustivor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
    1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiya va subvensiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
    2. Budjet mablag‘larini daromad tushgandan keyingina taqsimlanadigan yo‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘lar ajratish;
    3. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan qaytarib olmaslikni ko‘zda tutib ta’minlash amaliyotidan voz kechish, buning o‘rniga ana shu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
    4. Soliq tizimini takomillashtirish budjet daromadlarini barqaror sur’atda to‘lab turishni ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalarni rivojlanishini rag‘batlantiradigan soliq siyosatini olib borish.
    Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Hozirgi kunga kelib, iqtisodiy o‘sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati barqarorlashdi.
    Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevral va 18-iyuldagi yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi.
    2008-yilda Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 9,0 foizni tashkil qildi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish ishlarida 8,3 foizga oshdi.
    O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi1.
    Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan:

    Download 70,15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish