Bog'liq Kurs ishi iqtisodiyot nazariya Хамидов Шохрух
Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari).
Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).
Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsimlash jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga nisbati ifodalaydi. Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining o‘zgarishi. Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: Us= S1i x K0i - S0i x Koi soliq hajmini absolyut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi: Uk= S1i x K1i - S1i x Koi; bunda, S1i S0i – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi; K1i Koi – i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi. Moliya tizimining bu\inlarga ajratilishi har kaysi bu\inlarning vazifalaridan kelib chiqadi. Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya tizimining bu\inlar mamlakat miyosida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bo\liqdir. Hozirgi sharoitda ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan moliya tizimining muhim bu\inlaridan biri sifatida aholi moliyasini alohida ko‘rib utadilar. Ularning fikrlariga ko‘ra YAIMni taqsimlanishi jarayonida aholi iqtisodiy subyekt sifatida katnashadi va yirik miyosida pul jam\armalariga ega bo‘ladi. Bunday jam\armalar hozirgi sharoitda nafaqat bank tizimi uchun muhim moliyaviy biznes balki iqtisodiyotdagi yalpi investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan biriga aylanmokda. Umumdavlat moliyasi korxonalar moliyasi bilan bevosita bo\liqdir. Chunki bir tomondan budjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek korxonalar mikyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafaqat korxonalarning xususiy mabla\lari hisobiga balki qarz mabla\lari hisobiga ham amalga oshiriladi. Chunonchi, bunday mabla\lar tarkibida budjet mabla\lari ham mavjuddir. Budjet davlat moliyasini asosiy bo‘\ini hisoblanadi. Chunki budjet orqali YAIMning taxminan 30-35%i qayta taqsimlanadi. Davlat budjet orqali yirik miqdordagi pul mabla\lariga ega bo‘ladi. Bunday pul mabla\lari orqali davlat o‘zining jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda budjet asosiy rol o‘ynaydi. 2002 yilda umumiy budjet harajatlarining 40,27% i ijtimoiy madaniy tadbirlarga yunaltirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek aholini ijtimoiy ximoya qilish tadbirlari uchun jami budjet harajatlarining 7,495%i sarflanishi rejalashtirilgan. Mazkur ko‘rsatkichlar budjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiqlaydi.