maydon tranzistori yaratildi. Ular xona haroratida va o’ta past temperaturalarda
ishlaydi. Maydon tranzistorlari – triodlar-elektron qurilmalar bo’lib, ular elektr
signallarni kuchaytirishda ishlatiladi. Yarim o’tkazgichli nanotranzistorda valent
36
zona o’tkazuvchanlik zonasidan energetik tirqish man etilgan zona bilan ajratilgan.
Oddiy sharoitlarda bu tirqishning mavjudligi tufayli zaryad tashuvchilarning
kontsentratsiyasi kichik va nanotranzistor katta qarshilikka ega bo’ladi. Uchinchi
elektrodga nanotranzistor sohasida U elektr potensiali uzatilganda elektr maydon
hosil bo’lib, energetik zonalarning egilishi o’zgaradi. Bunda valent zonada
teshiklar kontsentratsiyasi oshib (mos ravishda elektr o’tkazuvchanlik), u
exponensial qonunga bo’ysunadi. Uchinchi elektrod potensiali – 6Bga yetganda
teshiklar kontsentratsiyasi maksimal qiymatga erishadi va demak qarshilik
minimum nanotranzistor metall nanotranzistorga aylanadi.
Metall nanotranzistorga asoslangan maydon tranzistorini yaratishda
elektronlarni nanotranzistor bo’ylab alohida molekulyar orbitalar bo’yicha tunnel
o’tkazishdan foydalaniladi. Nanotrubka uzunligining chekli bo’lgani sababli uning
elektron spektri uzluksiz bo’lmasdan diskretdir. Alohida sathlar orasidagi masofa
nanotranzistor uzunligi ~1mkm bo’lganda ~1meV ga teng. Sathlarning bunday
taqsimlanishi nanotrazistor elektr o’tkazuvchanligiga ta’sir etmaydi.
Displey. Displey –bu kompyuter texnikasining asosiy vositasi. Ma’lum
bo’ladiki, uglerodli nanotrubkalar yangi avlod displeylarini yaratishda foydali
ekan.
Katodda mahkamlangan va anod yo’nalishiga orientirlangan uglerod
nanotrubkasini ko’ramiz. Agar elektrodga mos qutbli kuchlanish qo’yilsa
nanotrubka manfiy zaryadlanadi, zaryadlangan nanotrubka yaqinidagi elektr
maydon chiziqlari egiladi va nanotrubkaning ingichka qismi sohasida maydon
kuchlanganligi katta bo’ladi. Nanotrubka qancha ingichka bo’lsa, maydon
kuchlanganligi shuncha katta bo’ladi. Bunday lokal maydon elektronlarni
nanotrubkadan uzib ola biladi. Tashqi maydon ta’sirida uchayotgan elektronlar
dastaga to’planadi. Avtoelektron emissiya deb ataluvchi bunday effekt displeylarni
yaratishda foydalaniladi.
Avtoelektron emissiya yordamida tasvir olish uchun anodga lyuminifor
o’rnatiladi. Elektron zarba lyuminifor molekulalarni qo’zg’atadi, ular so’ngra
fotonlar nurlantirib asosiy holatga o’tadi. Misol, lyuminifor sifatida rux sulfidning
37
mis va alyuminiy bilan ralashmasi qo’lanilganda yashil, kumush qo’shilganda ko’k
chaqnash kuzatiladi. Qizil rang esa ittriy oksidiga legirlangan yevropiy qo’shish
natijasida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: