Таълим вазирлиги бухоро давлат университети


O’RTA OSIYODA TARQALGAN TUPROQLARNI O’RGANISHNING GEOGRAFIK



Download 5,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/200
Sana22.06.2022
Hajmi5,16 Kb.
#691793
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   200
Bog'liq
0хирги туплам

O’RTA OSIYODA TARQALGAN TUPROQLARNI O’RGANISHNING GEOGRAFIK 
JIHATLARI 
I.E. Mirzoyeva
1
, M.H. Hamroyeva
2

Buxoro davlat universiteti

Kogon tumani 16-umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi

Insoniyat tarixida dehqonchilikni boshlanishi bilan tuproqning tarkibi va xossalariga qiziqish 
boshlangan. Tuproq haqidagi dastlabki ma'lumotlar 3-4 ming yil ilgari to`plana boshlangan. 
A.Beruniyning (973-1048) “Javohirlarni bilishga oid ma'lumotlar to`plami” nomli asarida tuproq 
haqidagi ilk tushunchalar mavjud.
 
Tuproqning paydo bo`lishida tog` jinslari (grunt) yoki nurash po`sti asosiy o`rin tutadi. 
Tuproqning ona jinsi bu eng avvalo nurash po`stidir. 
O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sug’oriladigan tuproqlar 
tarzida tasniflanadi. Yangi tuproq tasnifida sug’orish ta’sirida tuproq jarayonlari xarakterining 
tubdan o’zgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning 
zonal joylanish holati, sug’orish ta’sirida o’zgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik 
sharoitlari e’tiborga olinadi. Zonal joylanish holati sug’oriladigan tuproqning ma’lum kenglik 
zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini ko’rsatadi.
O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, geologik yoshi, rel’yefi va iqlim xususiyatlariga bog‘liq 
holda tuproqlarning tarqalishi kuzatiladi. Tuproq bu tog` jinslaridan (ona jinsdan) o`zining 
unumdorligi bilan farq qiladigan yuza qatlamdir. Tuproqni o’rganish borasida juda ko’plab 
olimlar ish olib borgan. Jumladan, tuproqshunoslik ilmiga rus olimi V.V. Dokuchayev (1846-
1903) asos soladi. Uning fikricha tuproq barcha komponentlarning o`zaro bog`liqligi va 


168 
aloqadorligi tufayli hosil bo`lgan tabiiy-tarixiy hosiladir. Uning fikricha tuproq jonli va jonsiz – 
“biokos” jism.
Adabiyotlarda tuproq tabiiy landshaftlarning “oynasi” deyiladi. Geografik til bilan 
aytganda “Tuproq landshaft ichidagi landshaftdir” (Nazarov I.K.). 
Tuproq bu tog` jinslaridan (ona jinsdan) o`zining unumdorligi bilan farq qiladigan yuza 
qatlamdir. Tuproq tabiatning o`ziga xos tizimi, uni adabiyotlarda pedosfera deb ham tilga 
olinadi. Pedosfera-grekcha “pedo”-tuproq, “sfera”-shar. Yerning tuproq qatlami biosferaning bir 
qismi. Pedosfera bu aerobiosfera, fitobiosfera, litobiosfera majmuasidan iborat. (Reymers, 1988, 
205 bet). 
O`rta Osiyo tuproqlarini o`rganilishida N.A.Dimo, M.A.Orlov, S.N.Rijov, N.V.Kimberg, 
B.V.Gorbunov, 
M.A.Pankov, 
M.Baxodirov, 
M.Umarov, 
A.Z.Genusov, 
N.N.Felisiant, 
A.Rasulovlarning xizmatlari katta. O`rta Osiyo tuproqlarining dastlabki tadqiqotсhilari 
L.I.Prosalov, S.S.Neustruyev, N.A.Dimolar edi. Sug`oriladigan tuproqlarni o`rganishda 
M.A.Orlovning (1937) xizmatlari katta. Uning fikricha vohalarda madaniy tuproqlar 
shakllangan. N.V.Kimberg O`zbekistonning cho`l zonasi tuproqlarini batafsil organadi (1974). 
U cho`l zonasida 6 ta tuproq tipini (o`tloq, botqoq, sho`rxok, taqirli, cho`l qumli, sur qo`ng`ir), 
vohalarda esa 3 ta tuproq tipini (cho`l zonasining o`tloq voha, cho`l zonasining botqoqli voha, 
taqirli voha tuproqlari) ajratadi. 
O’rta Osiyo rel’yefining murakkabligi, tabiati, hayvonot dunyosi va o’simlik qoplamining 
xilma-xilligi o’lkada turli xildagi tuproqlar tarqalishiga sabab bo’lgan. Faqat ana shunday tuproq 
hosil qiluvchi omillar tufayli har bir joyga xos tuproq paydo bulgan. Shuning uchun chala cho’l, 
cho’l, dasht, vodiy, adir, tog’ tuproqlari farqlanadi.
Tuproq hosil bo’lishida dastlab iqlimning ta’siri xususan harorat bilan yog’inlarning roli 
kattadir. Jumladan, O’rta Osiyoning nihoyatda issiq va qurg’oqchil iqlim sharoitida bu yerda 
chala cho’l va cho’l zonasi katta maydonni egallaydi. O’lka iqlim sharoitiga mos holda kashtan, 
qo’ngir, sur-qo’ng’ir, taqir, o’tloq va botqoq tuproqlar hamda sho’rxoklar tarqalgan.
O’lkaning shimoliy qismida och tusli kashtan tuproqlar keng tarqalgan, bu yerning iqlimi 
ancha issiq va qurg’oqchil, janubiy qismi esa qo’ng’ir tuproqlar bilan qoplangan. Umuman chala 
cho’lda yuqori harorat va qurg’oqchil iqlim sharoitida hosil bo’ladigan tuproqlar keng tarqalgan, 
bu tuproqlarda chirindi kam va shunga ko’ra chirindili qatlam yupqa bo’ladi (odatda 30-40 sm). 
Tabiiyki bu yerda o’simlik qoplami siyrak va mikrobiologik jarayonlar yetarli darajada faol 
kechmaydi.
Grunt suvlarining yer yuzasiga (0,5-2 m) yaqin turgan va suv sizib chiqib doimiy 
namlanib turgan joylarda, daryolarning vodiy va deltalarida hamda tog’ etaklaridagi prollyuvial 
tekisliklarda zonal tuproqlar emas intrazonal deb ataluvchi o’tloq, o’tloq-botqoq, botqoq-
allyuvial va sho’rxok tuproqlar uchraydi.
Botqoq tuproqlar o’tloq tuproqlar singari xuddi shunday geomorfologik va gidrogeologik 
vujudga kelgan bo’lsa ham, biroq ular rel’yefning pastroq va grunt suvlarining yer yuzasiga 
yanada yaqin va ancha nam joylarida paydo bo’ladi. Xullas bu tuproqlar boshqa chala cho’l va 
cho’l tuproqlariga qaraganda ancha unumdor hisoblanadi.
Sho’rxok va sho’rtob gidromorf tuproqlardan bo’lib, ichki berk botiqlarda, rel’yefning 
chuqur joylarida, daryo vodiylarida, tog’ etaklaridagi qiya tekisliklarda, qisman qoldiq platolar 
orasidagi depressiyalarda uchraydi. Sho’rtob va sho’rxoklar genetik jihatdan bir-biriga 
bog’liqdir. Tuproqda nam ko’paysa sho’rxoklar sho’rtobga aylanadi, boshqacha qilib aytganda, 
sho’rxok tuproqlarning yuvilishidan sho’rtob tuproqlar paydo bo’ladi. Demak, sho’rxok va 
sho’rtob har xil tuproq bo’lmay balki bitta tuproqning turli bosqichidir. Balandlik mintaqasi 
sistemasining quyi qismi - tog’ oldi va tog’ etagi tekisliklarida och tusli tipik va to’q tusli sur 
tuproqlar, daryo vodiylari hamda suv havzalarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, 
o’tloqi, botqoqi-o’tloqi va botqoqi tuproqlari rivojlangan.
Professor A.A.Xonazarovning ma’lumoti bo‘yicha, O‘rta Osiyo tog‘li qismi tuproq 
qoplamining 81%i eroziyaga uchragan. Buning asosiy sabablari inson xo‘jalik faoliyatining 


169 
ta’siri bo‘lib, tog‘dagi o‘rmonlarni va butazorlarni yo‘q qilib yuborishdir. Tog‘ yonbag‘irlaridagi 
o‘simliklarni esa tuproq eroziyasining kuchayib ketishiga olib kelgan. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘rta Osiyoning nafaqat tog‘li qismining balki tekislik 
qismining tuproq qatlami ham inson ta’sirida kuchli o‘zgarib ketgan, ya’ni suv va shamol 
eroziyasi, katta maydonlardagi tuproqlarni o‘zgartirib yuborgan. Ayniqsa, 1960 yllardan keyin 
sug‘orish, melioratsiyasining avj olishi, sug‘oriladigan maydonlarning ilmiy asoslanmagan holda 
kengaytirilishi, tuproq qatlamida har xil jarayonlarning sodir bo‘lishiga olib keldi. O‘rta 
Osiyoda sug‘oriladigan yerlar maydoni 7,8 mln.ga, shundan 50% dan ko‘prog‘i turli darajada 
sho‘rlangan. O‘zbekistonda sug‘orishda foydalanadigan yerlar 4,2 mln gektarni tashkil etadi, 
noto‘g‘ri sug‘orish natijasida shundan 2,2 mln. gektari turli darajada sho‘rlangan. Tuproqning 
sho‘rlanishi esa nafaqat hosildorlikning pasayishiga, balki boshqa salbiy oqibatlarga ham olib 
kelishi mumkin. 

Download 5,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish