Guruhiy jarayonlar. Ijtimoiy psixologiya fani shaxsning jamoadagi o‘rni, xulqi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar natijasida paydo bo‘ladigan psixologik jarayonlarni o‘rganadi. Bu haqdagi bilim jamoani boshqarish uchun yangi imkoniyat yaratadi. Masalan, mehnat jamoasidagi ijobiy munosabatlarga asoslangan psixologik muhit xodimning ishchanligini 30% ga oshirishi mumkin. Va aksincha, jamoadagi munosabatlarning taranglashuvi, salbiy qarashlarning ustunligi, xodim mehnati samaradorligini pasaytiradi va ish sifatiga ham putur yetkazadi. Guruhiy jarayonlar, ularga xos qonunlarni bilish, hatto, guruh a’zosi xulqini o‘zgartirish imkonini beradi. Aniqlanishicha, inson o‘ziga qaratilgan bevosita individual ta’sirdan ko‘ra, guruh fikriga ko‘proq e’tibor beradi.
Ijtimoiy nazorat. Odatda inson o‘z xulqini o‘zi xohlaganicha amalga oshirolmaydi. U hohlasin-hohlamasin jamiyat tomonidan qo‘yilgan ma’lum talablarga rioya etib yashashi shart. Har qanday inson ulѓayishi davomida turli guruh va jamoalarga a’zo bo‘lib boradi. Bu guruhlar esa nafaqat o‘zining maqsadi, balki ichki qoidalari bilan ham bir-biridan farq qilib turadi. Demak, har qanday guruhda, u yoki bu ichki qoidalar, normalar majmuasi hukm suradi. Odatda, mehnat jamoalarida bu normalar rasmiy tan olingan va hatto yozma shaklda ham bayon etilgan. Ba’zi bir norasmiy guruhlarda esa «yozilmagan» lekin, nazardagi qoidalar hukm suradi. Xatti-harakatni cheklash borasidagi mavjud guruhiy qoidalar, normalar esa ijtimoiy nazoratning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Jamoada o‘rnatilgan cheklashlar asosida xatti-harakat yoki xulq andozasi shakllanadi. Bunday andozaning jamoada mavjudligi va uni qay tarzda ifodalanishi ko‘p jihatdan amal qilish samaradorligini belgilaydi. Masalan, mehnat jamoasidagi xulq kodekslari qanchalik aniq va ravon bayon etilgan bo‘lsa, xodimning unga rioya qilish ehtimoli shunchalik oshadi.
Guruh maqsadlari. Guruh maqsadlariga tezkor va unumli erishish, ushbu maqsadlarning guruh a’zolari tomonidan qabul qilinishiga boѓliq. Ma’muriyat tashkilot mohiyatini ifodalovchi tadbirlar ishlab chiqar ekan, ko‘pincha xodimlar bu tadbirlar dolzarb va muhim muammolarni hal etishga qaratilganligidan, hattoki shubhalanmaydilar. Lekin, rahbarning bu sohadagi asosiy vazifalaridan biri – guruhiy tadbirlarni xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishdan iboratdir. Buning uchun u xodimlarni raѓbatlantirish, motivatsiyalash shartlarini yaxshi bilishi lozim. Har bir xodimning oilaviy muhiti, yashash sharoiti va indiviudal-psixologik xislatini hisobga olish ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatni amalga oshishidagi asosiy omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |