Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


ФОЙДАЛАНИШ УЧУН АДАБИЀТЛАР



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

ФОЙДАЛАНИШ УЧУН АДАБИЀТЛАР: 
1. Маркова А.К. Психология профессионализма. – М.: Знание, 1996. 
2. Муслимов Н.А. Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини касбий 
шакллантириш / Монография. – Т.: Фан, 2004. 
3. Муслимов Н.А., ва бошқалар. Касб таълими ўқитувчиларининг 
касбий компетентлигини шакллантириш технологияси/ Монография. – Т.: 
“Фан ва технология” нашриѐти, 2013. 
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA MUAMMOLI O‘QITISHNING 
SAMARALI USULLARI 
IBRAGIMOVA SAYYORA ALIMJANOVNA
A. Qodiriy nomli jdpi 1-kurs magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida muammoli o‘qitishning samarali
usullari haqida fikr yuritilgan. 
Аннотация 
Данная статья продолжает действительные методы обучения проблемам на 
уроках начальной школы. 
Annotation 
This article continues effective methods of problem teaching in primary school 
lessons. 
KALIT SO‘ZLAR: muammoli ta'lim, muammoli vaziyat, muammoning yechimi,
muammoli savol - javob, muammoli ta'lim texnologiyasi, darsning samaradorligi, pedagogik 
metodlar
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: проблемное обучение, проблемная ситуация, решение 
проблем, проблемный вопрос и ответ, технология проблемного обучения, 
эффективность урока, педагогические методы.
KEYWORDS: problem learning, problem situation, problem solving, problem 
question and answer, problem learning technology, lesson effectiveness, pedagogical methods 
Yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun
sarflangan sarmoya jamiyatga o’n, yuz barobar ko’p foyda keltiradi. 
Sh. Mirziyoyev 
Respublikamizda jahonning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan 
munosib o’rin olish uchun juda ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Yosh
avlodni har tomonlama salohiyatli qilib voyaga yetkazish bosh
maqsadlarimizdan biri bo’lib qolmoqda. Bunda albatta ta’lim tizimini tubdan
isloh qilish, o’qitishning zamonaviy metod va usullaridan kengroq
foydalanish talab etiladi. Bolalarni sog’lom fikrli, dunyoqarashi boy, 
mafkurasi keng shaxs qilib tarbiyalash muhim masalalardan biri bo’lib 
qolmoqda. 
Yurtboshimiz ham har bir yig’ilishida ta’lim tazimiga qayta qayta
to’xtalib o’tishlari bejiz emas albatta. O’sib kelayotgan yosh avlodni zamon 
talablari darajasiga javob beradigan mard, jasur, ona vatanga munosib avlod 
qilib tarbiyalash bosh maqsadimiz ekan, biz o’qituvchilardan o’qitishning turli


117 
usul va metodlaridan foydalangan holda darsni tashkil etish talab etiladi. 
Bunda albatta boshlang’ich sinf darslarida muammoli ta’limdan foydalanish
yaxshi samara beradi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib
kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, Hindiston
va Xitoyda muammoli baxs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli
ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894-yilda
Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning boshlarida
bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib amaliyotga keng
joriy etildi.
Muammoli o’qitish – o’quvchini erkin fikrlashga, taxlil qilishga,
xulosalar chiqarishga bevosita yordam beradi. Muammoli o’qitish
mashg’ulotlarini dars jarayonida qo’llashda albatta o’qituvchi uning ham 
ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadlariga e’tibor berish kerak. Ya’ni o’qituvchi 
muammoli vaziyat yechimini tayyor holicha o’quvchiga bermasdan, ularni
ijodiy yondashishga o’rgatish zarur. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarni
qaysidir ma’noda og’zaki nutqini ham shakllantirib boradi. O’quvchi o’tilgan
mavzuni yodlab emas balki mazmunini tushunishga, mantiqiy fikrlashga o’z
fikrini bayon qilib borishga o’rgatadi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish