Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Tezlikka doir o’yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To’rt oyoqlab 
yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”, 
turli estafetalar va boshqalar. 
Kuchga doir o’yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Yelkada ko’pkari”, “Eshak 
mindi”, “Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo’llarda tortinish” va 
boshqalar. 
Chidamlilikka doir o’yinlar: “Olamon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg’a”, 
“Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, “Besh tosh”, “To’qqiz tosh”, “Orqang 
kuydi”, “Bo’ta soldi”, “Tortishmachoq”, “Ko’z bog’lash”, “Bekinmachoq”, 
“Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va h.k. 
Aynan har bir yosh uchun yetakchi faoliyat jarayonida bola butun 
shaxsiyatining tabiati – bilishi, irodasi, tuyg’ularida muhim o’zgarishlar sodir 
bo’ladi. Ammo bu, bola o’z rivojlanishining ma’lum bosqichida faqat bittagina 
qandaydir faoliyat bilan shug’ullanishini, ya’ni u yohud kattalar bilan muloqotda 
bo’lishi, yohud buyumlar bilan harakat qilishi, yohud o’qishi va mehnat qilishini 
bildirmaydi. 
Harakatli o’yinlarni bolalarni rivojlantirish vositalaridan biri sifatida 
chuqur o’rganish va uni pedagogik jihatdan baholash masalasini qo’yish vaqti 
allaqachon kelgan. Keyingi yillarda kichik yoshdagi bolalar mashg’ulotlari va 
sporti bilan bog’liq ravishda bu masalaning ahamiyati yanada ortdi. Bu masala 
yechimining dolzarbligi yana shu bilan bog’liqki, milliy va harakatli o’yinlarga 
bir qator holatlarda yetarlicha baho berilmaydi va har doim ham bolalarni 


256 
tarbiyalashda munosib o’ringa ega bo’lmaydi masalan, arqon bilan sakrash. 
Maktabgacha jismoniy tarbiya tashkilotchilari oldida turgan turli xil muammolar 
orasida 5-6 yoshli bolalarda harakat ko’nikmalarini tashkil etish masalasi 
alohida o’rinni egallaydi. Bu ular maktabga kelgach o’qish-o’rganishning 
yanada uyushgan darajasiga o’tishlari, jismoniy tarbiya darslarida yanada 
murakkab vazifalarni bajarishlari bilan bog’liq. Harakatli o’yinlardan bolalar, 
o’smirlar va yoshlarni umumiy jismoniy rivojlantirishdagi kabi, ayrim sport 
turlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni egallash va takomillashtirishda ham 
foydalanish mumkin. Harakatli o’yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning 
madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi, aql-idroki, tasavvuri, fantaziyasi 
takomillashadi. Ijodiy faoliyat sifatida harakatli o’yinlar nafaqat bolalarning 
harakatga bo’lgan tabiiy ehtiyojini amalga oshiradi, balki harakat masalasining 
to’g’ri yechimini topish malakasini tarbiyalaydi. O’yin yordamida bola nafaqat 
atrof olamni bilib oladi, balki uni kashf etadi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish