Adabiyotlar ro'yxati:
1. Amosov N.M. Sog'lik haqida fikrlar. - M.: FiS, 2007 yil.
2. Ilyinich M.V. Talabalarning jismoniy tarbiyasi. - M., 2002 yil.
3. Markova V. Talabalarning sog'lom turmush tarzi M., 1998 yil
O`QUVCHILAR IJODKORLIGINI OSHIRISHDA TABIATSHUNOSLIK
FANINI INTEGRATSIYALASHNING AHAMIYATI
Mirzaxmetova Xurshida Jo`rakulovna -
Zomin
XTB
56-maktab
oliy
toifali
o`qituvchi
Ta’lim muassasalarida tabiatshunoslik texnologiya fanida turli xil fanlar
aloqadorligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan texnologiya fanini olaylik:
hozirgi paytga kelib, o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning yangi asosga –
tabiatshunoslik bilimlar asosiga ko’chirish zarurati vujudga keldi. Buning
birinchi sababi mamlakatimizda tabiat inqirozining chuqurlashuvi bo’lsa,
ikkinchisi hozirgi zamon qishloq xo’jaligi uchun asosiy ishlab chiqarish
masalalari bilan birgalikda tabiat muammolarini ham oqilona hal qila oladigan
mutaxasisning zarurligidir.
Tabiat yo’nalishidagi mehnat tabiat bilimlar asosiga qurilgan, tabiat
mehnat o’quvchilarini shakllantiruvchi atrof –muhit holatini o’rganish va
yaxshilashni ko’zda tutuvchi, tabiat taqdiriga nisbatan mas’uliyat hissini
tarbiyalovchi faoliyatdir. Uni amalga oshirishni ayrim tomonlari quyidagi
sxemadan ko’rish mumkin.
Tabiatshunoslik yo’nalishidagi mehnatni shakllantirish yo’llari:
Darslarda:
Tabiat mehnat faoliyatiga yo’naltiruvchi masalalar yechish:
Darsdan tashqari ishlarda:
Tabiatshunoslik fanidan sof qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish
bo’yicha bilimlarni egallash, o’quvchilarda fanga nisbatan ijodkorligi oshadi.
O’g’itlarning tabiatga oid usullarini o’rganish va sinab ko’rish:
Darsdan tashqari ishlarda:
Tabiat yodgorliklarini aniqlash va o’rganish;
Ko’kalamzorlashtirish bo’yicha eng yaxshi loyihalar konkurisi
o’tkazish.
Universitet tabiatshunoslik maydonchalarini tashkil etish.
Tabiat yodgorliklarining karta va katpaglarini tuzish.
Yo’qolib borayotgan turlarini ko’paytirish va tabiatga qaytarish
bo’yicha mehnat.
Uyda
Xona o’simliklarining tabiatshunoslik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha
kuzatishlar.
Shunday qilib o`quvchilarda fanlarga bo’lgan ijodkorlik qobiliyatlari,
qiziqishlari tobora ortib boradi.
291
Tasviriy san’at darslarida ham o’quvchilarda mehnat tarbiyasini amalga
oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu tasviriy san’at darslarining barcha
turlari naturadan rasm chizish temaning rasm ishlash, san’at haqida suhbatlar
ko’zda tutilgan. Narsaning o’ziga qarab rasm chizish jarayonida o`quvchilar
turmushda qo’llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar, duradgorlik
asbobi tasvirini ishlaydilar. O’qituvchi dars jarayonida o`quvchilar mustaqil ish
boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyum shakl rangi va
tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta mehnat
haqida ham gapirib beradi. Masalan, kundalik turmushga oid buyumlar
(choynak, kosa, sopol, lagan va boshqalarning) o’ziga qarab rasm chizishda
o’qituvchi talabalarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday
materiallardan yaralganligi, buning uchun qancha mehnat sarflangani haqida
gapirib beradi.
O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlari naqsh chizish kitob muqavasini
badiiy bezash, dazmol va choynak uchun taglik eskizini ishlash jarayonida
o’stirib boriladi. O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish masalasi har bir
darsda amalga oshirishi lozim.
O`quvchilarning ijodkorligini oshirishda tasviriy san’atni o’rni juda
kattadir. Jumladan, tasviriy san’at orqali o`quvchilar Vatan tarixida ro’y bergan
voqealarda shaxsan qatnashgandek, voqeadagi siymolar bilan birga harakat
qilgandek bo’ladilar. Mehnat darslarida tasviriy san’at asarlaridan foydalanish
jarayonida o`quvchilarni ruhiyatiga e’tibor berish xarakatlari, xotira qobiliyat,
idrok sezgilarning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy sharoitlarga qarab, o’simliklarni parvarishlar mavzusiga istalgan
boshqa mavzular, jumladan qog’oz va kartondan foydalanib ishlash texnik
modellashtirish mavzulari bilan navbatlashtirish mumkin. Ma’lumki, bu
mavzular bolalarda konstruktorlik qobilyatini o’stirish uchungina emas, balki
matematika, tabiatni o’rgatish, ona tili va boshqa darslarda qo’llaniladigan
ko’rsatmalarni tayyorlash maqsadida ham o’tiladi.
Misol uchun matematika darsini oladigan bo’lsak, bunda turli xil
ko’rgazmalar qo’shuv, ayiruv, ko’paytiruv amallarini o’rganish uchun bolalarga
didaktik materiallar kerak va ulardan ba’zilarini mehnat darsida tayyorlash
mumkin turli (olma, nok, gullar) shakllarni qirqib yopishtirish yo’li bilan
kartochkalar yasash kabi.
Mahalliy tabiiy materiallar bilan o’tkaziladigan mehnat mashg’ulotlarini
rejalashtirishda maxaliy sharoitning ob-havosi va boshqa xususiyatlarini hisobga
olish, shuningdek har bir viloyat o’qituvchilari buyumlar yasashda
foydalaniladigan maxalliy o’simliklarga e’tibor berishlari kerak.
Mahalliy tabiiy materiallar bilan o’tkaziladigan mehnat mashg’ulotlarini
rejalashtirishda maxalliy sharoitning ob-havosi va boshqa xususiyatlarini
hisobga olish lozim. Shuningdek har bir viloyat o’qituvchilari buyumlar
yasashda foydalaniladigan maxalliy o’simliklarga e’tibor berishlari kerak.
Do’stlik va o’rtoqlikni mustahkamlash maqsadida hamma imkoniyatlarni
hisobga olib, qishloq va shahar maktablarining o’zaro yordami va hamkorligini
ko’zda tutish kerak. Bulardan tashqari O’ziga o’zi hizmat qilishda a) poyabzal
292
va kiyim-kechakni avaylash; b) uy-joyga qarash, sinfda navbatchilik; v) stolni
bezash va tushlik ovqatni tortish, oshxonada navbatchilik qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |