Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Ключевые слова: ученик, учитель, трудовое воспитание, трудолюбие, семья, 
сообщество. 
Abstract: The role of family and society, educational institutions in the development 
of diligence, patriotism in primary school students, as well as labor education in students 
internal need for socially useful work, discipline, order, organization, initiative, it is said that 
such qualities as diligence, serve to make decisions. 
Keywords: student, educator, labor education, diligence, family, community. 
Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat 
tufayli inson tabiatdagi narsalarni o’zgartiribgina qolmay, balki o’zi ham 
barkamollashib boradi, uning aqliy va jismoniy qobiliyatlari o’sadi. Mehnat 
jarayonida inson tabiat kuchlarini maqsadiga bo’ysundiradi. Mehnatsevarlikka 
erishish uchun mehnat tarbiyasi bilan shug’ullanish talab etiladi. Mehnat 
tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, intizom, batartiblik, 
tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko’zini bilish singari
sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol 
toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun bolalarni juda kichik 
yoshidan boshlab mehnatga o’rgatish zarur. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada
bola o’zini anglay boshlashi bilanaoq amalga oshirib boriladi.O’zbekiston 
Respublikasining birinchi prezidenti o’z asarlarida ta’kidlaganidek: “Keyingi 
yillarda “Obodlik ko’ngildan boshlanadi” degan olijanob da’vati xalqimiz 
qalbidan chuqur joy olganiga barchamiz guvohmiz” [1]. Darhaqiqat, ongli, 
oqilona uyushtirilgan mehnatgina kishilik jamiyatining gullab-yashnashiga, 
fuqarolarning insondek hayot kechirishiga asos bo’la oladi. Zero, mehnat tufayli 
inson o’zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Mehnat orqali 
odamning iste’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi, ko’rinadi. Mehnat bilan 


286 
mashg’ul bo’lish jarayonida insonning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi, 
jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shakllanishi va yuksalishi tezlashadi. 
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelishgan, o’zlari 
sidqidildan mehnat qilishgan.Mehnat tarbiyasi masalalari Markaziy Osiyo 
mutafakkir olimlari va shoirlarining bizga meros bo’lib qolgan ma’rifiy 
asarlarida katta o’rin olgan. Ma’rifatparvarlar yoshlarni kasb-hunar o’rganishga, 
har kim o’zi qiziqqan va o’ziga munosib faoliyat bilan shug’ullanishga da’vat 
etganlar. 
Bolalarda mehnatga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj ancha barvaqt paydo 
bo’ladi, maktabga kelgan o’g’il va qizlarda muayyan mehnat ko’nikmalari 
anchagina tarkib topgan bo’ladi.Ota-onalar bolalarining kelajagini o’ylab, ularni 
ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To’g’ri tarbiyaning eng 
ta’sirli, eng samarali usuli xam mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga 
hamma vaqt ham muhtoj bo’lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga 
o’rgatish, mehnatga ko’niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo’l 
tutadilar. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar,tejamkor va 
extiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu 
tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi.
Bu ko’nikmalar maktabdagi ta’lim va tarbiya ta’sirida yanada 
mustahkamlanadi. Bolalarga mehnat tarbiyasini berishda bog’cha, maktab 
singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta o’rin tutadi. Chunki bu 
muassasalarda mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan 
uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri engqulay fursatdir. 
Pedagogik muassasalarda mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat 
shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, aqliy va jismoniy 
imkoniyatlariga muvofiq bo’lishini ta’minlaydi. O’quvchilarda mehnatning 
ko’nikma va malakalari, tayyorlanadigan mahsulat sifati uchun mas’uliyat hissi, 
vaqtdan samarali foydalanish, asboblarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va hom 
ashyoni tejamli sarflash orqali hosil bo’la boshlaydi. Mana shular boshlang’ich
maktab o’qituvchilaridan alohida e’tiborni, mehnat tarbiyasining hilma-xil 
omillaridan samarali foydalanishni taqazo etadi. 
Boshlang’ich maktablardagi mehnat mashg’ulotlari o’quvchilarning har 
tomonlama uyg’un rivojlanishiga xizmat qilib, u o’quvchilarda ijodiy 
qobiliyatlari hamdanafosat kabi didlarini o’stirishda va ularni axloqiy jihatdan 
tarbiyalashda 
muhim o’rin egallaydi. O’quvchilarda 
mehnatsevarlikni 
tarbiyalash uchun ,avvalo, ular bajaradigan ishning inson hayotidagi ahamiyatini 
tushuntirish va bu ishni bajarishga ularni qiziqtirish zarur.
Boshlang’ich sinflarda o’ziga - o’zi xizmat qilish va jamoatchilik ishlari 
bilan shug’ullanish, shu bilan bir qatorda, bunga qo’shimcha tarzda turli 
mavzularda mashg’ulotlar olib borilishi mumkin.Kuzatish va tajribalardan 
ma’lumki, bola o’zi bajaradigan ish topshiriqlari mohiyatini tushunsa, unga 
qiziqadi, qiziqish g’ayrat bilan ishlashga undaydi, lekin o’quvchilarga tavsiya 
etiladigan ishlar ularning qobiliyatlari va kuchlariga yarasha bo’lishi talab 
etiladi. 


287 
Yoshlar – jamiyatning bugungi va ertangi kun timsoli bo’lgani bois 
ularning jismonan sog’lom, aqlan barkamol bo’lishi jamiyatimizning tub 
manfaatlarini ifodalaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 
19-mart kuni ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida yoshlarda 
mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik, tadbirkorlik qobiliyatlari 
shakllantirildi. 
Birinchi tashabbus-yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va 
san’at, ikkinchi tashabbus-yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport,.uchinchi 
tashabbus-aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan 
samarali foydalanish to’rtinchi tashabbus-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, 
ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish va beshinchi tashabbus-xotin-
qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini targ’ib qiladi. 
Ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta 
qiziqish bilan kutib olindi. Joylarda yoshlarni barkamol shaxs, ya’ni ham 
ma’naviy, ham jismoniy jihatdan har tomonlama shakllangan shaxs sifatida 
tarbiyalash xususida ishlar olib borildi. Yurtboshimiz tomonidan olib borilgan 
ushbu tashabbus va ular asosida olib borilgan islohotlar negizida ham xalqimiz 
ma’naviyati, kelgusi avlod tarbiyasi kabilar nazarda tutilgan. 
Mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o’zini ham sevmaydi. 
Bunday kishilarning dangasaligi oxir -oqibat beuquv va beburd bo’lib qolishiga 
sabab bo’ladi. Ayni shunday odamlar qorin to’yg’azish, kunni bir amallab 
o’tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo’l uradilar. Yalqovlik inson 
hayotining, kelajagining zavoli, kambag’allikka eltuvchi asosiy yo’ldir. Go’zal 
va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch imkoniyatini ishga solmoq, hunar 
o’rganmoq, g’ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro’-
e’tibor, xotirjamlik o’z-o’zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro’shnoliklarga 
inson faqat o’z aql-zakovati, mehnati tufayli erishadi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish