Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi
Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”,
ABDULLA AVLONIY
Insonning ma’naviy olamini shakllantirish borasida Yurtboshimiz belgilab bergan vazifalar, yetuk mutaxassis va komil insonni tarbiyalashga qaratilgan ishlarni amalga oshirish dolzarb va ustuvor masala sifatida har bir mutasaddilarining doimiy diqqat markazida bo’lgani quvonqrli , albatta.
Bu maqsadda joylarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiyaviy ishlar qamrovi kengdir. Xususan, Òtgan yil davomida fuqarolikni shakllantirish, siyosiy va huquqiy tarbiya , millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik , jismoniy tarbiya , kasb ma’naviyati , ekologik tizim, milliy qadriyatlar va an’analar yo’nalishida hamda milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash, talabalarni madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida muzey, teatr va tarixiy qadamjolarga tashriflar yo’nalishida e’tiborga loyiq ishlar olib borilmoqda.
Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir ko’rinishi desak, o’ylaymanki, xato bo’lmas. Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko‘rsatma va imkoniyatlar mavjud. Eng asosiysi, inson o‘zining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy holda Allohga yuzlanib turishi ham tarbiyadir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek tarbiya va ta’lim insonga xosdir, U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z hayotida kerak bo‘ladigan ilmu ma'rifatni ashyolar to‘g‘risidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va hunarlarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli bo‘la olmaydi. Psixologik bilim va pedogogik mahorat ayni holatda unga ancha asqotadi. Chunki ta'lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi.
Antik davrda yashagan Aristotel, Arastu, Demakrit kabi olimlar aynan talim va tarbiya uyg’unligida inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlarini oshirishda va ilmiy dalillar yaratishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qildi.
Mana shuning uchun barcha ta'lim muassasalarida ma'lum bir yo‘nalish bo‘yicha ta'lim berish bilan birga tarbiyani ham berib ketish kerak, Boisi, qush qanoti bilan uchadi. Qush esa pavoziga qarab turib baholanadi. Bu borada diniy va ilmiy ta'lim berilayotgan muassasalarni alohida zikr qilib o‘tish kerak. Zotan, bu ilm ikki dunyoning obodliligiga tegishliir. Zero,, Ilm - qalb jilosi” degan edi lmom G'azzoliy. Albatta bu borada ta'lim bilan birgalikda ruhiy va aqliy tarbiya ishtirok etishi kerak.
Akramxonov Yahyoxon
JIZPl , Pedogogika va psixologiya yo’nalishi 1 -bosqich talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |