O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimiga asos solgan ikkita juda muhim hujjat – “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ularning amaliyotga kiritilishi natijasida tarixan qisqa davrda tizimning nafaqat shakli, balki mohiyatida ham barkamol avlod tarbiyasini ta'minlaydigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
“Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodning voyaga yetkazish” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi PF-1869-son farmonini birinchi bandi bilan “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb belgilangan.
Ta'lim muassasalari rahbarlari barcha o‘qituvchilarni bu me'yoriy hujjatlar mazmunidan xabardor bo‘lishlari, ularning ish rejalari, sinfdan tashqari ishlarida dasturulamal tarzida foydalanishini ta'minlash, hukumatning ta'lim tizimini isloh etish va rivojlantirishga oid har bir qarori mohiyatini anglash, undan yuksak davlat hujjati sifatida foydalanish, pedagog vazifasi va ta'lim muassasasi rahbar xodimining ish me'yori, yo‘naltiruvchi xususiyatiga oid bandlarni maktab direktori o‘zining ish rejasiga kiritishi, uning rahbariyati ostidagi pedagoglar ish rejasida ham bu muhim hujjatning asosiy jihatlarini kiritib ish olib borishini ta'minlashi lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.
Maktabgacha ta'lim. Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi "2017–2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta'mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o‘quv-metodik qo‘llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida:
“Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish;
eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari 2018 yilda O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar tashkil etilishi vazifasi qo‘yilgan. Ushbu muassasalarda iqtidorli bolalar uchun grant tizimi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |