Ta'lim tizimidagi dolzarb vazifalar. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ta'limni sohasidagi bir qator vazifalar belgilab berilgan:
Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish. Eksperiment natijasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim sohasida davlatxususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2018 yilda maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish (maqsad: davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etishning mexanizmlarini belgilash; maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirish hamda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish nazarda tutiladi);
Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarining maksimal darajada shaffofligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, test natijalarini tezkor e'lon qilishning zamonaviy mexanizmlari amalda ijro etilishini ta'minlash (maqsad: oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini bir necha kun davomida o‘tkazishga; test sinovi natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilishga; jamoatchilik, jumladan abiturientlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratishga oid tadbirlar nazarda tutiladi);
Ta'lim sohasidagi yangi islohotlarning mazmuni, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ish beruvchilar va buyurtmachilar ishtirokida kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish (maqsad: loyihada kasb-hunar ta'limi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash, uni tajribasinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi);
“Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish (maqsad: ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat ta'lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; ta'lim tizimida davlatxususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari; ta'lim tizimida ma'naviyma'rifiy ishlar tizimini takomillashtirish; ta'lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi);
Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiytexnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quv laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta'minlash (maqsad: loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi).
Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish (maqsad: umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi