Tushunchalar tahlili” metodi. Mazkur metod oʻquvchilar yoki qatnashchilarni mavzu boʻyicha tayanch
tushunchalarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash, oʻz bilimlarini mustaqil ravishda
tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu boʻyicha dastlabki bilimlar darajasini
tashhis qilish maqsadida qoʻllaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashgʻulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
oʻquvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli boʻlgan soʻzlar, tushunchalar nomi
tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
oʻquvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday
holatlarda qoʻllanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach oʻqituvchi berilgan tushunchalarning tugʻri
va toʻliq izohini oʻqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan toʻgri javoblar bilan oʻzining shaxsiy munosabatini
taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va oʻz bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Insert” metodi
Insert metodi tushunishni kuzatish vositasidir. Insert - bu oʻquv
jarayonida oʻz anglashini faol kuzatish uchun oʻquvchilarga imkoniyat
beradigan kuchli vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni
oxirigacha oʻqib, u yerda nima yozilganligini eslab qololmasligi mumkin.
Bu esa odam nima oʻqiyotganini tushunmay, oʻqish jarayonida faol
boʻlishga qatnashmaydigan va oʻz anglashini kuzatmaydigan hollarning
misolidir. Insert - bu matn bilan ishlaganda faollikni qoʻllab - quvvatlash
uchun kuchli vositadir.
Oʻquvchi matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qoʻyib boradi, ular esa
quyidagi ma’nolarni bildiradi:
V - bilganlarimni tasdiqlaydi.
+ - yangi axborot.
- - bilganlarimga zid keladi.
? - meni oʻylantirib qoʻydi.
Afzalligi:
mustaqil oʻqish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish,
kuzatish. avval oʻzlashtirgan ma’lumotlarni bogʻlash qobiliyatini
shakllantirishga yordam beradi
Кунгабоқар”. Талабалар 4-5 кишидан иборат гуруҳларга бўлинади. Ўқитувчи фаннинг мавзусидан келиб чиқиб, ўртага битта муаммони ташлайди. Ҳар бир гуруҳ кунгабоқар ясаб, унинг марказига доира жойлаштириб, барглар ёпиштиради. Мавзуга қараб, доирага ҳар бир гуруҳга ёки умумий битта муаммо ёзилиб, доскага ёпиштирилади Ажратилган вақт ичида гуруҳлар биргаликда фикрларини баргга ёзиб, уни ўша гуруҳ муаммоси ёзилган гулга жойлаштириб қўядилар. Бу услубдан ўтилган мавзуни тушунтириш, уни мустаҳкамлаш ва такрорлаш ҳамда талабалар эгаллаган билимларни аниқлашда фойдаланиш мумкин.
Do'stlaringiz bilan baham: |