Ta’lim tizimiga stem dasturidan foydalanib o’qitishning ahamiyati va afzalliklari gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva



Download 163,22 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2022
Hajmi163,22 Kb.
#730911
  1   2   3
Bog'liq
Сайфуллаева gulhayo педагогика


TA’LIM TIZIMIGA STEM DASTURIDAN FOYDALANIB O’QITISHNING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI


Gulhayo Ixtiyor qizi Sayfullayeva – “Fizika va astronomiya” kafedrasi dotsenti, PhD., Navoiy davlat pedagogika instituti (91)438-04-09


Annotatsiya: Ushbu maqolada STEM ta’lim tizimining mohiyati va undan pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining texnik- ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalanishning ilmiy- metodik asoslari yoritilgan. Bunda, STEM ta’lim tizimidan foydalanish ta’limga qo’yilgan zamonaviy talablarga javob bera oladigan yetuk kadrlarni tayyorlashda muhim yondashuv ekanligi asoslab berilgan.
Аннотация: В этой статье описываются научно-методические основы использования системы образования STEM в развитии технических и творческих способностей студентов высших учебных заведений. Использование в системы образования STEM при подготовки современных педагогических кадров, является важным подходом
Abstract: This article contains the scientific and methodological bases for use in the development of technical and creative skills of higher educational institutions of higher educational institutions of higher educational institutions of higher educational institutions of higher educational institutions of the Stem Education System in this article. At the same time, the use of STEM education system was based on the fact that it is an important approach in the training of environmental training in meet the modern requirements.
Kalit so‘zlar: innovatsion, STEM, xalqaro, kreativ, integratsiya,tajriba, ijodkorlik, tadqiqot, fan
Ключевые слова: инновация, STEM, международный, творческий, интеграция, опыт, творчество, исследования, наука
Keywords: innovation, STEM, international, creative, integration, experience, creativity, research, science
Amerika yozuvchisi Uilyam Artur Uord “O‘rtacha o‘qituvchi hikoya qiladi, yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. A’lo darajadagi o‘qituvchi ilhom beradi” deb yozgan edi.
Zamonaviy inson faoliyatining barcha jabhalarida turmushda foydalanilayotgan axborot texnologiyalari kundalik hayotimizning ajralmas qismidir. Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish raqamli modelda ifodalangan har xil turdagi axborotlar bilan ishlash jarayonini tezlashtiradi va soddalashtiradi. Ta’limning ustuvor yo’nalishlaridan biri o’quvchilarning kompyuter savodxonligini shakllantirishdir. Kompyuter savodxonligini shakllantirish fan, texnologiya, tibbiyot, ta’lim va madaniyatga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega1.
Innovatsion taraqqiyotning shiddat bilan o‘zgarishi yaxshi, lekin deyarli har kuni dunyoda yangi yangi ixtirolarning kashf etilishi, yangi yangi sohalarning paydo bo‘lishi zamonaviy o‘qituvchidan juda katta mahoratni talab etadi.
Buning uchun prezidentimiz tomonidan qator qaror va farmonlar chiqarilgan bo’lib, xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni, 2020-yil 31 yanvar kuni ilm-fanni rivojlantirishga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilish bayoni hamda “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorida “Barkomol avlod” bolalar maktablarida “STEM” klublarini tashkil etish vazifasi qo’yilgan. “STEM” klublari to’garaklari o’tkaziladigan fan to’garagining maqsadi sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalarni egallashiga hamda ularning turli sohadagi bilimlarini chuqurlashtirishga, kengaytirishga va kasb tanlashda yordam berishga qaratilgan.
B ugun dunyoda to’rtinchi texnologik inqilob: axborotning tez oqimi, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va ishlanmalar hayotimizning barcha sohalarini o’zgartirmoqda. Jamoatchilik talabi ham, shaxsiy manfaatlar ham o’zgarmoqda. Fan, matematika, texnologiya va muhandislik kabi asosiy akademik sohalar bir vaqtning o’zida rivojlanishi kerak, ularni bir so’z bilan ifodalash mumkin – STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika).

      • Ilk bor bu iborani amerikalik bakterolog Rita Kolvell 1990-yilda fanga kiritishni taklif qilgan. Biroq 2000-yildan boshlab faol ishlatila boshlangan.

STEM – real hayot talablaridan kelib chiqqan holda akademik ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o’qitishdir. Integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko’zlangan maqsad – bu ta’lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o’rtasida barqaror aloqa o’rnatish.
Talabalarning texnik-ijodkorlik va konstruktorlik qobiliyatlarini oshirish uchun STEM ta’lim tizimidan foydalanish yaxshi samara beradi.
STEM ta’lim dasturi o‘quv samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bu tizimda amaliyot, nazariyani miyamiz bilan o‘rganib, o‘rganganimizni qo‘limiz bilan yaratamiz.
Global STEM dasturidagi yangi tendensiya – bu dasturlash va dizayn ko’nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi ta’lim robototexnikasi, STEM to’rt komponentning integratoridir. STEMning maqsadi bolalarga ta’lim robototexnikasi va STEMning1 turli yo’nalishlarini o’zlashtirish, shuningdek, murakkab amaliy vazifalarni hal qilish imkonini beruvchi ochiq va kontseptual asosni ishlab chiqishdan iborat.
STEM- ta’lim innovatsion fikrlash va yangi texnologiyalar integratsiyasiga asoslangan muhandislik va matematika, tabiiy fanlar va texnologiyalarning kombinatsiyasi bo’lib, loyiha va fanlararo yondashuvlarni bog’laydi. STEM-ta’limning afzalliklari: tanqidiy fikrlash, ilmiy va texnik bilimlarni kundalik hayotda qo’llash, faol muloqot va jamoada ishlash, texnik fanlarga qiziqishni oshirish, loyihalarga ijodiy va innovatsion yondashuv, o’qish va martaba uyg’unligi. STEM-ta’limning asosiy maqsadi talabalarning bilim va ixtirochilik yechimlari, tadqiqot xizmatlari va amaliy formatlarda ishlash qobiliyatini namoyish etishdan iborat.
STEM ta’limning afzalligi shundan iboratki, bunda talaba oldingidek devorga osilgan plakatlar yoki videolar bilan emas, balki o‘zining mehnati bilan ham mavzuni tushunishga harakat qiladi. Chunki hozirgi shiddat bilan rivojlangan davrda talabani devorga osilgan plakatlar va videoroliklar yordamida darsga qiziqtirish qiyin.
STEM ta’lim nafaqat o‘qitish usuli balki fikrlash tarzi hamdir. STEM ta’lim muhitida bolalar nafaqat bilimga ega bo‘ladilar, balki undan foydalanishni o‘rganadilar. STEM ta’limi talabada kundalik hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarni ham bemalol o‘zlashtira olishlariga yordam beradi. Sabab STEM ta’limda aynan bitta fan emas 4 ta fan birgalikda o‘zlashtiriladi.
STEM o’qitishning integratsiyalashgan yondashuvidir. Ya’ni bu yondashuv doirasida akademik ilmiy-texnikaviy tushunchalar real hayot kontekstida o’rganiladi. Ushbu yondashuvning maqsadi maktab, jamiyat, ish va dunyo o’rtasida STEM savodxonligi va global iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni rivojlantirishga hissa qo’shadigan mustahkam aloqalarni o’rnatishdan iborat
Ta’limni integratsiyalash orqali fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqalarni o‘rnatish, turli ta’lim dasturlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali ta’lim mazmunining yaxlitligiga erishish va talaba dunyoni bilishi va tasavvur qilishda bir tomonlama emas, balki har tomonlama rivojlanishga erishish.
Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o‘qitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o‘quv rejalarida ushbu fanlarni o‘qitishning vaqt bo‘yicha muvofiqlashtirishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg‘unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi o‘quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
O‘quv fanini o‘rgatishdan maqsad talabani fandagi obyektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda subyektiv yangilikka ega bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. Bu ma’noda integratsiya- fanlarning differentsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o‘quv fanlariga bo‘lib o‘qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi mumkin.
O‘quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o‘quv fanlari bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishning konseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o‘quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o‘zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
O‘quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi subyektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan borat bo‘lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi subyektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat2.
Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni sekin kechib, ba’zida u bir qancha o‘n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O‘quv jarayonida o‘qituvchi bir yoki bir nechta mashg‘ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi subyektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak bo‘ladi.
Ya’ni talabaga bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri, bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, u fanlararo aloqalarni o‘rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan nafaqat tezkorlikni, balki zukkolik va topqirlikni ham talab etadi. O‘qituvchi talabalarning qiziqishidan kelib chiqqan holda, o‘rganilayotgan bilim sohasini hayotiy ko‘nikmalarga baholay bilishi, mantiqiy fikrlashga undashi, talabada nega?, nima uchun?, qanday qilib? – kabi savollarni tug‘dira olishi talab etiladi3.
STEM ta’lim dasturi bizning ta’limga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartiradi. Bunda talaba amaliy qobiliyatga ega bo‘lib, shu bilan bir qatorda talaba irodasini, texnik-ijodkorligini ham oshiradi. Chunki talaba ma’ruza va amaliyotda olgan bilimlarini tasavvur eta olib o‘z qo‘llari bilan yasay olsa, bu talabada o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada oshishiga olib keladi. STEM ta’lim dasturibu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir.
STEM ta’lim talaba g‘oyasini haqiqatga aylantirishiga yordam beradi. Ya’ni agar biz an’anaviy ta’limni asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlarni fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEM ta’lim esa an’anaviy ta’limda olingan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu esa bilim qadrini oshiradi, haqiqatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilim haqiqatdan ham qadrlidir.
STEM yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets texnologiya instituti (MIT)dir. Bu institutning shiori “
Download 163,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish