Mahalliy o‘zbekistonlik investorlar maktab ta’limi sohasiga pul sarflashlari mumkin deb o‘ylayman (infrastruktura obyektlari, ta’limga bog‘liq turli xizmatlar). Hozircha bu moliyaviy mablag‘lar boshqa sohalarda ishlamoqda, biroq davlat-xususiy sektor hamkorligi uchun sharoitlar hozir qilinsa, bu mablag‘lar maktab ta’limi sohasiga o‘tib kela boshlaydi va biz nafaqat maktablar sonining, balki sifatining ham oshishiga guvoh bo‘lamiz. Buning uchun bu bozorga “kirishni” yengillashtirish va undan “chiqish” tushunchasini aniqlash kerak.
Ta’lim sohasiga xususiy kapital ko‘proq keladimi? Mamlakatda demografik o‘sish ortidan xususiy maktablar tarmog‘ini kengaytirishga juda katta zarurat sezilmoqda. Davlat yordami yo‘nalishidagi yangi chora-tadbirlar ko‘p smenali maktablar kabi o‘ta dolzarb muammoni tez orada yechish maqsadida xususiy kapitalni jalb qilish va yangi maktablar ochishga qaratilgan. Shuningdek, maktablar qurish uchun qurilish me’yorlari va qoidalarini liberalizatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish va 1 va 2 etajli yashash binolarida va xususiy uylarda maktablar joylashtirishga imkon yaratish, yer hududiga umumiy talablarni qisqartirish (shahar aholi soni 500 000 dan ko‘p bo‘lganda), mikrorayonlar park hududlari va sport maydonchalarini egallaganda maktabning dam olish va sport hududlaridan voz kechish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Maktab moddiy mulklarini kamida 10 yilga ijaraga berishga/olishga ruxsat berish mumkin (sinf xonalarini, ustaxonalarnijihozlash va hok.) va o‘quv adabiyotlari fondining bo‘lmasligiga ruxsat berish. Yuqorida sanab o‘tilgan choralar maktab qurilishida xarajatlarni jiddiy tarzda optimizatsiya qilishga imkon berishi mumkin.
Inson kapitaliga, xususan ta’limga sarf qilinadigan kapital mamlakat iqtisodi va jamiyat uchun jiddiy foyda keltiradi. Ta’lim sohasiga investitsiya kiritish – ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar bo‘lib qolmay, iqtisodiy investitsiya hisoblanadi.
Shunchaki navbatdagi islohotmi yoki ta’lim sohasini tubdan o‘zgartirishmi? Muvaffaqiyatli amalga oshirisa, kishi boshiga ko‘ra moliyalashtirish 1991 yildan beri joriy qilinib kelinayotgan yangiliklarning eng jiddiysi bo‘ladi. Ta’lim sohasi boshidan kechirgan islohotlarning son-sanoqsizligini hisobga olsak, tanqid qiluvchilarning zaxarxandalarini tushunsa bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida, kishi boshiga ko‘ra moliyaviylashtirish haqiqatan ham maktablarni o‘qitishda usullarni o‘zgartirishga – ko‘proq narsalar taklif qilish, dasturlar tarkibiga qo‘shimcha to‘laqonli vositalar kiritish va har bir o‘quvchi uchun raqobat olib borishga majbur qilishga qodir bo‘ladi deb faraz qilsa bo‘ladi.
Islohot ta’lim sohasiga xususiy kapital kelishini jadallashtirib yuboradi va tez orada o‘rta sinf bolalari borib o‘qishining imkoni bo‘lgan yuzlab yangi xususiy maktablar qurilishiga olib keladi deb bo‘lmaydi. Biroq ta’lim uchun to‘lovning bir qismining davlat tomonidan to‘lanishi tufayli amalda faoliyat ko‘rsatib turgan xususiy maktablarda o‘zbekistonliklar farzandlari borib o‘qishlariga shubhasiz imkon paydo bo‘ladi.