Kishi boshiga ko‘ra moliyalashtirishda usuli. Unga qanday xarajatlar kiradi?
Hisoblash usuli xarajatlarning doimiy turlarini o‘z ichiga oladi — ish haqi, pedagogik xodimlarni rag‘batlantirish jamg‘armasi va o‘zgaruvchar xarajatlar — o‘quv xarajatlari, joriy ta’mir, binoni funksional holatiga ketadigan xarajatlar, kommunal xizmatlar, internet xizmatlari, kapital xarajatlar.
O‘rta ta’limda kishi boshiga ko‘ra moliyalashtirish mahalliy budjet hisobidan respublika budjetidan maqsadli moliya o‘tkazishlar ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bu barcha mintaqalarda ta’lim xarajatlarini barobarlashtirish maqsadidaqilinadi.
Har bir o‘quvchiga ajratiladigan mablag‘ni qanday nazorat qilish lozim?
Mablag‘larni o‘zlashtirishni hisobga olish va nazorat qilish joriy budjet qonunchiligi asosida amalga oshirilishi mumkin: budjetning bajarilishi va uning kassa xizmatining amalga oshirilishi, buxgalterlik hisobini olib borish qoidalari va hok. Maktablarni kishi boshiga ko‘ra moliyalashtirish tizimini joriy qilish o‘rta ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan barcha talablarning o‘z kuchida qolishini nazarda tutadi.
Maktab budjetini tuzish, maktab xodimlariga rag‘batlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lgan to‘lovlarni belgilash, homiylik yordamini jalb qilish va uni taqsimlash masalalari vasiylik kengashiga yuklatilishi mumkin. Tajriba maktablarida vasiylik kengashlarini tashkil qilish haqidagi qarorlar tuman/viloyat maqomidagi shaharlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinsa yaxshi bo‘ladi, va bunday kengashlar tarkibiga hokimiyat vakillari, maktab rahbari, biznes vakillari (homiylar), ish beruvchilar tashkilotlari vakillari, maktabni bitirganlar, ota-onalar jamoatchiligi va boshqa tashkilotlar vakillari kiritilishi lozim.
Maktablar uchun kishi boshiga ko‘ra molliyalashtirish mablag‘lar hajmi qanday farqlanadi?
Kishi boshiga belgilanadigan moliyalashtirishning me’yorlari/normalari ta’lim pog‘onasiga (boshlang‘ich, asosiy o‘rta, umumiy o‘rta ta’lim), amalga oshiriladigan ta’lim dasturlari turlari (umumiy o‘rta, maxsus ta’lim) va amalga oshirilish o‘rniga (shahar, qishloq joylari) bog‘liq ravishda hisoblanishi kerak. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun qo‘shimcha koeffitsiyentlar joriy qilish lozim, ya’ni qo‘yilgan tashxis va nogironlik borligiga qarab normativni ikki yoki uch barobar oshiruvchi koeffitsiyentlar joriy qilish lozim.
Shuningdek, kishi boshiga belgilanadigan normativning o‘rtacha hajmi mulkchilik shakliga ko‘ra ham farq qilinishi mumkin:
- davlat maktablari uchun,
- xo‘jalik yuritish huquqi mavjud davlat korxonasi tashkiliy-huquqiy shakli va mavjud xususiy maktablar;
- yangi ochiladigan xususiy maktablar uchun. Bu yerda kishi boshiga belgilangan normativ haqdan tashqari ota-onalardan to‘lov olish ruxsat berilishi mumkin.
Kishi boshiga molilyaashtirish xususiy maktablar ishiga ta’sir o‘tkazadimi?
Bugungi kunda mamlakatda davlat maktablarida joy yetishmovchiligi holati mavjud, shuning uchun davlat mamlakatdagi barcha xususiy maktablarda kishi boshiga moliyalashtirish tamoyilini joriy qilish masalasini qo‘rib chiqishi lozim.
Xususiy ta’lim olish imkoniyati tug‘ilsa, ota-onalarda farzandlari bir sinfda 30-40 o‘quvchisi bo‘lgan davlat maktablarida yoki bir sinfda 20 bola o‘qiydigan xususiy maktabda o‘qitish orasida tanlov imkoniyati paydo bo‘ladi. Bir kun kelib davlat ta’lim muassasalari mustaqil sektorning ishlab chiqarish boshqaruviga o‘tishi ehtimoldan uzoq emas deb o‘ylaman.
Bugungi kunda, bu maktablarda ta’lim olish ovqat, qo‘shimcha darslar va “to‘la o‘qish kuni” maktabda bo‘lish rejimida o‘qitish narxi yiliga kamida 16-25 milion so‘mga tushmoqda. Davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘, ta’lim olish uchun barcha xarajatlarni qoplamasada, xususan bolalari kun bo‘yi maktabda bo‘ladigan ota-onalar uchun moliyaviy yukni yengillashtiradi. Xususiy maktablar iqtidorli o‘quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv-ilmiy markaz andozasi kabi maxsus budjet sinflari ochishlari mumkin. Bunday hollarda davlat tomondan amalga oshiriladigan moliyalashtirish farzandlari ilm-fan yoki tillarni chuqur o‘rganishni xohlaydigan, biroq o‘zlarida buning uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmagan ota-onalar uchun jiddiy yordam bo‘lur edi.
Shu bilan birga, ota-onalar farzandlari uchun xususiy ta’limni turli sabablarga ko‘ra tanlashadi: bilimlar sifati, bitta hududning o‘zida turli-tuman xizmatlar majmui mavjudligi, bolaning maktabda kuni bilan qolishi, shuningdek o‘quvchilar tarkibi hamdir. Bunga qo‘shimcha ravishda, to‘lovli kuni uzaytirilgan guruh taklif qilish bilan birga, kuni bilan o‘qitadigan xususiy maktab davlat maktabiga muqobil variant bo‘lib, turli seksiyalar/to‘garaklar ham taklif qiladi.
Men ta’limni kishi boshiga moliyalashtirishda xarajatlarning bir qismini davlat o‘z zimmasiga olishining tarafdoriman. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabda o‘qitishga qurblari yetgan holda ham, bolalarning davlat budjetidan keladigan pullarga haq-huquqlari bor. Bir oilada maktab yoshidagi bir necha bola bo‘lsa, davlat subsidiyalari oilaviy budjetga yordam beradi. Ta’kidlash lozimki, ota-onalar o‘z xohishlari bilan tanlab, pulini to‘lab turgan o‘qitish metodikasiga xalaqit bermaslik maqsadida davlatning xususiy ta’limga aralashuvi minimal darajada bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |