Ta’lim Texnologiyasining mohiyati
Kirish
Ta’lim texnolohiyalari tushunchasining rivojlanish tarixi.
Ta’lim texnologiyalari fanining vujudga kelish omillari.
Ta’lim texnologiya tushunchasining san’at sohasida qo’llanilishi.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Ta’lim texnolohiyalari tushunchasining rivojlanish tarixi.
Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z
texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va
yunoncha ikki so‘zdan - "texnos" (Techne) - san’at, hunar va "logos"
(1ogos) - fan so‘zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi.
Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to ‘liq tavsiflab
berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va
sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan
ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
“Texnologiya” atamasi pedagogika fani tomonidan ishlab chiqarish
sohasidan o ‘zlashtirilganki, bunda “yuqori asosli psixologiya - pedagogik
muhandisligi maydoniga o ‘zgaradi” (A.M. Kushnir, 2004-y.).
Texnologiya mohiyati va vazifasi bo‘yicha insonshunosiylik, ham
ishlab chiqarish, ham ijtimoiy bor narsalarni mavjud bo‘lishidek qabul
qilish kerak” (A.M. Kushnir, 2004-y.).
Ta’lim texnologiyasi1 - keng sohadir. Shuning uchun, ayrimlari
munozarali bo‘lgan aniqlashlarni topishlari mumkin. Ta’lim texnologiyasi
o‘rganish, o ‘qitish va ijtimoiy tashkil qilining asoslarini o ‘rganuvchi yoki
loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi sifatida olinishi
mumkin.
Ta'lim texnologiyasi kontseptsiya sifatida 1941 yilda paydo bo'ldi ta’lim tadqiqotlari ensklopediyasi, shuning uchun XX asrning o'rtalarida Shimoliy Amerikada u pedagogik intizom sifatida paydo bo'ldi. Ijtimoiy aloqa vositalarining paydo bo'lishi va Ikkinchi Jahon urushi ta'lim texnologiyalari rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatgan tarixiy voqealar edi.
Shu vaqtdan boshlab ushbu sohadagi tadqiqot va rivojlantirish loyihalari etakchi rol o'ynagan o'quv ilmiy-tadqiqot institutlari yaratildi. Shu bilan birga, oltmishinchi yillarga kelib, ommaviy axborot vositalari va sinf ichidagi aloqa jarayonlari o'rganila boshlaydi.
Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) - ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi.
Ta’lim texnologiyasi - ta’lim maqsadiga erishish
jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan
ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma- bosqich amalga
oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va
vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli
foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon-bu mehnat
qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma - bosqich
ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-
mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish
mumkin, ya’ni: PT - bu o ‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir
ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan
shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.
Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termini va uning “o‘qitish
texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari
pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualliflar ta’lim-
texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur
etishlariga qarab ko‘plab ifodalarga ega bo‘ldi.
Ta’lim texnologiyalari
Texnologiya ichidagi ta’lim
Ta’limga tegishli texnologiya
Barcha yo’nalishdagi mediya usullari
Barcha yo’nalishdagi metod va strategiyalar
Mediya texnologiyaning qismlari va dasturiy ta’minoti
Ta’lim nazariyasi, psixologiya,filosofiya, sotsiologiya va kommunikativ jarayonlar
MUROJAT SISTEMASI
O’qish-o’rganish jarayonini boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |