Ta’lim texnologiyasining dolzarbligi


I BOB.WTA'LIM TIZIMIDA AXBORAT TEXNALOGIYALARNING O'RNI



Download 155,46 Kb.
bet2/8
Sana29.06.2022
Hajmi155,46 Kb.
#717489
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word

I BOB.WTA'LIM TIZIMIDA AXBORAT TEXNALOGIYALARNING O'RNI
1.1.Ta'lim tizimida axborat texnalogiyalarning o'rni

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:


1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va «Butun jahon tarmog‘i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar — saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
«Texnologiya» so'ziga to'xtaladigan bo'lsak :
«Texnologiya» so‘zi 1872 yilda fanga kirib kelgan. U so‘z grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig‘indisidan foydalaniladigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiriladi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut mahsulotlari olish mumkin. Agar boshlang‘ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so‘zini qo‘shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Endi esa uning qisqacha ta'rifi bilan tanishib chiqamiz :
Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya – bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligli texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishidan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish,qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilish kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o‘quvchi boshlang‘ich axborotni qayta ishlash uchun o‘zining bilimini qo‘llaydi. Masalaning yechimi bo‘lgan yangi axborot mahsuloti, o‘quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog‘liq.
«Axborot texnologiyalari» fani matematika, fizika, va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qollanishiga urg‘u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va kommunikasion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ichki omillar – bu algoritmlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallrni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining – mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a) da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ingizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og‘izaki)
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq.
Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng aarzon (hech bo‘lmaganda arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olamiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1-va 2-bandda ko‘rsatilgan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga «Informatika va hisoblash texnika asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.
Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy yextiyojlarning kondirilishiga, iqtisodning usishi hamda fan-texnika tarakkiyotining jadallashishiga xizmat kiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jaraenini 5 asosiy yunalishga ajratish mumkin:
Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jaraeni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadkikotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
Tashkiliy- iktisodiy boshkarishni avtomatlashtirish.
Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
Talim va kadrlar tayerlash jaraenini axborotlashtirish.

Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni uzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir.Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigish, saqlash, kayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:


Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o'stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o'quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
·muayyan pedmetlarni ukitishda kompyuter darslari;
·kompyuter darslari—kurgazmali material sifatida;
·talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
·talabalarning ukishdan bush vaktlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal yetishda va x.k.
Mexnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va farafonlik darajasini ko’tarish. katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina yerishish mumkin.
Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari etarli bo’lmasa, butun halq xo’jaligida samaradorligini o’sishi anchagina kamayib ro’y berishi mumkin.
Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan..
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.



Download 155,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish