To‘rtinchi bosqich: MKM - o‘qitish dasturlarini tuzish.
Modulli - o‘qitish dasturlari jadval ko‘rinishi tuziladi. Ularni tuzish uchun asos bo‘lib, «Modulli blok – o‘rgatuvchi modul» ma’lumot jadvali xizmat qiladi. Ushbu dastur mazkur ixtisoslik doirasida bajariladigan barcha modulli bloklarni va ularga tegishli o‘rgatuvchi modullarni o‘z ichiga oladi (4.7-jadval). Ushbu modulli o‘qitish dasturining afzalliklari - o‘zgaruvchanlik va moslanuvchanlik bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga egadir.
Modulli o‘qitish dasturini amalga oshirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
O‘qitish individual modulli dastur, mustaqil, qadamba-qadam o‘zlashtirish shaklida amalga oshirilganda. Bunda har bir talaba o‘rgatuvchi modul bilan ta’minlanadi, nazariy bilim va amaliy malakalarga ega bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Bilimlar va malakalar shakllanishini qadamba-qadam nazorat qilish. O‘rgatuvchi modullar har bir egallangan malaka uchun alohida tuziladi va shuning uchun bilim va malakalarni shakllanganligi har bir malaka bo‘yicha uzluksiz nazorat asosida amalga oshiriladi, bunda nazorat topshiriqlari, savollar va testlardan foydalaniladi.
O‘rgatuvchi modullar asosida o‘qitishda, pedagogning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: muvofiqlashtiruvchi, maslahatchi, nazoratchi.
Modulli o‘qitish dasturlar, o‘quvchining individual ehtiyojlariga osonlik bilan moslashadi va erkin vaqt omiliga ega bo‘ladi, chunki bu erda individuallashtirilgan o‘qitish jarayoni ustunlik qiladi. Modulli o‘qitish dasturini o‘zlashtirish uchun zaruriy vaqt talabaning tabiiy qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tizimli faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasi o‘quv materialini individual va mustaqil o‘zlashtirishga to‘la imkoniyat yaratilishi tufayli ixtisoslikka samarali o‘rgatishni ta’minlaydi. Nazorat savollari
Modul ta’rifini bering. Modulli o‘qitishning konseptual asoslarini aytib bering.