Talabalar xatti-harakati orqali o‘qitish – pedagogik texnologiyalar falsafasining negizidir.
Pedagogik texnologiyada o‘quv maqsadlarni qo‘yish usuli, bu o‘quv maqsadlarining talaba xatti-harakatlari bilan ifodalangan o‘quv natijalari orqali shakllantirishdan iboratdir.
Bunda pedagog yoki boshqa ekspert talaba xatti-harakatini aniq ko‘rishi yoki o‘lchashi mumkin. Talabalar xatti-harakatlari orqali ifodalangan rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish uchun, o‘quv maqsadlari shundan aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan aniqlash mumkin bo‘lsin.
Ba’zan ularni identifikatsion o‘quv maqsadlari deb ham ataydilar. Maqsadni to‘la identifikatsiya qilish g‘oyasi asosida, talabalar faoliyatini an’anaviy umumiy qilib emas, balki aniq kuzatiladigan, o‘lchamli qilib ifodalash nazarda tutiladi.
O‘quv maqsadi tushunarli, aniq, identifikatsiyaga moyil bo‘lishi kerak.
Identifikatsiyalangan o‘quv maqsadini ifodalashda ishlatiladigan fe’llar, o‘rgatilgan talaba xatti-harakatini aks ettirishni kerak: - belgilamoq, guruhlamoq, tuzmoq, ajratmoq, hisoblamoq, isbotlamoq, soddalashtirmoq, qismlarga ajratmoq, taqqoslamoq, tizimga solmoq va boshqalar.
Bunda o‘quv maqsadlarni to‘la tashxislash o‘qitishda esa qayta takrorlanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Qayta takrorlanish - bu pedagogik texnologiyaning asosiy majburiy talablaridan biridir.
Maqsadni identifikatsiyalash g‘oyasi o‘quv faoliyatini aniq, kuzatiladigan o‘lchanadigan xatti-harajatlar atamalari orqali izohlashni talab qiladi. Bunday texnologiya va bunday yondashish Amerikada eng rivojlangan psixologiyaning yo‘nalishi – bixeviorizm (Behavior- xulq) ta’sirida rivojlandi. Psixologiyaning bu yo‘nalishi psixikani (ruhiyatni) faqat uning tashqi ko‘rinishlari (harakat va nutq), ya’ni kuzatiladigan xatti-harakatlari asosida o‘rganadi. Aniq maqsadlarni shakllantirish uchun har bir bilim sohasi (tabiiy fanlar, matematika va boshqalar) bo‘yichai alohida fe’llar ro‘yxatini tuzish lozim.
Maqsadlarni aniqlashtirishda, ularni ifodalashda xatti-harakatni va uning natijasini belgilaydigan fe’llarni qo‘llash lozim.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, identifikatsion maqsad, kutilajak natijani mutlaqo, to‘liq tavsifini bermaydi, ammo mazkur vositalar yordamida erishilish mumkin bo‘lgan maksimal natijani belgilaydi. O‘qitish natijalarini qanday qilib xatti-harakatlar tiliga aylantirish mumkin? Bunga quyidagicha erishish mumkin:
O‘quv fani bo‘yicha toifalarga va ketma-ket darajalarga bo‘lingan o‘quv maqsadlari tizimini yaratish. O‘quv maqsadlarining bunday tizimlari pedagogik taksonomiya nomini olgan (yunoncha taxis – tartib bilan joylashtirmoq, nomos - qonun).
Pedagog noaniq, umumiy ta’riflarni almashtirishi uchun, o‘quv maqsadlarini izohlashning aniq ravshan tilini yaratish.
Bugungi kunda eng rivojlangan taksonomiyalardan biri amerikalik pedagog olim B.Blumning tizimi hisoblanadi. B.Blumning taksonomiyasi o‘quv maqsadlarining aniqlashtiribgina qo‘ymay, balki ularni tartibga ham soladi. O‘quv maqsadlarini aniq toifalash pedagogga o‘z harakatini bosh maqsadga yo‘naltirishga va o‘quv materialini aniq tushuntirishga imkon yaratadi. B.Blum bo‘yicha o‘quv maqsadlarining asosiy toifalari: bilish, tushunish, qo‘llash, analiz (tahlil), sintez va baholash (2.1-jadval).
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |