KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta`lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to`grisida” gi Farmoni hamda, kadrlar tayoyrlash milliy dasturida belgilangan. Oliy ta `lim muassasalarida raqobatbardosh etuk mutahassislar tayorlab ularni rivojlangan demokratik horijiy mamlakatlar ta`limidagi ijobiy tajribalarga asoslanib yangi innavasion pedogagik tehnalogiyalar yaratib, talabalarga nazariy va amaliy bilim berish hozirgi kunga kelib dolzarb masalalardan biri bo`lib qoldi. O`zbekistonning kelajagi, uning istiqboli yoshlarga bilim berish bilan bir qatorda ularning tarbiyasiga, sog`lom qilib o`stirishga, milliy mafkura va o`z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog`liq bo`lib, bu murakkab jarayonni muvoffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridandir. Shuning uchun ham, « Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog`lik faol munosabatda bo`lishiga, har qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog`liq ekanligani hamisha yodda tutishimiz kerak » deb ta`kidlagani bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda bo`lajak mutahassislarning ta`lim tarbiyasi mustaqil O`zbekistonning davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada “Umumiy va anorganik kimyo” fani biz yashayotgan jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib borayotganligini aytib o`tish joizdir. Kimyo fani yutuqlaridan foydalanmasdan turib hozirgi zamon sanoatini va qalq ho`jaligini taraqqiy etishini, ekologik atrof muhitni himoya qilish muammolarini hal qilishni tasavvur qilish qiyin. Kimyo fanining sanoatni turli yo`nalishlarida – arhitektura va qurilish, to`qimachilik, neft va gaz, yo`gochsozlik, mashinasozlik va jihozlash tehnologiyasi, metallurgiya va rangli metallar tehnologiyasi, qishloq ho`jaligi uchun organik va mineral o`g`itlar ishlab chiqarish tehnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari tehnologiyasi, oqava suvlarni tozalash va atrof muhitni ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati katta o`rin tutadi. Shu munosabat bilan Oliy ta`lim muassasala-rida kimyo fanini ishlab chiqarishning zamonaviy yutuqlariga, uni o`rganish metodologiyasi asosida hamda il`gor ahborot tehnologiyalariga asoslanib bilim berishni amalga oshirish ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘quv – uslubiy majmua hozirgi zamon talablari asosida yaratilgan Oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlari va mutaxasisliklari bo‘yicha takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari jahon andozalariga javob bera oladigan da mavzular uzviylik va uzluksiz nuqtai – nazardan mantiqiy ketma-ketlikdan saqlagan holda respublika kimyo-texnologiya oliy o‘quv yurtlari uchun “Umumiy va anorganik kimyo”fani bo‘yicha tuzilgandir.