Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi


Mavzu: 8 Asarda ijtimoiy mu­hit tahlili



Download 181,98 Kb.
bet14/26
Sana31.12.2021
Hajmi181,98 Kb.
#255938
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
badiiy

Mavzu: 8

Asarda ijtimoiy mu­hit tahlili

Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi maʼlum. Oʻsmir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan oʻzaro taʼsir doirasida boʻladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta oʻrin tutadi.

Ijtimoiy muhitning bola ruhiyatiga taʼsiri masalasi X. Toʻxtaboyevning “Mungli koʻzlar” romanida yaqqol namoyon boʻladi. Bu asar qahramonlari adibning barcha qahramonlaridan tubdan farq qiladi. Sababi, adib yaratgan bolalar obrazlarining koʻpchiligi goʻlroq, koʻpincha yo ochlikdan qiynalgan, yo maktab direktori va oʻqituvchilaridan dakki eshitib yuruvchi, sodda qishloq bolalari edi. Ammo “Mungli koʻzlar”dagi bolalar hech qanday muhtojlik bilmagan, erka va arzanda bolalar, roman qahramonlari katta shaharda, dangʻillama koshonada yashaydilar. Ular boy ota-onalarining erkalari. Bu uyda hamma narsa muhayyo, ota-onaning qoʻli uzun, maktab direktoridan tortib, barcha tanish-bilishlarigacha ularga qulluq qiladi. Bolalar tabiatiga ham bu holat taʼsir etmay qolmagan. Bolalar ruhiyatida kibr boʻy koʻrsatib borardi: “…Ochigʻini aytsam, Ilhom, Manzura singari aʼlochilarni, aʼlochiligi, hurmati mendan baland boʻlgani uchun koʻnglim uncha xushlamaydi. Ichi qoralikdanmi, hasaddanmi, ishqilib, yoqtirmayman-da. Lekin ulardan ustun kelishning, hurmat qozonishning boshqacha yoʻllarini ham bilardim. Biz boy, juda ham badavlat yashardik… Tugʻilgan kunlarni nishonlaganimizda… shoʻring qurgʻur aʼlochilarning taʼzirini berib qoʻyaman. Biri kitob, boshqasi bir soʻm yigirma tiyinlik sassiq atir koʻtarib boradi. Men boʻlsam sovgʻaning eng kattasini qilaman. Hammasining koʻzi oʻynab ketadi…”. Psixologlarning aytishicha, dastlab bolaning ongi toza oq qogʻoz singari boʻladi va unga qanday chiziq tortsangiz oʻsha chiziqlar saqlanib qoladi. Shuning uchun ham bola tarbiyasi haqida Sharqda bejiz oila birlamchi, deb koʻrsatilmagan. Qizigʻi shundaki, hamma narsa muhayyo boʻlgan bu oilada nimadir yetishmasdi. Sababi bu xonadonda oʻyin-kulgi, hazil-huzul, erkinlik, tabiiyligu samimiylik tanqis. Kattalar oʻz olamida yashaydi. Zafar, uning ukalari ota-onaga erkalanishni, ular bilan samimiy munosabatda boʻlishni istaydilar. Lekin boyvachcha ota, boyvuchcha ona bola oldidagi burchini yedirib-ichirishda, kiyintirishda deb anglaydilar.

“Mungli koʻzlar”da Xudoyberdi Toʻxtaboyev bir koshona sirini fosh qiladi. Zafarlar oilasi birdan tanazzulga uchraydi: ota pora bilan qoʻlga tushadi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari fosh boʻla boshlaydi. Roʻy bergan falokat erka farzandlarni hang-mang qilib qoʻydi. Akbar xonasiga qamalib, indamas boʻlib qoldi, Zafar dam xolasi, dam pochchasi bilan hali u mahkamaga, hali bu idoraga tanda qoʻydi. Zufar oʻzi bilan oʻzi boʻlib qoldi. Nigora eʼtiborsiz qolib ketdi. Fojea chuqurlashdi: ona qamoqxonada vafot etdi. Bolalar goʻyo osmondan yerga quladilar: qon qaqshab, yetim boʻlib qoldilar.

Bularning barchasi bolalar ruhiga taʼsir etmasdan qolmadi. Dastlab, fojealar boshlanmasdan oldin oilada ikki xil muhitdan nafas olgan bolalar borligiga ishora qilinadi. Bular: Zafar va akasi Akbar, Zafar boy ota-ona bilan faxrlanib yuruvchi takabburroq bola. Akbar esa, oʻzi nogiron, ammo qalbi butun bola edi. Buning sababi u ustozi Ataullo Isayevichdan juda koʻp narsani – oʻz oilasidan topa olmagan xotirjamlikni oʻrganar edi. Ataullo muallim taʼsirida bu bola mehnat qilish baxti, samimiylik, erkinlik kabi tuygʻularni his etib yashaydi. Muhitlar xilma-xilligi bolalar oʻrtasiga ziddiyat soladi.

Bolalar bir ota-onaning farzandi boʻlsa-da, ikki dunyoqarash, ikki xil tushunchalar asosida tarbiya topadi. Ularning qarashlarida oʻzini haq deb hisoblashlari koʻrinib turibdi. Aka ham, uka ham oʻzicha ota-onasini yaxshi koʻradi. Lekin bu muhabbat orasida farqni keltirib chiqargan muhit ularning tez-tez ziddiyatli bahslashuviga olib keladi. Zafar – boy ota-ona muhitida ulgʻaydi, ularning tarbiyasini oldi va dunyoning mazmuni boylikda, degan tushuncha miyasiga singib bora boshladi. U ota-onasini sevadi, ammo, ota-onasini qanday boʻlsa shundayligicha, poraxoʻrmi, chayqovchimi, bundan qatʼiy nazar ularni haq deb biladi va ayni shu masalada akasi bilan kelisha olmaydi. Akaning fikrlari unda gʻazab uygʻotadi. Akani oqibatsiz, ota-ona qadrini bilmaydigan, yoki kitob oʻqiyverib “sal gʻalatiroq” boʻlib qolgan, deb hisoblaydi. Aka oʻzicha haq. U ustozi, oʻqigan koʻplab kitoblari taʼsirida dunyoni boshqacha anglaydi. U ham ota-onasini yaxshi koʻradi. Ammo bolaga ota-onasi notoʻgʻri ish qilayotgani va buning oqibati yomon boʻlishi mumkinligi tinchlik bermaydi. Akbar ajoyib rassom, uning ijodkor va nozik qalbi haqiqat torlarini doimo chertib turadi. U hammasi boshqacha boʻlishini istaydi. Otasining pora olib gunohga botishi, onasi noqonuniy savdo bilan shugʻullanib, jinoyatga qoʻl urishi uni qoʻrqitadi. Bir kun kelib bu ishlarning oqibati u kutgan fojealarni boshlab kelishidan qoʻrqib yashaydi. Oqibatda, oʻzi ham anglamagan holda, yaʼni ota-onasini xavfdan ogohlantirish maqsadida ularning ustidan yuqoriga yozib yuboradi. U bularning oqibati dahshat va fojea bilan yakun topishini oʻylab koʻrmagan edi. U shunchaki, oʻz haqiqatini anglatmoqchi, ota-onasini kelishi mumkin boʻlgan xavfdan ogoh qilmoqchi edi. Ammo fojea shiddat bilan yuz berdi. Otani uzoq yil qamoqqa, onani boqiy dunyoga ketishiga sabab boʻlgan ishlar farzandlarni dovdiratib qoʻydi. Ayniqsa, bu zarba Akbarga hammadan yomonroq taʼsir qildi. U shunchaki, muhitni oʻzgartirmoqchi edi. Ha, muhit butunlay oʻzgardi. Ular otadan, onadan, oilaviy doʻstlardan, molu-dunyolaridan, huzur-halovatlaridan, boringki, boy ota-ona nimalarni ularga bergan boʻlsa, hammasidan ayrilishdi. Endi ular butunlay yolgʻiz va kimsasiz qolishdi. Bu ziddiyatni oʻsmir ruhi koʻtarolmaydi. Uning ruhiyatida sinish yuz beradi, natijada bola oʻzini yoqib yuboradi. Bola psixologik tragizmi shu shaklda yuz beradi.

Zafar psixologiyasi biroz boshqacha talqin etiladi. Toʻgʻri, unga ham yuz bergan hodisalar taʼsir etmay qolmaydi. Ammo bu bolaning ruhiyatida dinamik oʻzgarishlar hosil boʻladi. Bu oʻzgarishlar ruhiy sinish va oʻzga odamlar bilan muloqotda boʻlgani natijasida yuzaga keladi.

Birinchi. Zafar Ataullo muallim uyiga kirib boradi va u yerda oʻziga tengdosh bolalarning turli hunar bilan mashgʻul boʻlib oʻtirganlarini koʻradi. Ular chizgan goʻzal suratlar, oʻz qoʻllari bilan yogʻochdan yasagan chiroyli, oppoq kaptarlar bolaning qalbida havas, orzu, zavq uygʻotadiki, u bunday tuygʻularni boy ota-onasi tayyorlab bergan sharoitda sira his qilmagan edi. Bu yerdagi erkin va samimiy muhit bolani oʻziga torta boshlaydi. Natijada psixik oʻzgarishning birinchi belgilari namoyon boʻldi.

Ikkinchi. Uning boshiga ketma-ket fojealar yogʻildi. Hamma narsasidan ajraldi. Ota-onasi, akasi, ukasidan ajraldi, singlisi pes kasaliga yoʻliqdi. Boyliklaridan, dangʻillama uylaridan asar ham qolmadi. Ota-onasining boy, nomdor doʻstlari vafo qilmadi. Hech kimdan najot qolmadi. Bola butunlay yolgʻiz qoldi va buning natijasida uning dunyoqarashi butunlay oʻzgardi. U endi kibrni emas, xoru zorlikni his etib yashay boshlaydi. Uning ham ruhida tushkunlik boshlandi. Yashashni istamas edi.

Uchinchi. Zafar bilan singlisini qishloqda yashaydigan ammasi olib ketdi. Bu yerda bola haqiqatdan shu kungacha anglamagan, his qilmagan narsalarni tuya boshladi. Ammasi, oʻgʻillari sodda qishloq odamlari edi. Bu yerda ular hayot gashtini mehnat va hayotga muhabbat bilan surardilar. Ammaning oʻgʻillari oʻz yumushlarini oʻyin-kulgi, hazil-huzil bilan bajarishadi. Zafar ularga havas bilan qaraydi va asta-sekin oʻzi ham mehnat qilish gashtini seza boshlaydi. Bu sezgi unda yana qaytadan hayotga muhabbat uygʻotadi. Yaʼni, soʻliy boshlgan nihol suv ichib qaytadan koʻkargan kabi.

Toʻrtinchi. Zafar bolalar kaloniyasida. Toʻgʻri, uning aybi yoʻq edi. Anglashilmovchilik oqibatida uni qamoqqa oladilar. Qamoqda unga hunar oʻrgatishadi, oʻqitishadi. Bu yerda turli taqdirlar, fojealar egalari boʻlgan bolalar bor edi. Zafar bu bolalar, ularning taqdirlari bilan tanishar ekan, hayot haqida yanada aniqroq xulosalar chiqara boshlaydi. Xulosalari, fikrlari bir toʻxtamga kelgan sari akasi Akbar koʻz oʻngida gavdalanaveradi. Akbar nogiron vujudi, butun qalbi bilan hayotlarining goʻzal boʻlishini istagan, ota-onasini qilgan ayblari uchun jazolashlaridan, ulardan ajrab qolishdan qoʻrqib yashagan edi. Endi Zafar butunlay boshqa olam. U roman boshidagi Zafardan tubdan farq qiladi. Kibr, dunyoni boylik bilan anglash unga butunlay begona, u olamni insoniylik, mehr-shafqat, boshqalarni tushunish, yaxshilik qilish, hamma narsaga oʻz mehnati bilan, vaqti kelsa qiyinchilik bilan erishish bilan anglaydi.

Xullas, bola psixologizmi shu shaklda dinamik oʻzgarib boradi.

Bunday ijtimoiy muhitda ulgʻayayotgan bolalar albatta ruhiy ziddiyatlar girdobida qolishi tabiiy. X. Toʻxtaboyev bu romani bilan bola ruhini parvarishlab, goʻzal ishlov berish ham, uni tanazzulga boshlab borish ham ijtimoiy muhitdan ekanligiga ishora qiladi.

Bola ruhiyatini ochishda ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy muhitda bola ruhiyati shakllanadi, rivojlanadi va qanday ekanligini namoyon etadi. Ijtimoiy muhit, jamiyat ahvoli shaxsning ham ahvolini belgilab berish jarajasida katta kuchga ega.

Mazkur maqolada X. Toʻxtaboyev “Mungli koʻzlar” asari misolida ikki xil ijtimoiy muhit taʼsirida bola ruhiyatining ifodasini koʻrib oʻtdik.

“Mungli koʻzlar” romanida ijtimoiy muhit bolalar ruhiyatiga katta taʼsir etadi. Toʻkin-sochin oila farzandi ekanligi asar boshida bolaning boshqacha ruhiyatini ifodalasa, asardagi fojealar davomida bolalar ruhiyatida oʻzgarishlar dinamikasini yuzaga keltirdi. Ushbu dinamika turli ijtimoiy muhitda turli ruhiy kechinmalarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi.




Download 181,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish