Ta’lim strategiyasi
Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi talabalarga mavzuga doir muhim ma`lumotlarni yetkazib beradi. Bundan tashqari muammolarni o‘rtaga tashlaydi va talaba bilan birgalikda muammoni hal etiladi. Bunda talaba muammoni yechishda ahamiyatli bo‘lgan elementlarni aniqlashni o‘rganadi va qatnashuvchilik yondashuvi qo‘llanilib, muammoli mashg‘ulotdlarda talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot ahamiyatli hisoblanadi. O‘qituvchi ma`lumotlar bazasini yaratishga doir misol ko‘rsatadi va talabalar o‘zlariga ajratilgan topshiriqni o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilagn ma`lumotlar asosida bajaradilar. Har bir talabaga individual topshiriq beriladi.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘qituvchi o‘tgan mavzuni mustahkamash maqsadida talabalarga kamida to‘rtta savol beradi. Yoritilmay qolgan savollarga o‘qituvchi tomonidan to‘liq ma`lumot beriladi va yangi mavzu o‘tilgan mavzularni davomi ekanligini izohlab yangi mavzuni boshlaydi. Yangi mavzu tahlillar, aniq misollar, tajriba va yuqori darajali bilim asosida tushuntiriladi. Dars oxirida yangi mavzuni mustahkamlash uchun kamida uchta savol va topshiriqlar beriladi.
Talabada quyidagi hujjatlarni olish imkoni bo‘ladi:
o‘quv uslubiy qo‘llanma;
har bir mavzuga doir prezentatsiya slaydlari;
har bir dars yuzasidan muammolar;
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.
mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish quyidagi ko‘rinishga ega:
maqsadlar;
masalaning qo‘yilishi;
masalani yechish;
tushuntirish;.
izoh.
Talabalarni baholash
O‘qishni baholash talabalarning butun kurs davomidagi ishtiroki, shuningdek, nazariy va labaratoriya bo‘yicha yakuniy yozma ish natijasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Baholash quyidagicha taqsimlanadi:
ma`ruza mashg‘ulotlari – 20%;
amaliy mashg‘ulotlar – 15%
Nazariya bo‘yicha baholash:
Kurs davomida bitta oraliq nazorat, ikkita mustaqil ta`lim va mashg‘ulotga aktiv qatnashish bo‘yicha baholanadi. Oraliq nazoratda uchta savol beriladi va talabalar yozma javob beradilar. Mustaqil topshiriqlar individual beriladi va topshirish muddati qo‘yiladi. Mashg‘ulotga aktiv qatnashishda esa dars davomida o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, mavzuga to‘g‘ri yondashish kabi onilla orqali baholanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarini baholash:
Jami o‘n beshta laboratoriya ishi belgilargan bo‘lib, har bir laboratoriya uchun bir ball ajratilgan. Ajratilgan ikki ball quyidagi jadvalda taqsimlangan.
Ajratilgan ballarni taqsimlash
№
|
Mashg`ulot turi
|
Baholash turi
|
Ajratilgan ball
|
1
|
Nazariy mashg`ulot
|
Oqaliq nazorat 1
|
7
|
Oraliq nazorat 2
|
7
|
Mustaqil topshiriq
|
6
|
|
Jami
|
|
20
|
2
|
Amaliy mashg`ulot
|
Masalani yechishda optimal yondashish
|
0.3
|
Masalani mustaqil yechish
|
0.7
|
Tushuntirish
|
0.3
|
Bajarilgan topshiriqni himoya qilish
|
0.7
|
Jami
|
15 ta laboratoriya ishi
|
15*2=30
|
|
Jami
|
Kurs davomida
|
50
|
Chora ko‘rish:
Har bir laboratoriya ishi va mustaqil topshiriq uchun ma’lum bir sana (deadline) bеlgilanadi. Vaqtida topshirilmagan laboratoriya ishi va mustaqil topshiriq uchun baho pasaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |