Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari”



Download 1,94 Mb.
bet41/174
Sana02.03.2022
Hajmi1,94 Mb.
#479685
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174
Bog'liq
Умумий пед псих я семинар ишланма 248 бет (2)

Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari” nomli asaridagi pand-nasihatga oid o’gitlar bilan sug’orilgan she’riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma’rifiy g’oyalar asosida o’sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalarning aksariyatida Mahmud Qoshg’ariyning qo’shiqlarni xalq orasidan yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining asl nusxasida o’sha davrda mavjud bo’lgan badiiy ijodga nisbatan yuksak talabchanlik aniq sezilib turishi, she’rlarni yaratgan shoirlarning juda ma’lumotli ekani, chuqur bilim va nafis badiiy didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga oid qo’shiqlarni alohida guruhga ajratib, ularni tarjima qilib, mazmunini tahlil etadi.
SHe’rlarda ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan boshlab inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligidan darak beradi.
Aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasihatni tezda o’z ongiga singdirib oladi. Alloma inson zehnining o’tkirligini, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o’ljani ko’rib, unga ega bo’lish ilinjida pastga sho’ng’ishida sodir etadigan tezligiga qiyoslaydi. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi:
Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar,
Olim kishi o’git bersa darhol uqar (3-t. 53-bet).
Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan.
Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o’zgalarga ziyon yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi, deydi shoir. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, bahosi u qadar baland bo’lmagan sovg’alarni o’z qadr-qimmatidan yuqori qo’ymaydi. Bu o’rinda alloma “muzni javohir deb bilmaslik” kerakligini ta’kidlaydi.
Ilm o’rganish yo’lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to’laqonli o’zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin, deydi.
Bilimli, yuksak fazilatga ega bo’lgan kishilar hayoti doimo mashaqqatli kechadi. Umr bo’yi ilm va hunar asoslarini o’zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun kelib poyoniga yetadi. Bilimlarining ko’lami ortib, yuksak orzu-istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi.
Ijtimoiy munosabatlar mazmuni, odamlar o’rtasidagi o’zaro muloqat holati ham bilimli, donishmand kishilarning aziyat chekishlariga sabab bo’ladi. Zero, hayotda aksariyat holatlarda manman, zo’ravon, xudbin odamlarning omadlari keladi, ular yuqori mansablarni egallab, xalq va yurt manfaatlariga zid bo’lgan harakatlarni amalga oshiradilar. Bilimli kishilar esa ularni bunday yo’ldan qaytarish imkoniyatiga ega bo’lmaganliklaridan afsuslanadilar, chorasizliklaridan ranjiydilar. Hukmdorlar-ning nodon, kaltafahm bo’lishlari tufayli oqil insonlar munosib ravishda hurmat topmaydilar, qadr-qimmatlari toptaladi. Mahmud Qoshg’ariy ushbu holat so’yilgan jonliq tanasining yerlarga sudralib xor bo’lganiga o’xshaydi, deydi shoir. Zero, hamma zamonlarda ham ilm-fan ahlining hayoti og’ir kechgan, tafakkur, ilm va ma’rifat hamisha ham e’zozlanavermagan, aksincha, qoloqlik va johillik tomonidan ta’qib etilgan:
“Devonu-lug’atit-turk” asarida insoniy fazilatlarning yana biri - xushxulqlik alohida ajratib ko’rsatiladi. Bilim va hunar egasi bo’lish, ezgulik, yaxshilik yo’lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat ekanligini alloma alohida qayd etib o’tadi:
Ulug’liging oshsa agar,
Xushxulq bo’lg’il.
Bek yonida xalq uchun
Xo’b ish qilg’il (1-t. 95-bet).
Kishilar o’rtasida totuvlik, o’zaro ahillikning yuzaga kelishi yurtning farovon bo’lishi, odamlarning to’kin-sochin yashashining asosiy omili ekanligiga alohida urg’u berar ekan, alloma mazkur fikrlarni quyidagicha ifodalaydi:
Qo’ni-qo’shni qarindosh
Ko’rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg’a qilishsa,
YAxshirog’in qil tortiq (1-t. 137-bet).
Ushbu pand-nasihatlar she’rlarning amaliy hayot bilan uzviy bog’langanidan dalolat beradi.
Molu-davlat ko’payganda mag’rurlanish, kibr-havoga berilish yomon xislat sanalsa, ma’lum sabablarga ko’ra mol-mulkdan ajralib qolganda o’kinish, tushkunlikka tushish ham irodasizlik belgisi hisoblanishini bayon etadi.
Mol-dunyo to’plashga nisbatan yuzaga kelgan hirsni shoir xuddi tog’dan kelayotgan selga o’xshatadi. Molu-davlat yig’ish hirsiga berilgan kishi sel ostida qolgan toshdek chil-parchin bo’ladi, deyiladi:
Mol yig’ishni sel kelish deb hisobla,
Mol egasin tosh kabi yumalatar (3-t. 69-bet).
SHu bois aqlli inson bunday xavf ro’y berishining oldini olishi, atrofdagilarning nazaridan qolmasligi lozim.
YUqorida ko’rsatib o’tilgan ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasihatlarga boy she’rlar turmush tarzining turli tomonlarini yoritishga xizmat qiladi. SHe’rlarda ilgari surilgan g’oyalardan yana biri inson hayotining abadiy emasligi, shu sababli imkon qadar kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik kuchi va husniga ishonish suvga suyanish bilan barobar ekanligi alohida ta’kidlanadi.
SHe’riy parchalarda quyidagicha fikrlar ham uchraydi:
Kishining ko’ngli bo’lsa
Qashshoq, kambag’al.
To’q bo’lmaydi,
Boy bo’lmaydi (3-t. 257-bet).
Ushbu bandda ifoda etilgan qarashlar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Zero, ma’naviy jihatdan boy bo’lmagan inson kamolotga yeta olmaydi, ma’naviy jihatdan boy bo’lmagan mamlakat esa hech qachon moddiy farovonlikka erisha olmaydi.
“Devonu-lug’atit-turk” asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik, o’zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usiga ega bo’lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar o’z ifodasini topgan.
Buni “Devon”da keltirilgan bir qator maqollar mazmunida ko’ramiz:
“Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik” maqolida tirishqoq odam o’z mehnati bilan yaxshi taomlar topadi, shunga ko’ra moyli (yog’li) ovqatlar yeydi, erinchoq, dangasa odam esa, yalqovligi tufayli ishdan qochadi va pirovardida kambag’alik va qashshoqlikka mahkum bo’ladi. Natijada afsus-nadomat hamda faryod chekadi, degan ma’no yotadi (1-t. 100-bet). “Odamning olasi ichida, yilqiniki tashi (sirti)da” maqolida esa ayrim kishilarning yomon niyatlari, o’y-fikrlari, dilida boshqalarga nisbatan yuzaga kelgan xiyonatni yashirib, kishilarga zo’rma-zo’raki ravishda kulib qarashi, ularning xatti-harakatlarini maqtashi, o’zini go’yoki ularning yutuqlaridan quvonadiganday ko’rsatishi aytiladi (1-t. 17-bet). “Ho’kizning oyog’i bo’lgóncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq” maqolida mustaqillikning mutelik va tobelikdan, o’zgalar irodasiga bo’ysunishdan afzalligi, ayrim harakatlarni amalga oshirishda tashabbuskor, faol, ilg’or va tashkilotchi bo’lish maqsadga muvofiq ekanligiga urg’u beriladi (1-t. 94-bet). “Odobning boshi-til” iborasida esa xushxulqqa ega bo’lishga nisbatan qo’yiladigan talablardan biri - shirin so’zli, xushmuomala bo’lish ekanligi ta’kidlanadi. SHirin so’z, xushmuomala kishi el orasida tezda izzat-ikrom topadi, yuqori martabalarga erishadi.
Ishda shoshma-shosharlikka yo’l qo’yishning kutilgan natijaga erisha olmaslikka sabab bo’lishi “SHoshgan kishi uyiga yetolmaydi” tarzida ifodalangan (2-t. 27-bet). “Erdamsizdan qut chertilur”- odobi hamda biror bir hunarga ega bo’lmagan kishidan baxt va davlat ketadi degan ma’noni anglatuvchi maqol ham yuksak darajada tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, insonning hunar va xulq-odobga ega bo’lishi baxtining kaliti ekanligiga ishora qilinadi (2-t. 266-bet).
Maqollarda yana ilmu hunar, mehnatsevarlik xislatini yoshlikdan egallash zarurligi ham ifodalangan: “Kichikda qatug’lansa ulgazu sevinur” (2-t. 311-bet). Inson yoshlikda aniq bir maqsadga intilsa, unga erishish yo’lida mashaqqat cheksa, tinimsiz harakat qilsa, voyaga yetganida uning rohatini, mehnati natijasini ko’radi.

Eng qadimgi ota-bobolarimiz ulug’lagan axloqiy xislatlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin:


Eng qadimgi davrlarda ulug’langan axloqiy xislatlar



INSON







BILIMLILIK




ADOLAT




XUSHXULQLIK










KASB-HUNAR



INSONIYLIK



Ezgulik, yaxshilik, kamtarlik, jasorat, shirinsuxanlik, poklik, vafodorlik, dґstlik, mardlik meµmondґstlik va boshhalar













SADOQAT




Demak, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalikdan iborat bo’lgan. Tabiiyki, ushbu xislatlar insonda o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotidagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilikka asoslangan turmush tarzi insonning ana shunday xislatlarga ega bo’lishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan.





Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish