Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi



Download 1,94 Mb.
bet39/174
Sana02.03.2022
Hajmi1,94 Mb.
#479685
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   174
Bog'liq
Умумий пед псих я семинар ишланма 248 бет (2)

Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san’at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. YUnon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi.
So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (SHarqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar tashkil qiladi.
Imperator YAn Li (615-617)ning elchisi Vey TSzi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan.
Syuan-TSzin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o’qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to’grisidagi ma’lumotlarni beradi.
Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o’zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi.
Eng qadimgi davrlarda yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz namunalari, Zarina va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va qahramonlik timsollari bo’lgan Rustam va Siyovush (Xorazm-qang’ eposi)larning jasoratlari to’g’risida hikoya qiluvchi epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar (afsona va rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo’lida olib borgan kurashlari o’z ifodasini topgan. qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. Or-nomusni muqaddas deb bilish, do’st va safdoshlarga sadoqat, burchni yuksak darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun o’z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh berish, o’z sevgi-muhabbati yo’lida aziyat kechishga tayyorlik kabi insoniy tuyg’ular ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik eposlarida ulug’langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va mardlikdir.
Jasurlik, kuchlilik va mardlik – qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo’lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va qahramonliklari borasida ma’lumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega bo’lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o’zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug’langan.
Eposlar mazmunida bayon etilishicha, xotin-qizlar turli sharoitlarda erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko’rsatganlar. Ular xo’jalik ishlari bilan chegaralanib qolmay, urushlarda ham jasorat ko’rsatganlar.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning asosiy tarmog’i O’zboy Kaspiy dengiziga quyilgan. Uning o’ng qirg’og’i Turon, chap qirg’og’i Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldin Ahmoniylar sak va massaget qabilalariga ketma-ket hujum qilib turgan. Ana shu tarixiy voqealar sak va massagetlar tomonidan yaratilgan eposlarda o’z ifodasini topgan.
Eron shohi Kir ko’chmanchi sak va massaget qabilalariga qarshi urushib mag’lubiyatga uchraydi va 529 yilda halok bo’ladi. Tarixchilar Kir va uning qo’shinlarini avval o’z hududlarining ancha ichkarisiga bostirib kirishlariga imkon berib, keyin qo’shinning katta qismini qirqib tashlagan qahramonlar haqida ma’lumotlar beradi.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish