Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Polienning “Harbiy hiylalar”



Download 1,94 Mb.
bet40/174
Sana02.03.2022
Hajmi1,94 Mb.
#479685
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   174
Bog'liq
Умумий пед псих я семинар ишланма 248 бет (2)

Polienning “Harbiy hiylalar” asarida keltirilgan rivoyatlarda SHiroq (Siroq) obrazi vatanparvarlik va qahramonlik timsoli sifatida hali hanuz yoshlarni tarbiyalab keladi. YOki Gerodotning “Tarix” kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori To’marisga uylanish bahonasida Eron shohi Kirning Turon o’lkasiga uyushtirgan hujumi haqidagi ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid xislatlari eng qadimgi epik yodgorliklar - “Avesto”, “SHohnoma” kabi asarlar, mif va afsonalar orqali bizgacha yetib kelgan.
Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro’y bergan o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik davrida qaror topgan turmush tarzi insonda ana shunday xislatlarning shakllanishini taqozo etgan.
Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita tarkib topishiga turtki bo’lgan.
Eng qadimgi qo’shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo’shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Devonu-lug’atit-turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan.
Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o’gitlar etilgan asarlar ham ko’plab uchraydi.
Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari ham kiradi. Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan. Geograf olim H. Hasanov shunday misol keltiradi: 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, kitob do’koniga eski qo’lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib, kitobni sotib oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o’z shaxsiy kutubxonasida 15 mingga yaqin kitob yig’ib, hammasini SHayx Fayzulloh madrasasiga hadya etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga o’tkazilgan).
Bu kitob Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari edi. Mazkur qo’lyozma asl nusxasidan hattot Muhammad bin Abu Bakr ibn Abdul Fotih as-Soviy al-Damashqiy tomonidan devon yozilgandan 200 yil o’tgach (1266 yilda) ko’chirilgan edi. Qo’lyozma 219 varaqli jilddan iborat bo’lib, sahifalar raqamlanmagan, fikrlarning boshi va oxiri noma’lum edi. Hozir bu qo’lyozma Istambulda Fotih kutubxonasining Ali Amiriy fondida saqlanadi.
“Devonu lug’atit-turk” asarida qadimgi turkiy so’zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug’ati ham deyish mumkin.
“Devonu lug’atit-turk” 1928 yilda nemis olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. 1939 yilda esa Bosim Atalay uni usmonli turk tiliga tarjima qilgan va mazkur tarjima Anqarada chop etilgan. O’zbekistonda asar Solih Muttalibov tomonidan tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda uch jilddan iborat “Turkiy so’zlar lug’ati” nomi bilan nashr qilingan. 1967 yilda indeks lug’at ko’rsatkichi ham chop etilgan.
“Devonu lug’atit-turk” asarining she’riy parchalari ham nemis tiliga tarjima qilinib, 1914 yilda nashr etilgan.
Turk olimi Fuad Kuprilzoda, rus turkologlari V. Radlov hamda S.F. Malovlar ham “Devonu-lug’atit-turk” asari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar. Abdurauf Fitrat ham she’riy parchalarni tarjima qilib, ularning lug’atini tuzgan va 1930 yilda Samarqandda nashr ettirgan. N.M. Mallayev “o’zbek adabiyoti tarixi” darsligiga “Devonu lug’atit turk”dagi qo’shiq va maqollarni kiritib, ularni tahlil etadi. A. Qayumov esa noyob qadimgi yodgorliklarimiz - qo’shiqlar (she’riy parchalar)ni birinchi marta nasrdan nazmga o’girib, “Qadimiyat obidalari” nomli asariga kiritgan.

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish