Ta`lim sifatini boshqarishda fransiya ta’lim tizimi tajribasi reja: Fransiyada ta’lim tizimining shakllanishi 2


-reja: Ta`lim sohasida O`zbekiston – Yaponiya hamkorlik aloqalari



Download 204,8 Kb.
bet22/37
Sana18.07.2021
Hajmi204,8 Kb.
#123008
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
SEMINAR

5-reja: Ta`lim sohasida O`zbekiston – Yaponiya hamkorlik aloqalari.

O‘zbekistonda yoshlarga ta'lim berish maqsadida dunyo standartlari asosida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda, mamlakatimizda jahonning ko‘plab yetakchi universitetlari filiallari ochildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.



O’zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do’stlik rishtalari, savdo va madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo’li davrining boshlanishiga borib taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko’hna poytaxti Nara shahri bo’lgan.

Mamlakatimiz birinchi Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida do’stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi. Hujjatda tomonlarning do’stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o’zaro hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o’z ifodasini topgan(shuningdek, 1-ilova). Savdo-sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa sifatida belgilagan.

Bugun Yaponiya O’zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoya kiritadigan mamlakatlardan biri sanaladi. Neft-gaz sanoati, transport sektori, telekommunikatsiya, sog’liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalardagi ustuvor loyihalar ijrosi uchun ajratilgan jami moliyaviy mablag’lar miqdori 3,4 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) o’zlarining mintaqaviy vakolaxonalari orqali ishbilarmon va jamoatchilik doiralari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish hamda beg’araz va texnik yordam dasturlarini amalga oshirishga ko’maklashmoqda.

O’zbek va yapon xalqlari o’rtasidagi do’stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar dasturi yildan yilga kengaymoqda.

O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi ta'lim sohasida amalga oshirilib kelinayotgan hamkorlik haqida gap ketganda shuni ta'kidlash joizki, Yaponiyaning Nagoya universiteti Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti bilan faol hamkorlik qiladi. Yaponiya va O’zbekiston oliy o’quv yurtlari o’rtasida doimiy ravshda o’qituvchi kadrlar va talabalar almashinuvi yo’lga qo’yilgan. 2000-2010 yillar davri mobaynida Yaponiya granti asosida 206 nafar talaba ushbu mamlakatda ta'lim oldi va davlat boshqaruvining, huquq, biznes ma'muriyati, bank sohasi, axborot texnologiyalari kabi muhim yo’nalishlari bo’yicha magistr darajasiga ega bo’lishdi.

Iqtisodiyot, menejment, yurisprudensiya, telekommunikatsiyalar, sog’liqni saqlash, biznes, qishloq xo’jaligi, sayyohlik, bank-moliya sektori, transport va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod o’zbek mutaxassislari “JICA” tashkiloti loyihasi bo’yicha Yaponiyada malaka oshirib qaytdilar.

Yaponiya hukumat granti doirasida har yili 15 nafar o’zbekistonlik talaba mazkur mamlakatning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ta’lim oladi. 1999-2018-yillar davomida 400ga yaqin talaba mazkur dastur bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ldi.

Biznes-treninglar, yapon tili kurslari va boshqa madaniy tadbirlar o’tkazib kelayotgan O’zbek-yapon markazi kadrlar tayyorlash jarayoniga muhim hissa qo’shmoqda.

Shu asnoda o’tgan yillar mobaynida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi ko’pqirrali sermahsul hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratildi. Isbot sifatida, hukumatning tegishli qarori bilan, “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasining muassisligida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi. Qarorda ta’kidlanishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida 2020 yil 17 aprelda “JDU – Japan Digital Universities” satellit kampusini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan. O‘quv rejalari va fan dasturlarida Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa nufuzli OTMlarining tajribasidan foydalaniladi. Universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi. Universitet bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda O‘zbekistonning belgilangan namunadagi diplomlari beriladi. 2020/2021 o‘quv yilidan “Muhandis-dasturchi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Universitetga talabalar qabul qilinadi, keyingi o‘quv yilidan boshlab “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha ham qabul amalga oshiriladi.

Shu oʻrinda Toshkentda yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida shartnoma imzolanishi ahamiyatiga toʻxtalib oʻtish kerak. Ushbu tuzilmalar mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim sohalarini texnologik rivojlanishini taʼminlash, yosh va istiqbolli kadrlar tayyorlash uchun poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Ilm-fan va texnologiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning samarasiga yana bir misol – Yaponiyaning nufuzli “SATREPS-2020” tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va professor Kristina Toderich (Tottori universiteti, Yaponiya) koʻmagida taqdim etilgan loyihaning grantga sazovor boʻlganligidir.

2020-yil iyun oyida ushbu loyiha Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan tanlangan 10 ta xalqaro loyihalar ichida eng yaxshisi deb topildi.


Download 204,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish