Barcha maktab o‘quvchilari formada bo‘lishi shart. O‘rta maktabdan boshlab barcha o‘quvchilar formada yurishi shart. Ko‘p maktablar o‘z formasiga ega, ammo odatda bolalar harbiy uslubda kiyinadi, qizlar esa matroskada yuradi. Bu qoida xulq-atvor tarbiyasining bir qismi hisoblanadi, tanlangan liboslar ham ishchi kayfiyatni hosil qiladi.
Maktablarda davomat 99,99 foizni tashkil etadi. Biror marta maktabdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormagan odamni eslashimiz qiyin kechadi, lekin Yaponiya uchun bu me’yorga aylangan holat. Bundan tashqari, yapon o‘quvchilari mashg‘ulotlarga deyarli hech qachon kech qolmaydi. Maktab o‘quvchilarining 91 foizi har doim o‘qituvchiga quloq soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |