2. Suhbatning mavzusi va mazmuni o`rganilayotgan ob’ektning, shaxsning yoshiga va
4. Tadqiqotchi tomonidan beriladigan savollarga o`rganiluvchining to`g`ri va to`liq javob
5. Suhbat jarayonini aniq muddatga mo`ljallash, uni haddan tashqari cho`zib yubormaslik.
12
Eksperi
ment
Laboratoriya
tajribasi
Tabiiy
tajriba
Maxsus
asboblarda
Maxsus xonada
Maxsus sharoitda
Tekshiruvchi
tekshiriluvchi
o`rtasidagi
maqsadga
qaratilgan muloqot
Makarenko
jamoaning
shakllani
Shini
O`rgangan
Biografi-ya
metodi
Avtobiog-
rafiya
xatlar
estaliklar
Xarakteris
tikalar
eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o`ziga xos
xususiyatlarini tadqiq qilingan mumkin.
Biografiya (tarjimai hol) metodi inson psixikasidagi ayrim o`zgarishlarni to`liqroq o`rganish
maqsadida qo`llaniladi. Bunda avtobiografik ma’lumotlar, xarakteristikalar, xatlar (boshqa shaxs
bilan yozishmalar), esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari,
fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalash, nazorat qilingan, idora etish, o`zining
uslubini yaratish, kamolot cho`qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o`taydi.
Biografik ma’lumotlarda shaxsning havasi-qiziqishi, qobiliyati, orzu – o`ylari, uning shaxs
sifatida shakllanishidagi yetakchi faktorlar bayon qilingan bo`ladiki, bular uning shaxsiyati va
individuallligini bilishga imkon beradi.
Anketa metodi. Shaxsga xos bo`lgan individual sifatlar-qiziqish, qobiliyat, talant. Xarakter
kabilar anketa yordamida ham o`rganiladi. Bunda o`rganuvchi o`rganilishi lozim bo`lgan individual
sifatga oid bir qancha savollar tuzadi. Bu o`rganiluvchiga yetkaziladi va uning bu savollarga javob
qaytarish muddatini belgilaydi. O`rganiluvchining belgilangan muddatda qaytargan javoblarini tahlil
qilib, ma’lum xulosalarga keladi. Anketa metodining afzalligi shundaki, u individual va guruhda
o`tkazilishi mumkin. Anketa odatda uch xil tuziladi. Birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga
mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari
beriladi. Uchinchi xili anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan ba holash tavsiya
etiladi.
13
So’rov
Intervyu
Anketa so’rovi
Ochiq anketa
Yopiq anketa
Respondentdan
fikrini erkin
bayon etishni
talab etadi
Mosini tanlaydi
Savollarga
javoblar oldindan
beriladi
Muhim shaxsiy
sifat
Maxsus
tayyorgarlik
Roli o’yinlar
metodi yordamida
maxsus
tayyorgarlik
Test. Test-inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o`sishini,
qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`llanadigan qisqa
standart masala-topshiriq, misol, masala, jumboqlar, boshqotirmalar ham test deb atalishi mumkin.
Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini,
iste’dodli yoki iste’dodli emasligini - aqli zaifligini aniqlashda, kishilarni saralashda keng
qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniqlashda, ishga qabul
qilinganda va boshqalarda test sinovlari keng qo`llanilmoqda.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel. Vartegg, Veksler,
Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Eng ko`p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari
(psixodiagnostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: