Ta’lim tushunchasi - Taʼlim - juda keng maʼnoga ega bo’lib, u bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, o’rganish, o’rgatish jarayonidir. Bu taʼrif hozirgi zamon taʼlimi uchun yetarli emas. Chunki xozir mustaqillik davrida taʼlim o’zining mazmuni bilan o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish bilan birga, o’quvchilarni hozirgi zamon ruhida milliy kadrlar, jahon madaniyati va maorifining ilg’or g’oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, inson shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi taʼlim hamdir.
Ta’lim jarayoni - Birinchidan, o’qituvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan,
- ikkinchidan, o’quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir.
- Demak, taʼlim jarayoni o’rganish va o’rgatish, o’rganib olish va uni hayotga tadbiq etish xususiyati bilan izohlanadi.
O’qitish va o’rganish tushunchalari - O’rgatish (o’qitish) - bu o’qituvchining o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularda yangi xaqiqatni ochishga qodir bo’lgan ijodiy, mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
- O’rganish- bu o’quvchilarning o’qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, o’zlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir.
O’qituvchi va o’quvchining o’zaro bog’liqligi - Taʼlimning muvaffaqiyati o’quv materiallarning mazmuni va taʼlim usullarigagina emas, balki u ko’p jihatdan o’quvchining qanday o’qiyotganligini bilishga, yaʼni o’quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o’zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham bog’liqdir. O’qish jarayoni - o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga xam, uning psixik rivojlanishining (aqlliy, emotsional, irodaviy jihatdan) individual tavsifnomasiga, unda o’qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning qiziqish-havaslariga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, taʼlim jarayoni o’quvchiga nimani va qanday qilib o’zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, yaʼni sirtdan taʼsir qiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o’quvchining individual-psixologik xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi.
Ta’limni o’zlashtirishning omillari - 1. Nimani o’qitishga;
- 2. Kim o’qitadi va qanday o’qitishga;
- 3. Kimni o’qitishga bogliq.
Ta’limni o’zlashtirishning omillari - 1- xolda: a) o’qitish xarakteri o’zlashtirilayotgan materiallarga;
- b) uning mazmuniga va qanday tizimda yetkazib berilayotganligiga bog’liq;
- 2- xolda: a) o’qituvchining uslubiy mahoratiga;
- b) ish tajribasiga;
- d) uning bilimiga bog’liq;
- 3- xolda: a) kimni, qanday o’quvchini o’qitishga;
- b) psixik rivojlanishining individual tavsifnomasiga;
- d) qiziqish va havaslariga bog’liqdir.
Bilimlarni o’rganishning psixologik kompenentlari - 1. O’quvchilarning o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishi;
- 2. Material bilan bevosita tanishish jarayoni;
- 3. Olingan materialni faol ravishda qayta ishlash jarayoni bo’lgan fikrlash (tafakkur);
- 4. Qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotni esda olib qolish va esda saqlash jarayoni.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |