Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) talabalarda Davlat ta'lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko'nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 2) talabalar bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash; 3) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o'zlashtirilishini tashkii etish va tahlil qilish; 4)talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalarida samarali foydalanishni tashkii etish; 5) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natija-larini vaqtida ma'lum qilish; 6) talabalarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzJuksiz tayyorgarligini ta'minlash; 7) o'quv jarayonining tashkiliyishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish».
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar
Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida)ni ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni o'quv dasturida ko'rsatilgan eta-Ion (ko'rsatkich, qolip, o'lchagich)lar bilan solishtirishni ayta-miz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchanishiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholash shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. Har bir baholovchi flkrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlana-di
86-100 ball uchun quyidagilarga talabaning bilim darajasi javob berishi lozim:
1) xulosa va qaror qabul qilish;
2) ijodiy fikrlay olish;
3) mustaqil mushohada yurita olish;
4) mohiyatini tushunish;
5) bilish, aytib berish;
6) tasavvurga ega bo'lish.
71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
1) mustaqil mushohada yurita olish;
2) olgan bilimlarini amalda qoilay olish;
3) mohiyatini tushunish;
4) bilish, aytib berish;
5) tasavvurga ega bo'lish.
55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
1) mohiyatini tushunish;
2) bilish, aytib berish;
3) tasavvurga ega bo'lish.
Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0—54 ball bilan baholanishi mumkin:
1) aniq tasavvurga ega bo'lmaslik;
2) bilmaslik.
Shuningdek, 86-100 ball - «a'lo», 71-85 ball - «yaxshi», 55-70 ball - «qoniqarli», 0-54 ball - «qoniqarsiz» baho deb baholanadi.
Talabaning fan bo'yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
V— semestrda fanga ajratilgan umumiy o'quv yuklamasi (soatlar-da); O' - fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi (ballarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |