Ta’lim muassasalarining yoshlar ongi va qalbiga millit istiqlol mafkurasi g’oyalarining singdiradigan shakllari reja: kirish


Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari



Download 91,73 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2022
Hajmi91,73 Kb.
#672613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TA’LIM MUASSASALARINING YOSHLAR ONGI VA QALBIGA MILLIT ISTIQLOL MAFKURASI G’OYALARINING SINGDIRADIGAN SHAKLLARI

1.2. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari
Milliy g’oya – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oyaning shaklidir. Milliy g’oya shu bilan birgalikda inson va jamiyatning hayotiga ma’no va mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Xalqimizning yangi jamiyat barpo etish yo’lidagi orzu-intilishlari uning milliy g’oyasi va mafkurasini shakllantirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. O’zining milliy g’oyasi va mafkurasiga ega bo’lgan davlat mustahkam, qudratli va obod bo’ladi. Jamiyatda milliy g’oya bo’lsa maqsad oydinlashadi, ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da’vat etadi hamda jamiyatni yanada birlashtiradi. O’z kelajagini ko’rmoqchi va qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat yoki jamiyat albatta o’zining milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarur bo’ladi. Jamiyatda oldin g’oya paydo bo’ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, tizim asosida esa siyosat paydo bo’ladi. Milliy g’oya o’zining tarixiy ildizlariga egadir. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlarning paydo bo’lishi, urug’ va qabilalarning kelib chiqishi, davlatchilikning shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish, falsafa, axloq, huquq va boshqa shu kabi narsa va hodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini o’zida ifodalaydi. Tarixiy ildiz deganda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari nazarda tutiladi. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari xalqimizning davr sinovlaridan o’tib kelayotgan boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urfodat va an’analari, ota-bobolarimizning ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ularning mustaqillik yo’lida ko’rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlarida namoyon bo’ladi. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari asrlar davomida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashiga, tarixiy xotirasining tiklanishiga, Vatan ravnaqi yo’lida samarali fidokorona mehnat qilishiga, erishgan buyuk yutuqlariga, tarixiy makon va zamondan joy olib, insonda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularining yuksalishiga yordam beradigan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar tizimidan iboratdir. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari o’zbek xalqining boy tarixiy moddiy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analariga asoslanadi. Eng qadimgi odamlarning paydo bo’lganligi va yashaganligi. Mualliflar o’zbeklarning juda ham qadimiy xalq ekanligini O’zbekiston hududida, Farg’ona vodiysining So’x tumani Selung’ur g’oridan topilgan “Farg’ona odami”, “Fergantrop”ning topilishi bilan asoslashadi. Milliy mafkuraning asosiy vazifalaridan biri ham xalqning qadimiyligi, madaniyatining buyukligi bilan fuqarolarda milliy g’urur va iftixor tuyg’usini shakllantirishga harakat qilinadi. Qadimda Turon, so’ngra Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan mashhur bo’lgan hozirgi O’zbekiston yerlari va bu o’lkada yashab uni obod etgan aholisi qadimiy tarixga, boy va yuksak davlatchilik an’analari hamda ma’naviyatga egadir. O’zbekiston hududidan ilk paleolit davriga taalluqli Selung’ur va Ko’lbuloq, keyingi davrlarga taalluqli Obirahmat, Xo’jakent, Paltov, Ko’lbuloq, Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Xo’jamazgil, Uchtut kabi makonlar topib o’rganilgan bo’lib, ushbu makonlar bu hududlar inson paydo bo’lib shakllangan, antropososiogenez jarayoni sodir bo’lgan hudud ekanligini ko’rsatadi.
2. Madaniyat va ma’naviyat ildizining qadimiyligi. Monografiyada o’zbek xalqining qadimgi madaniyatga va ma’naviyatga egaligi O’zbekiston hududidan topilgan mehnat qurollari va Surxondaryoning Zarautsoy qoyatoshlariga chizilgan rasmlar bilan asoslanadi. Darxaqiqat, O’zbekiston hududidan eng qadimgi davrlarga taalluqli bo’lgan moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari topilgan bo’lib, mehnat qurollari, me’morchilik, idish-tovoq, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or anjomlarini tayyorlash, turar joylarni jihozlash bilan bog’liq ravishda amaliy bezak san’ati rivojlanib bordi. O’zbekiston hududida tasviriy san’at ibtidoiy davrda vujudga kelgan bo’lib, Zarautsoy, Ilonsoy, Sarmishsoy, Soymalitoshdan topilgan qoyatosh rasmlarida hayvonlar tasvirlari va ov lavhalari aks ettirilgan.
3. Milliy davlatchilik an’analari. O’zbekiston hududida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ilk davlatlar tashkil topib, o’zbeklar bundan 2700-3000 yillar avval o’z davlatchiligini barpo qilgan xalqlardan biri bo’lib hisoblanadi. Markaziy Osiyo 30 hududi tabiiy-geografik qulayliklarga ega bo’lib, bu yerda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik madaniyati qadim zamonlardayoq vujudga kelgan edi. Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimgi davlatlar bu Katta Xorazm va Baqtriya podsholigi bo’lib, bu hududlarda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati rivojlangan edi. Markaziy Osiyoning o’troq dehqonchilik va ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi xalqlari qadimgi davrlardan boshlab savdo-iqtisodiy, madaniy, diplomatik munosabatlarni o’rnatgan edilar. Ularning milliy davlatchilik an’analarida, mulkiy munosabatlarida, diniy e’tiqodida, urf-odat va an’analarida, folklor va axloqiy me’yorlarida juda ko’p umumiylik mavjud edi. Markaziy Osiyo hududi Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq sivilizasiyasi bilan bevosita chegaradosh bo’lib, G’arb sivilizasiyasiga xos bo’lgan Yunoniston va Rim bilan o’zaro aloqada rivojlangan edi. Markaziy Osiyo hududida yirik davlatlarning tashkil topishi yagona boshqaruv, qonunchilik, pul tizimining o’rnatilishiga, til, yozuv, boshqaruv, mulkchilik, soliq tizimi va moddiy hamda ma’naviy madaniyat sohasidagi umumiylikka olib keldi. O’zbek davlatchiligi tarixida o’ziga xos an’analar ham vujudga kelgan bo’lib, qat’iy qonun va tartib intizomning mavjudligi, adolatning bosh mezon qilib olinganligi, milliy va diniy bag’rikenglikning mavjudligi, axloq, ma’naviyat va komillikning asosiy mezon sifatida e’tirof etilishi uning o’ziga xos xususiyatidir.
4. Haqqoniy yozilgan tarix. Mustaqillikdan so’ng o’zbek xalqining boy tarixi va ma’naviy qadriyatlari milliy g’oya va mafkura asosida qayta ko’rib chiqilib, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini yuksaltirishga xizmat qiladigan haqqoniy tarixni yoritishga katta e’tibor berildi. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi – o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun agarda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishlariga bevosita bog’liqdir. Bu fazilatlarni O’zbekiston fuqarolari ongida qaror toptirish va shakllantirishda haqqoniy yozilgan tarixning tutgan o’rni hamda ahamiyati beqiyosdir. Mustaqillik xalqimizga tarixni xaqqoniy tarzda, voqea va hodisalar hayotda qanday sodir bo’lgan bo’lsa, ana shunday xolisona o’rganish imkoniyatini yaratib berdi.
5. Xalqning tarixiy xotirasi. Har bir xalq o’zining tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini unutmasligi zarur. Buning uchun esa tarixiy xotiraga ega bo’lib, tarix saboqlaridan xulosa chiqarib yashashi zarur. Tarixiy xotira – milliy g’urur va iftixor hissining zaminlaridan biridir. Millatning shakllanishi millat tomonidan o’z o’tmishini, tarixini, ajdodlarining mehnati, qahramonligi, milliy ma’naviyat va madaniyatining barcha yo’nalishlari, tarmoqlari, xilma-xilligini hamda o’ziga xosligini o’rganish va ularga ishlov berib, takomillashib borish jarayonidan iborat. Millatning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog’langan bo’lsa, bu millat shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo’ladi, o’z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi. O’zbek xalqi o’zining tarixiy xotirasi va ma’naviy merosi bilan haqli ravishda mag’rurlansa arziydi. Uning ildizlari juda chuqur bo’lib, uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. O’zbekistonning boy ma’naviy merosi shakllanayotgan yangi ma’naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Ma’naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va hayotiy tajribalari mujassamlashgan bo’lib, u o’zligimizni anglash, milliy tiklanish va rivojlanishimiz uchun qudratli tayanch bo’lib xizmat qiladi. Ma’naviy meros xalqning muqaddas xotirasi bo’lib, uning insoniyat tarixi va ma’naviy taraqqiyotidagi tutgan o’rnini belgilab beradi. Ma’naviy merosga ilmiy munosabatni shakllantirishda, eng avvalo, unga aksiologik mezonlarga tayangan holda yondashish taqozo qilinadi. Ma’naviy merosga aksiologik yondashganda xalqparvarlik va vatanparvarlik asosiy mezonlardan bo’lib hisoblanib, ma’naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchungina emas, balki butun jamiyat va xalq uchun xizmat qiladi.
6. Yozma manbalar. Tarixiy manbalarning muhim va asosiy turlaridan biri yozma manbalardir. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbek xalqi dunyodagi eng boy tarixga ega bo’lgan xalqlardan biridir. Markaziy Osiyoda qadimdan yashab kelgan xorazmiylar, baqtriyaliklar, so’g’diyonaliklar, davanliklar, qang’lilar, kushonlar va boshqalar o’z madaniyatlari va o’z yozuvlariga ega bo’lganlar. O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi manba bu zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”dir. O’zbekiston hududida yozuv miloddan avvalgi V-IV asrlarda paydo bo’lib, qadimgi Xorazm sopol idishlari sirtidagi yozuvlar mahalliy yozuv o’sha davrdan boshlab shakllanganligini ko’rsatadi. So’g’d yozuvi esa miloddan avvalgi III-II asrlardan boshlab shakllangan. O’zbekiston hududida miloddan avvalgi I asrlarga va milodning birinchi asrlariga oid yozuvi bo’lgan ko’plab tangalar topilgan. Bundan tashqari, to o’rta asrlarga qadar yetib kelgan ko’plab so’g’diy, turkiy tilli noyob yozma yodgorliklar, tosh, sopol. kumush, yog’och va charm buyumlarga bitilgan turli xil ma’lumotlar tarixiy yozma manbalar sifatida qimmatlidir. O’zbek xalqiga o’rta asrlardan boy tarixiy ma’naviy meros yetib kelgan bo’lib, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida O’zbekistonning kitob fondlarida 100000 dan ziyod qo’lyozma asarlar saqlanayotganligini aytib o’tganlar.
7. Xalq og’zaki ijodi. Folklor – xalq og’zaki ijodi bo’lib, inson nutqi shakllanishi bilan og’zaki so’z san’atining qadimiy tur va janrlari ham yuzaga kela boshladi. Folklorning asosiy xususiyati ijodiy jarayon – yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining og’zakiligi va jamoaviylik xarakteriga egaligidadir. Folklor asari ko’pchilik tomonidan, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida yaratilgan poetika elementlari, an’anaviy uslub vositalari asosida yuzaga keladi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lib, xalq ommasi tomonidan e’tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etadi. Folklorning jamoaviylik xususiyati yakka ijodkorlik faoliyatini inkor etmaydi. Iste’dodli ijodkorlar og’zaki an’analar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, yangilarini yaratadilar. Qo’shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, lof, latifa, ertak, doston, askiya, og’zaki drama va boshqalar folklorning asosiy janrlari bo’lib, ular muayyan bir ijtimoiy-maishiy funksiyani ham ado etadi. Folklor janrlari yakka ijrolik, jamoa bo’lib ijro etish, sozli, sozsiz kabi ijro usullariga ham bo’linadi. Eng qadimgi davrlardan boshlab o’zbek xalqida afsona va asotirlar, urug’ va qabilalar haqidagi rivoyatlar, aytimlar, olqishlar, marosim folklori, mehnat qo’shiqlari, topishmoq va maqollar keng tarqalgan. Afrosiyob, Elikbek, To’maris, Shiroq, Zariadr va Odatida, Zarina, Oysuluv, Guldursun haqidagi afsona va rivoyatlar, qahramonlik eposlari, “Devonu lug’otit turk”da keltirilgan folklor namunalari, Alpomish, Go’ro’g’li, Avazxon kabi dostonlar o’zbek folklorining nodir durdonalaridir. Qaxramonlik dostonlarining yorqin namunalari bo’lgan “Alpomish” va uning davomi bo’lgan “Yodgor” dostonlarida qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, do’stlik, vafo va sadoqat ulug’lanadi. Bu esa milliy g’oya va mafkuraning shakllanishi hamda odamlar ongi va qalbiga singishida muhim ahamiyatga egadir.
8. Buyuk mutafakkirlarning merosi. Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida qaror topdi. Islom tamaddunining shakllanishi va ravnaq topishiga Movarounnahrlik buyuk mutafakkirlar ham katta hissa qo’shishdi. Movarounnahrlik buyuk mutafakkirlar islomiy ilmlar: muhaddislik, fiqh, tafsir ilmi, aqida ilmi, kalom ilmi, tavhid ilmi ya’ni tasavvufning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Ikkinchidan, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar dunyoviy ilmlar: dunyoviy falsafa, dunyoviy ilm-fan – tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar rivojlanishiga ham katta xissa qo’shib keldilar. Sharq Uyg’onish davrining buyuk mutafakkirlaridan biri Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika, nazariy va amaliy astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlar sohalarida tadqiqotlarni olib borgan. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri – “Al-jabr val-muqobala”dir. Muhammad Muso Xorazmiyning algebra, arifmetika, matematika, geometriyaga oid asarlari asrlar davomida avlodlar qo’lida merosni taqsimlashda, vasiyatnomalar tuzishda, molmulkni bo’lib olishda, sud ishlarida, savdo-sotiq muammolarida, shuningdek, yerlarni o’lchashda, kanallar qazishda, bino qurishda katta xizmat qildi. “Kitob surat al arz”, “Astronomik jadvallar”, “Quyosh soati to’g’risida risola”, “Hind hisobi haqida risola”, “Usturlob qurish haqida kitob”, “Zij” (“Astronomik jadval”), “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix bo’yicha risola” va boshqa ko’plab nodir asarlar ham Muso Xorazmiy qalamiga mansubdir. “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”) kitobida Xorazmiy hozirgi paytda ijtimoiy hayotda ishlatiladigan birdan to’qqizgacha bo’lgan raqamlar va nol yordamida istalgan sonni yozish, ular yordamida arifmetik to’rt amalni bajarish, o’sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildizlar chiqarish qoidalarini izohlab beradi. Al-Xorazmiyning “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani va madaniyatining, Sharq Uyg’onish davrining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e’zozlaydi. Ibn Sinoning asosiy asarlari “Kitob at shifo” (“Davolash kitobi”), “Donishnoma”, “Najot”, “Kitob ul insof” (“Adolat kitobi”), “Kitob al-qonun fit tib”, (“Tib qonunlari kitobi”) kabilardan iboratdir. Ibn Sinoning “Donishnoma” nomli kitobi besh xil ilmni – mantiq, tabiiyot, ilmi hay’at (astronomiya), musiqa hamda ilohiyotni o’z ichiga oladi. Sharq Uyg’onish davrining buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy jahon fani va madaniyati tarixida alohida o’rin tutadi.

Download 91,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish