Mafkuraviy faoliyat – milliy g’oyani amalga oshirish vositasi
Har bir rahbar davlat taraqqiyotida muhim omil hisoblangan yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratishi, yoshlar muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ularni oliy maqsadlar sari ergashtira olishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishiga sabab bo’ladi. Yosh avlodni milliy manfaat va qadriyatlar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda turli axborot xurujlari, mafkurafiy kurashlar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi yovuz illatlarga bo’lgan salbiy munosabatlar, ularni dunyodagi turli siyosiy o’yinlardan, manfaatlar to’qnashuvidan voqib qilish kabi vazifalar ta’lim tizimining zimmasiga muhim vazifalarni yuklaydi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldidagi dolzarb vazifa bo’lib turgan maktab boshqaruvida rahbarlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan:
Birinchidan: maktab boshqaruv tizimida rahbarlik faoliyatiga;
Maktab ichidagi boshqaruvning bugungi kundagi maqsadi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ko’rsatilgan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi lozim.
Maktab rahbarlari yetuk mutaxassis ya’ni, o’quvchi tarbiyasini e’tibordan chetga qoldirmasliklari lozim.
Ikkinchidan: maktab ichki boshqaruv tiziminig manbalariga;
Maktab ichki boshqaruvi albatta avvalambor ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, bundan asosiy e’tibor metodik ishlarga qaratilishi kerak. Bu borada ta’lim tizimining metodik kengashlari ma’lum ishlarni olib borishadi. Jamiyatimiz milliy g’oyasi va mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish, ularii milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning asosini tashkil qilishi kerak.
Uchinchidan: rahbar faoliyatining asosiy yo’nalishlariga oila, mahalla va maktab xamkorligini yanada oshirishga qaratish;
Pedagog kadrlar bilan olib boradigan metodik ishlari.
Pedagoglar jamoasi bilan olib boriladigan metodik ishlar jamoaning jipslashuviga, pedagoglar jamoasining harakat birligini ta’minlovchi talablarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Boshqaruv tizimida dars, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni ko’zatish hamda pedagog’ik tahlil qilishning o’rni.
Maktab direktori ishlab chiqarish ta’limi va nazariy ta’lim darslarini doimo tekshirib turishi lozim.
Darslarni kirib ko’zatishni rejalashtirayotganda pedagoglar jamoasi barcha a’zolarning ish sifatini tekshirish zarurligini, ancha malakali o’qituvchilari ish tajribalarini o’rganishni, yetarlicha pedagog’ik tajribaga ega bo’lmagan yosh mutaxassis va xodimlarga yordam ko’rsatishni nazarda tutish kerak.
Maktab direktori biror darsni kirib ko’zatganidan keyin, bu dars tegishlicha tahlil qilinib, uning hamma ijobiy tomonlari va kamchiliklari maxsus jurnallarda qayd qilinishi, darslarni ko’zatish natijalari bo’yicha o’qituvchi bilan suhbat o’tkazilishi kerak. Ayrim darslarni rahbar xodimlari bilan birgalikda kirib ko’rishlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari, o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotining ahvolini tekshirib turishni ta’minlash zarur.
To’rtinchidan: boshqaruv tizimida rahbarlik madaniyatiga;
Har qanday sharoitida rahbardan pedagogik odob, tadbirkorlik, jamoa a’zolaridan har bir shaxsning o’ziga xosligini hisobga olib, o’z talabchanligini ifoda eta olish, ammo shu bilan birga qiyin vaziyatlarda u prinsipli, qat’iy, mustahkam xarakterli ekanligini ko’rsata olishi zarur. O’zaro chigal munosabatlar rahbarda, alohida o’ziga xos qobiliyat tug’diradi. Bu pedagogik prinsipiallik bo’lib, u shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishni, tarbiyalovchi maqsadni va talabning izchilligini o’z ichiga oladi.
Beshinchidan: ta’lim tizimida rahbarlik san’ati;
u faqat boshliq emas, balki murabbiy hamdir;
kutilmagan hollarda o’zini ishonchli, ishchan va epchil xizmatchi sifatida;
xayrixohlik bilan hamsuhbatini tinglay olishi, o’zining sabrsizligini, ayniqsa, beparvoligini va yoqtirmasligini sezdirmaslik;
ishchilar bilan xayrixohlik munosabatini o’rnata bilish, ammo ma’lum ijtimoiy masofa saqlash, betakalluflik va oshna og’aynigarchilikka yo’l qo’ymaslik
har doim o’z qo’l ostidagilarining hayot qiyinchiliklarini yechishga yordam berishi;
moliyaviy masalalarda haqguy va beg’araz bo’lishi;
yuqori lavozimdagi rahbarlik bilan muloqotda xushmuomala va odob bilan ish tutishga intilishi;
tahdidga va sharoitning o’zgarishiga epchillik bilan tezkor javob qaytara olishi;
ishchilarga arzirli shaxsiy namuna ko’rsatishga intilishi;
psixologik muhit (iliq ruhiy iqlim)ni yarata olishi va jamoada hamkorlikni yo’lga qo’ya olishi ayni muddaodir.
Rahbarning ish uslubi: omilkorligi, tadbirkorligi, ishbilarmonligi.
Rahbar har qanday sharoitda birinchi navbatda aniq bir soha bo’yicha tashkilotchilik faoliyatiga, professional omilkorlik, bilim va tajribaga ega bo’lishi kerak. Kat’iy (yuqori darajada) talablarda rahbar uchun odatiy, hattoki eng yuqori professional andozalardan foydalanish ham yetarli bo’lmaydi, undan tashabbuskorlik, qaror qabul qilishda mustaqil ish tutish, eng muhimi - ijodiy fikr yurgizish qobiliyati talab qilinadi.
Oltinchidan: rahbarning fazilatlariga: yuksak bilim, siyosiy ong egasi bo’lish; adolatli va kamtarin bo’lish; sezgir va e’tiborlilik pedagogik jamoa, ota- onalar, jamoatchilik fikrini ilg’ay olish, keng dunyoqarashli izlanuvchan, ilg’orlikka ijobiy baho beruvchi shaxs bo’lish, malakalarini egallash.
yettinchidan: rahbarning rasmiy va norasmiy muloqotlariga;
Rahbarning rasmiy muloqoti eng ko’p uchraydigan muloqot turi bo’lib, unda rahbar jamoa va uning ayrim xodimlari bilan muloqotda bo’ladi. Jonli aloqada rahbar fakat o’z qarorini bildiribgina qolmay, jamoaga ta’sir ko’rsatishi, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va xohish uyg’otishi mumkin. Rahbarning qo’pol gapirishi, baqirishi, so’kinishi qat’iyan man qilinadi, chunki uning shaxsiy obrusi ko’p jihatdan u o’z fikrini qay tarzda bildirishiga, qanday so’zlashiga bog’liq. Rahbar pedagogik intuitsiya, odob, nazokat egasi bo’lish.
Iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari
Iste’dodning ilk ko’rinishi bolaning yoshlik chog’idanoq namoyon bo’la boshlaydi. Bu bolada nutqning erta paydo bo’lishi va juda ko’p bo’lgan lug’at boyligidir. Ular tevarak-atrofda sodir bo’layotgan vokeliklarga qiziquvchan bo’ladilar. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, iste’dodli bolalarning xotiralari juda yaxshi rivojlangan bo’lib, ularda uzoq muddatgacha bo’lib o’tgan voqyea- hodisalarni, ko’rgan-bilgan narsalarini eslab qolish va kerak paytda uni yana qayta xotirada tiklash imkoniyatlari kengdir.
Iqtidor yoki iste’dod asosan uch o’zaro bog’liq parametrlar bilan aniqlanadi: bilimlar darajasining rivojlanishidagi ustunlik, psixologik rivojlanish va fiziologik sifatlar.
Rahbar va o’qituvchilarga qo’yiladigan zamonaviy talablar
Xalq ta’limi tizimida dunyo tamaddunida yuksak o’zgarishlar mas’uliyatlar o’rtasida raqobatning jiddiylashuvi, bizning nazarimizda qaysi demokratik avtoritar tuzumdagi davlat bo’ladimi, baribir o’sha rahbar lavozimlarida o’tiradigan kadrlarga, ularning bugungi axborotlashuv, tezkor o’zgarishlarga javob berishga va uni hayotga olib chiqishga juda katta bog’likdir. Ayniqsa, ta’lim tizimidagi rahbarning yuragi ham, qo’li ham toza bo’lsa, ta’madan, g’arazdan yiroq bo’lsa, uning tabiyatida qati’yatlik bilan vazminlik, talabchanlik bilan aql-zakovat uyg’un bo’lsa, faqat shundagina u xodimlarining, o’quvchi-yoshlarning, odamlarning g’am-tashvishini o’z qalbi va tasavvuridan o’tkazishga qodir bo’ladi.
Bugungi kunning rahbari bilimli, o’qib-uqib olgan, har bir soha bilimlarini muntazam egallay oladigan, o’zi uchun yangilik yarata oladigan, ma’naviy dunyosi qanchalik yuqori bo’lsa, jamoa hayoti mazmunan shunchalik boy, qiziqarli bo’ladi.
Zamonaviy rahbar o’zining kamchiliklariga, imkoniyatlariga katta e’tibor berishi, o’zining xatti-harakatiga baho berishda havolanib ketmasligi, jamoadagi har-bir yutuqni o’zining shaxsi bilan belgilamasligi, har bir xodimning imkoniyatlarini chuqur bilishi va shunga qarab ularga topshiriqlar berishi kerak. Bugungi kunning zamonaviy rahbari pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga namuna bo’lmog’i zarur, deb o’ylaymiz.
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan rahbar kadrlarga qo’yilayotgan asosiy talablar yoki rahbar qanday bo’lishini har bir qadamda eslab turishi kerakligiga undovchi:
Rahbar ko’ngli ochiq, qalbi va ko’ngli toza, aql-zakovati sohibi, salohiyatli shakllangan bo’lishi kerak.
Rahbar aqlli, tajribali, o’z ishining bilimdoni bo’lgan mutaxassislarga tayanmog’i, ularning fikriga qo’loq solmog’i va shunga asoslanib xulosa chiqarmog’i lozim.
Rahbarning barcha qilgan ishlari xalqimiz hayotiga ijodiy ta’sir ko’rsatmog’i kerak. Kimlargadir yaxshi ko’rinishi, maqtanish uchun qilingan ish rahbarni kelgusida katta fojialarga olib keladi.
Rahbar maqtovdan boshi aylanib, daohiylik kasaliga chalinib qolmasligi, bunday rahbarlar atrofida faqat o’z manfatlarini o’ylovchi "maslahatgo’ylar" "amalparast", laganbardor, poraxo’r, oddiy odamlarga zug’um o’tkazuvchi odamlar to’planib qoladi. Oqibatda xalq va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetadi.
Rahbar nafs balosiga qarshi turmog’i, o’z xodimlarini ham bu balodan asramog’i kerak.
Rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora bo’lishi lozim. Ularni vaqti-vaqti bilan ota-onalar va jamoa oldida hisobot berib turishlari rahbarlik faoliyatiga obro’ keltiradi.
Rahbar o’z g’oyasi, fikri, harakat dasturiga ega bo’lishi bilan birga, barchani ona-yurt taraqqiyotiga, xalqimizning tinch-totuvligi, farovonligi yo’lida yagona g’oya atrofida jipslashtirishi shart.
Demokratik jamiyatni barpo etishda ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri maktab rahbarining siyosiy-huquqiy intellekti yuqori darajada bo’lishi zarurligidir.
Rahbarning siyosiy madaniyati - davlat va xalq manfati nuqtai-nazaridan ish tutadi, xalq manfaati, davlat manfaatidan o’z manfaatlarini ustun qo’ymaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda o’quvchi yoshlarning ilmini, g’oyaviy dunyoqarashini takomillashtirishda davr talabidan kelib chiqqan holda muayyan usullar va uslublarning ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlash, yoshlarning bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida erkin mustaqil fikrlash samaradorligini takomillashtirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirishda maktab rahbari va pedagoglarning ilmiy-intellektual salohiyati yoshlarning yetuk, komil inson bo’lishida asosiy vazifani bajaradilar.
Zero, Prezidentimiz xalq ta’limi tizimi oldiga “Bilmiga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir” degan iboralari dasturulamal vazifasini bajarmog’i lozim.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki Milliy g’oya targ’iboti yo’lida shuncha qilayotgan harakatlarimizdan birgina maqsad, ya’ni Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev ta’kidlaganidek “Har qaysi inson Alloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o’zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt – saodati, manfaati uchun to’liq bahshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqitotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas. Oldimizda to’rgan buyuk maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi qo’shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo’lishi muqarrar” Yurtboshimiz bu gapi bilan nima demoqchi; ya’ni bizning bu xarakatlarimiz yurtimiz kelajagi uchundir. Shu kelajagimiz uchun har birimiz o’z iste’dodlarimizni ko’rsatsak biz orzu qilgan davlat va jamiyatni qura olamiz deya bemalol aytishimiz mumkun.
Jahonda kechayotgan qizg‘in globallashuv jarayoni natijasida bunyodkorlik va vayronkorlik, ezgulik bilan yovuzlik о‘rtasida chegaralarning, bir sо‘z bilan aytganda, hayotga, tiriklikka xos xilma-xillik tobora kamayib borayotganini yuqoridagi sayharakatlarni birgalikda hamjihatlikda va chuqur hamkorlik munosabatlari orqali tinch yо‘l bilan hal etishni taqoza etmoqda. Bu yо‘lda birodarkushlik, kо‘ra olmaslik va dushmanlik munosabatlarini namoyon bо‘lishi esa, kо‘zlangan ezgu maqsadlarga erishishda tо‘siq bо‘lishishubhasizdir. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining zamonaviy kо‘rinishlari bu bevosita Markaziy Osiyoga ma’naviy tahdid globallashuv hodisasi bilan bog‘liq bо‘lgan yangi va ayni paytda murakkab muammolarni qamrab oladi. Uchinchi ming yillik ostonasida dunyo ijtimoiysiyosiy jarayonlari keskin tus olgan, insoniyat hayotining universallashish, о‘zaro aloqadorligi va daxldorligi tobora kuchayib borayotgan davr sifatida tub о‘zgarishlar bilan о‘timshga aylanmoqda. Shu bilan davlatlararo, mintaqalararo manfaatlar ustuvorligi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va hatto zamonaviy texnologiyalarga asoslangan harbiy salohiyat о‘zini tobora kо‘proq namoyon etmoqda. Globallashuv davrida mafkuraviy tahdidlarning amalda namoyon bо‘lishi bugungi madaniy dunyoda kuchli davlatlar о‘zidan zaifroq mamlakatlarga ta’sir о‘tkazish, ularning boyliklariga egalik qilish uchun demokratiya g‘oyalari va tamoyillaridan qurol sifatida foydalanishga urinayotganligi mazkur jarayonning mantiqiy voqeligidir. Ular insoniyat tarixida ming yillar davomida shakllangan oliy qadriyat - demokratiyadan niqob sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. Jahon siyosiy jarayonini kuzatar ekanmiz, kо‘pgina hollarda demokratiya g‘oyasi obrо‘sizlantirilmoqda. Ba’zi qudratli davlatlarning demokratiyadan qurol sifatida foydalanishga zо‘r berayotganining boisi shundaki, hozirgi global axborotlashuv asrida о‘z geopolitik maqsadlari yо‘lida biron-bir davlat hududiga harbiy kuch bilan bostirib kirishdan kо‘ra g‘oyaviy tajovuz usulini qо‘llash ming karra qulayroqdir.
Bu ishlar uchun yurtimizda asosan ikki yo`nalishda: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g`oyasini singdirish vositasida amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |