Ta’lim muassasalarida pedagogik va axborot



Download 59 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi59 Kb.
#836833
Bog'liq
talim tizimida pedogog. tehnologiyala


Ta’lim tizimlarining barcha yo’nalishlarida pedagogik va axborot
texnologiyalarining joriy etilishi
M. Jo’rayev, M.Esonturdiyev 2010

Pedagogik va axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ta’lim vositalarining yangi avlodi va ta’limning so’ngi turlari ko’rinishida o’z mohiyatiga ega bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilayot-gan an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha tarzda o’quv vositalari deb hisoblan-gan barcha multimedia tizimlarini o’zida jamlagan o’quv- uslubiy elektron mahsulotlar kirib keldi. O’quv-uslubiy elekton mahsulotlarining imkoniyatlari va ularga kiritilgan ma’lumotlar asosida ularni qo’yidagi turlarga ajratish mumkin:


1. O’quv darslikning elektron versiyasi deganda –o’quv namunaviy dasturga muvofiq fanning to’liq kursini qamrab olgan ma’lumotlarning elektron varianti ko’rinishidagi mahsulotlarga aytiladi. Bular ma’ruzalar, matnlar va h.k.
2. Elekton darslik.
Elekton darslik - oliy, o’rta mahsus va o’rta ta’lim tizimida o’qitiladigan darsliklar-ning elektron variantining takomillashtirilgan ko’rinishidir. Elektron darslik matn, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning animatsiyalari-dan iborat bo’lib, professor o’qituvchilarning o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishda, тalaba va o’quvchilarning darsdan tashqari holatda mustaqil ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi tizim hisoblanadi.
3. O’quv- uslubiy electron qo’llanma.
Bu electron mahsulot o’quv fanini qisman qamragan bo’lib, matn, gipermatn, chizma va animatsiyalardan iborat bo’ladi.
4. O’quv- uslubiy electron ko’rgazma.
Bu-ma’lum bir fan uchun kompyuterlashtirilgan, yaxshi dizaynga ega bo’lgan miniplakatlar to’plami. 2D grafik o’lchamida tayyorlanadi, dars jarayonida multimedia proektori orqali namoish etiladi.
5. O’quv- uslubiy kompyuter dasturi.
Bu electron mahsulotda ma’lum fan keng yoritiladi. Ushbu dastur algoritimlash-tirilgan bloklardan iborat. Har bir blok o’zining mazmuniga, matni, grafikasi, animatsiya, o’quv va nazorat qismidan iborat bo’lgan dastur hisoblanadi.
6. Multimediali o’quv-uslubiy kompyuter dasturi va ensiklopediyalar.
Ushbu o’quv kompyuter dasturi matn, gipermatnlar, giperizohlar, grafik, diagrammalar, rasmlar, chizmalar, harakat, ovoz, videotasmalar, fotorasmlarni o’z ichiga olgan mahsulot bo’lib, 3D grafik o’lchamda tayyorlanadi.
7. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar.
Ushbu mahsulotda sensorika ishlatiladi. Kompyuterlashtirilgan videofilmlar uchun skanerdan, raqamli videokamera va fotoapparatlardan matnlar, rasmlar, harakatlar kiritiladi. Undan tashqari, videomagnitofondan raqamli o’zgartirgich orqali video-filmlar joylashtiriladi va tahrirlar kiritish imkonini beradi.
8. Kompyuterlashtirilgan tajriba ishlari.
Bu degani berilgan mavzu bo’yicha tajribalarni namoyish qilish, harakatlanishi, asboblarning ko’rsatkichlari, vaqt o’lchashlarini va boshqa narsalarni bog’lovchi kompyuter dasturi. 3D grafik o’lchamida tayyorlanadi, tajriba asbob-uskunalari yetishmaydigan joylarda ishlatish imkoniyatini beradi.
9.Ma’lumotlar banki.
Bu katta hajmdagi axborotni o’z ichiga qamrab olgan va ular turli ko’rinishda jadval, diagramma, gistogramma, matn, rasmlarni, bera oladigan, o’quv jarayonida bilim oluvchilar tomonidan o’z ustida mustaqil ishlashi va o’z bilimlarini nazorat qilishi uchun qo’llaniladigan, doimiy ravishda to’ldirib boriladigan, keng doiradagi foydalanishga mo’ljallangan, tegishli vakolatli davlat tashkilotida qayd etilgan sohalar bo’yicha ma’lumotlar bazasi. O’quv- uslubiy elektron mahsulotlar muassa-larning kutubxonalarida, kompyuter sinflarida saqlash va foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, o’quv- uslubiy elektron mahsulotlarning asosiy xususiyatlari ham mavjud bo’lib, ular qo’yidagilarga bo’linadi:

  • Ta’limning yuqori sifat darajasida o’quv mashg’ulotlarining o’tishini ta’minlash;

  • Mustaqil ta’lim olish va o’zini – o’zi mustaqil nazorat qilish imkonini yuzaga keltirish;

  • Axborotni mustaqil o’rganishning turli uslublarini qo’llash;

  • Tajriba-tadqiqot ko’nikmalarni hosil qilish;

  • Bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi;

  • O’qitishga noan’anaviy yondashish, o’quv materialini o’rganishining vaqtini tejash, o’quvchi va talablarga masofaviy o’qish imkoniyatini berish.

O’quv uslubiy elektron mahsulotlarni yaratish bosqichlari esa qo’yidagilardan iborat bo’ladi:
O’quv uslubiy electron mahsulotlarni yaratish texnalogiyasi katta mehnat hajmiga ega bo’lib, uni yaratishda tajribali professor-o’qituvchilar va dasturni tuzuvchi mutaxassis hamkorligida tayyorlanadi. Elektron adabiyotlarni ishlab chiqish qo’yidagi keltirilgan bosqichlarda olib borilishi maqsadga muvofiqir:

  • Ta’lim muassasalarida fanlar bo’yicha Respublikda yaratilgan electron darsliklarning monitoringini o’tkazib borish;

  • Yetakchi professor-o’qituvchilar, dasturchi , dizaynerlar jalb etiladi.

  • Professor-o’qituvchilar fan bo’yicha adabiyot, grafik, chizma, rasm, test, mashg’ulot va hokazolarni yig’adilar va shularga asosan o’quv-uslubiy electron mahsulotlarga ssenariy tuzadilar.

  • O’quv uslubiy elektronmahsulot tuzilmasi ishlab chiqiladi.

  • Bo’limlar, boblar va mavzular bo’yicha mazmuning ketma-ketligi ishlab chiqiladi.

  • Dizayner tomonidan elektron mahsulotga estetik shakl yaratiladi.

  • Dasturchi o’quv-uslubiy elektron mahsulotlarning alohida bloklarining algoritimini tayyorlaydi va berilgan ssenariy, shakllar bo’yicha tayyor elektron mahsulot yaratadi.

  • CD-diskka joylashtiriladi va foydalanuvchi uchun uslubiy qo’llanma tayyorlanadi.

O’quv uslubiy elektron mahsulotlarning sifatini baholash uchun ham bir nechta mezonlar ishlab chiqiladi va ular qo’yidagilar hisoblanadi:
1. Texnik mezonlar:

  • Avtomatik holda yuklanish ;

  • Boshqarish, ma’lumot kirgizish, ma’lumot olish va chiqish;

  • Kompyuterning namunaviy ishlashi, parametrlari kirg’izilgan holdagi

  • imkoniyati

  • Kompyuterning kerakli kadrlarini qayta yuklash imkoniyati;

  • Kiritilgan ma’lumotlarni qaytarish imkoniyati;

  • Ekranda berilgan va qayta ishlangan ma’lumotlarni chop etish imkoniyati.

2. Servis mezonlar:



  • Iyerarxik menyu mavjudligi,ma’lumotni qulay topish;

  • Interaktiv dialogning mavjudligi;

  • Yordam va sharkllarning mavjudligi;

  • Tasvirning aniqligi;

  • Dizayn;

  • Grafik va harflarning shiriftlari bir-biri bilan uyg’unlashganligi.

3.Pedagogik va psixologik mezonlar:



  • Ilmiy va pedagogik bilimlarni kompyuter aks ettirganligi;

  • Dasturiy vositalardan foydalanishda pedagogik maqsadlarni tanlashning

asoslanganligi;

  • Zamonaviy axborot texnalogiyalari vositalaridan foydalanuvchi yangi boshqaruv sharkl va o’qitish usullarining mavjudligi;

  • Ta’limga muhimligi, didaktik talablarga javob berishi;

  • O’quv materialini ifodalanish shakli va uning mazmuni orasidagi optimal bog’liqligi (grafik, jadval, matn, chizma, sxema va hokazo);

  • Kompyuter ishlatilganda bexos tugmalarni bosishda, ma’lumotlarning o’zgarmasligi stabil ishlashi;

  • Fikrlanishni shakllantirish;

  • Bilim ko’nikma, mahoratlarni mustaqil egallashni shakllantirish;

  • Eksperimental va izlanish faoliyatini o’quv jarayonida egallash.

4. Interaktivlik mezoni:





  • Dialogni olib borishda har xil vositalarning mavjudligi;

  • O’quv materialini o’zgartirishda osondan qiyinga o’tish bosqichlari;

  • O’quv materialining istalgan bobidan foydalanish imkoniyati;

  • Javoblarni olish variantlari;

  • Xatolarni tahlil qilish imkoniyati va to’g’rilash.

O’quv jarayoni uchun mo’ljallangan dasturiy vositalarning psixologik-pedagogik, dasdturiy texnik texnik sifatini va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish baholash mezonlari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quv uslubiy elektron mahsulotlarni ekspertizasi belgilangan tartibda maxsus ekspertlar tomonidan o’tkazilishi kerak. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga ta’lim muassasalaridan yuqori malakali pedagoglar, dastur tuzuvchilar, psixolog dizayner va yetakchi mutaxassislar kiritilishi lozim.



Ta’lim – fan ishlab ishlab chiqarish tizimini
mukammalashtirish muhim masala.
O’tgan asrning 50-60 yillari jahon ta’lim sohasining rivojida alohida o’rin tutgan. Ta’lim ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining asosiy omili va uni egallashga har bir fuqoro huquqli deb qabul qilingan. Shu tariqa jamiyatda oliy ma’lumotga bo’lgan ehtiyoj o’sib boravergan. Oliy o’quv yurti jamiyatning ishlab chiqarish bilan bir qatordagi bo’lagiga aylana borgan. Ma’lumki, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarishning o’sishi oliy o’quv yurtlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Shu sababli ham oliy o’quv yurtining jamiyat rivojlanishidagi integratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, integratsiyaning quyidagi jarayonlari mavjud:

  • O’z ichiga iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va boshqa ko’rinishlarni qamrab olgan davlatlararo integratsiya;

  • Konsentratsiya, kooperatsiya ko’rinishidagi va o’z ichiga sanoat, agrosanoat, ilmiy-ishlab chiqarish komplekslarini qamrab olivchi ishlab chiqarish integratsiyasi;

  • Bilimning turli xil shakldagi birlashuvi

  • Bilimning fanlararo tadqiqotlarini, ilmlararo kooperatsiya va fanning ishlab chiqarish bilan mujassamlangan turli xil shakldagi fan integratsiyasi.

  • Ijtimoiy integratsiya.

Integrallashtirish samarasi rivojlanayotgan turli xil elementlarning o’zaro uyg’unlashuvi bo’lib hisoblanadi. Elementlararo ichki aloqalarning kompleksliligi, epchilligi o’z navbatida, markazlashtirilgan boshqaruv omillarining kuchsizlani-shiga va o’zini-o’zi boshqaruv omilining o’sishiga olib keladi.
Elementlararo aloqaning optimal tarqalishi yangi samaraning kelib chiqishiga olib keladi. Shunday qilib, universallashtirish u yoki bu xususiyat va vazifalar miqdorining o’sishi, uyg’unlashtirish ko’rinishlari albatta, oliy o’quv yurtida ham namoyon bo’ladi. Bu yerda asosiy element kelajak mutaxasisi va uni shakllantirish talab vositalari (o’quv qo’llanma, o’quv jarayonining shakl va usullari, o’qitishning texnik vositalari, ilmiy-tadqiqot ishlari)dir. Shu tufayli mutaxassislarni tayyorlashni intensifikatsiyalashdagi integrativ omillar bu universalashtirish va uyg’unlashtirish bo’lib hisoblanadi. Oliy o’quv yurtidagi integratsiya jarayonlari mazmunan jamiyatdagi integratsiyaga o’xshashdir. Ishlab chiqarish va fan sohasidagi integratsiya jarayonlari oliy o’quv yurtlaridagi integratsiya jarayonidan kuchliroqdir. Chunki korxona va ilmiy tadqiqot muassasa-lari oliy o’quv yurti mahsulotlariga buyurtmachi va is’temolchi bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislar tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan integrativ holat jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy o’sishning tezlashishiga muvofiqlashib borishi zarur. Keng miqyosdagi mutaxassis salohiyati asosan uning ko’p qirrali tarzda tayyorlanganligi va ilmiy, amaliy muammolarni hal etishda uyg’unlik bo’lib hisoblanadi. Bunday mutaxassis chuqur nazariy va va amaliy bilimga ega bo’lib, fan bilan ishlab chiqarishdagi muammolarni hal etish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Oliy o’quv yurtlarida barcha metodik vositalar bilan ta’minlash masalasi kundalik vazifaga aylanib boprmoqda. O’quv jarayonidagi integratsiyani kuchaytirishning muhim shartlaridan biri oliy o’quv yurtlariaro kooperatsiya, ikkinchi esa ishlab chiqarish bo’yicha integratsiya bo’lib hisoblanadi. Masalan, agar oliy o’quv yurti ichidagi koperatsiya operatsiya o’z ichiga kafedralararo va fakultetlararo o’quv tadqiqot, kompyuterlardan jamoat tarzida foydalanish, o’qitishning zamonaviy vosita va uslublarni joriy etishga oid maxsus xizmatlardan foydalanish bo’lsa, oliy o’quv yurtlariaro kooperatsiya esa ilmiy tadqiqotlarga xizmat qiluvchi oliy o’quv yurtlariaro markazlar (ekspertemental bazasi bilan birga, tajriba-konstruktorlik byurolar, labaratoriyasi majmuasi, hisoblash texnikasi, ilmiy-texnikaviy axborot va shu kabilarni birlashtiruvchi)ni tashkil etish bo’lib hisoblanadi. Oliy o’quv yurtlarining ishlab chiqarish va fan bilan ijodiy hamkorligining rivojlanish muhim masalalardan biri hisoblanib kelmoqda. Ushbu masalalarning hal etilishi mutaxassislarni birgalikda shakllantirish va ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish, mutaxassislarni rejalashtirish, taqsimlash ulardan foydalanish yo’lidan olib borilmoqda. Aloqalarning kuchayishi kadarlarni moddiy-texnika bazalari (asbob uskunalar ishlab chiqarish maydonlari)ni maqsadli birlashtirish yo’llanmasida rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishda kafedralar filiallari tashkil etilmoqda. Yosh mutaxassislar va ularning mehnat faoliyatidagi qarama-qarshilik mutaxassisning ta’lim olish jarayonidagi ishlab chiqarish va fanlararo integratsiyaning qanday tashkil etilganligiga bog’liq. Agar ta’lim jarayonidagi integratsiya talab darajasida bo’lmasa, u holda mutaxassisning mehnat faoliyatidagi moslashuv muddati cho’zilib ketadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi mutaxassislardan olingan bilimlarni keng miqyosda qo’llashni toqozo etadi. Yosh mutaxassislar va ularning mehnat faoliyatidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishida ishlab chiqarishning o’rni beqiyosdir. Agar ishlab chiqarish yosh mutaxassisga muhtoj bo’lsa, mutaxassis oliy o’quv yurtini bitirmasdan avval muloqotda bo’lishi, bilimini sinovdan o’tkazishi, ko’nikma hosil qildirishga, sharoit yaratish kerak. Ishlab chiqarishdagi xodimlar bandliklarini pech qilib, yosh mutaxassislar bilan tajriba va ko’nikmalarni shakllantirish bo’yicha ustozlikni amalga oshirishda intilishmaydi. Shuning uchun o’quv jarayonining o’ziga fan va ishlab chiqarish xodimlarini iloji boricha, jumladan, maruza o’qish, amaliy mashg’ulotlarni olib borish, ekskursiyalar tashkil etish, xolis suhbatlar o’tkazish, to’garaklar tashkil etish, u yoki bu grant, loyihalariga jalb qilish va shu kabilarga ko’proq jalb etish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida, o’quv jarayonini rejalashtirishga o’zgartirishlar kiritishni toqozo etadi. O’zbekiston Republikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb- hunar ta’limi markazi muassasalari kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tasdiqlangan o’quv reja vadasturlar asosida olib boriladigan mashg’ulotlar nazariya va amaliyot o’rtasidagi mutanosiblik hamda ko’nikmani taminlaydi. TATU qoshidagi markaz yo’nalishi o’qitishning interaktiv metodlarni, internetning global tarmog’idan foydalangan holda pedagoglarning, mutaxassislarning, ARM rahbarlarining hamda ijodiy tafakkurini rag’batlantirishga, zamonaviy pedagogik va axbotot texnalogiyalarini joriy etishga qaratilgan. Ushbu markaz informatika va axborot texnalogiyalari, oliy ta’lim fanlari va ARM yo’nalishida zam0onaviy axborot texnalogiyalari hamda aftomatlashtirilgan axborot resurslari, barcha

Резюме



В статъе рассмотренные вопросые связанные с исполъзаванем педагогическех и информационных технологие по всем – обрезавателъным направленным.
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish