Ta’lim metodlari


Reyting (inglizcha “baholash”, “tartibga keltirish”)



Download 275,59 Kb.
bet14/14
Sana18.03.2022
Hajmi275,59 Kb.
#500539
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ta’lim metodlari va vositalari.

Reyting (inglizcha “baholash”, “tartibga keltirish”) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash. Reyting tizimi o’quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o’quvchilarning o’quv fanlari bo’yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting nazoratda o’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega. Masalan: baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish; o’quvchi bilimini ob’ektiv aniqlash; ta’limni standartlashtirish imkoniyatini ta’minlash; DTSda ko’zda tutilib, o’quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy BKMni to’la o’zlashtirilishini ta’minlash; o’quvchilarda mustaqil bilim olish, erkin fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish; o’quvchilarda bilimlarni ixtiyoriy o’zlashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi.
O’quvchilarning BKMni baholash mezonlari. O’quvchilarning BKMni baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, guruhdagi o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’quvchilarning og’zaki javob berishlari, ko’nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi.
O’quvchilarning BKM darajasi quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
“5” baho (85-100 ball) qo’yiladi, agar: a) o’quvchi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, o’zma ishlarda xatolarga qo’l qo’ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo’yiladi.
“4” baho (71-84 ball) qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og’zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g’rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’yilsa;
“3” baho (55-70 ball) qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
“2” baho (0-54 ball) qo’yiladi, agar: o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega bo’lsa-da, biroq, uni o’zlashtirmasa, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.

Xulosa
O’qitish usuli deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O’qitish usullari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini , o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O’qitish usullari har ikkala faoliyatning a) o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, b) o’quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llanadigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Ta’lim berish o’qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo’lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o’z o’rnida foydalaniladi.


Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o’quvchilarning yoshiga ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
O’quv informatsiyasini so’z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo’yiladi?
O’qitishning og’zaki usullari uch turga a) o’qituvchining hikoyasi, b) suhbat, v) maktab ma’ruzasiga bo’linadi.
Hikoya usuli boshlang’ich sinflarda ko’p qo’llansa, yuqori sinflarda ma’ruza usuli ko’p qo’llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo’lsa hikoya va ma’ruza usullari qo’laniladi. Ta’lim mazmuni o’quvchiga qisman tanish bo’lsa suhbat usuli qo’llaniladi. Og’zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o’qituvchining bayon qilishi va o’quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o’zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Babanskiy Yu.K. Metodы obucheniya v sovremennoy obщeobrazovatelnoy shkole. – Moskva: Prosveщenie, 1985.

  2. Lerner I.Ya. Didakticheskie osnovы metodov obucheniya. – Moskva: Pedagogika, 1981.

  3. Pedagogika // Ucheb. posobie dlya studentov pedagogicheskix vuzov i pedagogichskix kolledjey. Pod red. P.I.Pidkasistogo. – Moskva: Pedagogicheskoe obщestvo Rossii, 200.

  4. Rыjkov V.N. Didaktika. – Moskva: Yuniti-dana, 2004.

  5. Sayidaxmedov N.S. Metodы obucheniya shkolnikov mexanizirovannomu trudu v xlopkovodstve. – Tashkent: Ukituvchi, 1991.

  6. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.

8. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.





Философиский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва: Наука, 1987. – С. 278

Ларнер И.Я. Дидактические основы методов общения. – Москва: Педагогика, 1981. – С. 35

Бу тизим И.П.Подласый томонидан методнинг вазифаси бўйича аниқланган тасниф деб номланган. Ҳолбуки дидактик мақсадларга кўра бундай таснифлаш педагогика фанида аллақачон эътироф этган. Қаранг: ўша ерда, 475-бет


Download 275,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish