Psixologiya
Falsafa
Pedagogika
Ta’lim menejmenti
Axloq
Sosiologiya
Iqtisodiy
fanlar
1-rasm. Fan snfatidagi ta’lim menejmentning boshqa fanlar bilan aloqasi
Rahbar faoliyati muvaffaqiyatining 15% ni kasbiy bilimlar va 85% ni - odamlar bilan ishlash ko‘nikmasi belgilaysi. Har bir inson fe’li va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlarini bilgan holda, uning jamoa uchun zarur yo‘nalshssagi xatti-harakatlarini prognoz qilish mumkin. Ijtimoiy-psixologik metodlar mehnatga ma’naviy stimullardan foydalanishga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishga va ma’muriy vazifani insonning ongli burchiga aylantirishga yordam beradigan boshqa jarayonlarga asoslanadi. Odamlarga ta’sir ko‘rsatishning asosiy vositasi - ishontirish. Jamoatda ijtimoiy-psixologik rahbarlik ob’ekti xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ularning mehnat vositalariga bo‘lgan munosabati hisoblanadi. Menejerning bosh vazifasi qarorning bajarilishini tashkil etish, mazkur jarayonni muvofiqlashtirish va uning ustidan nazoratni ta’minlashdir. Ya’ni nazorat boshqaruvning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U ikki tomonlama aloqa shaklini kasb etadi va qarorni bajarish, qo‘yilgan maqsadlarga erishish haqida axborot olish uchun imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi zamonaviy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan davrda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ta’lim jarayonini va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish; ta’lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash; pedagogik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; pedagogik xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi hamda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirish; ta’lim tizimini boshqaruv jarayoniga yangicha yondashuv; ta’lim muassasalarida mehnat-huquqiy munosabatlar masalalaridir. Bu nafaqat ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolarini, balki maktab rahbarlari tomonidan boshqaruvni takomillashtirish hamda uning uslublarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, turli darajadagi rahbarlarning boshqaruv faoliyatida muammolarni oldindan ko‘rish va ularni ijobiy hal etish qobiliyatlarini shakllantirishni olga surmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini boshqarish mexanizmlarini o‘zgartirish, takomillashtirishni, ya’ni boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo‘lib nafaqat boshqaruv muammolari, balki sub’ektlarning boshqaruv faoliyatini tashkil etish va ularni shakllantirish zamirida, eng avvalo, boshqaruv tizimining turli bo‘g‘ini rahbarlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan isloxotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, raxbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon bo‘lib, u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yo’nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega bo‘lishni talab etadi. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi funksiyalaridan biri - bu qaror qabul qilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati ta’lim muassasasi salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, xodimlar bilan bir qatorda ta’lim muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Menejment fanidan ma’lumki, tashkilotlarni boshqarish tizimi ikki mustaqil, lekin bevosita bog‘liqlikda bo‘lgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlardan iborat bo‘ladi. Ta’lim muassasasi rahbarlarining boshqaruv faoliyatini ikkita sub’ektning, ya’ni rahbar bilan ta’lim tizimining o‘zaro bog’lik faoliyati sifatida qarash mumkin. Bunday holatda rahbarning boshqaruv ob’ekti boshqarish va o‘zini-o‘zi boshqarish kabi zaruriy xususiyatlarga ega bo‘lgan ta’lim tizimi xisoblanadi, turli xil ta’sirlar asosida boshqarilayotgan ta’lim muassasasi ham o‘z o‘rnida boshqaruv natijalariga va boshqaruv sub’ektiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim menejmenti boshqarishning maxsus qismi sifatida ana shu ikki tizim orasidagi munosabatlarni, ularning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini, ya’ni ta’lim muassasalari rahbarlarining faoliyatlarini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivlashtirish hamda boshqaruv faoliyatini oqilona tashkil etish usullarini o‘rganadi. So‘nggi yillarda boshqaruv g’oyalarining rivojlanishi pedagogik menejment muammolarini hal etish bilan bog’liqdir. Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda pedagogik menejment atamasi orkali maqsadga erishish xamda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda insoniy, iqtisodiy va samarali yo‘llar bilan insonlarni boshqarish va vositalardan foydalanish tushunchalari keltiriladi. Ba’zan “pedagogik menejment” iborasi maktabni boshqarish yoki ta’limni boshqarish sinonimlari sifatida tushuntiriladi. Bunday tushuncha unchalik to‘g’ri emas, ta’lim menejmenti, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim menejmenti tushunchalari sinonim sifatida ko‘proq to‘g‘ri keladi. “Pedagogik” so‘zi keng qamrovli bo‘lib, o‘ziga biroz boshqacha vazifalarni yuklaydi. Maktabni boshqarish mazmun-mohiyatiga ko‘ra ta’limni boshqarishdan farq qiladi, chunki maktabda faqat ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish vazifalari amalga oshirilmaydi, balki ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning o‘ziyoq bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya’ni talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat kilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiy texnika bazasini yaratish va mustahkamlab borish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash kabi qator boshqa vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, maktabda boshkaruv faoliyatini tashkil etuvchi rahbarlar nafaqat pedagogik tajribaga, balki boshqaruv funksiyalari va ularning vazifalari, boshqaruv metodlari va ulardan foydalanish, boshqaruv algoritmi va uning mohiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari hamda rahbarlik uslublari va ularni qo’llash kabi qator tushunchalarga ham ega bo‘lmog’i lozim. Ko‘rinib turibdiki, ta’lim muassasalarini boshqarishda ta’lim menejmenti fanining o‘rni beqiyos bo’lib, u raxbarlarga menejmentning asosiy tushunchalari va ularning vazifalarini, boshqaruvning maqsadi va vazifalari, zamonaviy maktabning tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish qoidalarini, zamonaviy boshqaruvning usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatadi. Mazkur fan zamonaviy maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyatini tadqiq va tahlil qilishda tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, tarkibiy yondashuv, vaziyatli yondashuv, iktisodiy-matematik yondashuv uslublaridan hamda modellashtirish, kuzatish (axborotlar tuplash), tajriba-sinov(eksperiment), sotsiologik kuzatuv (so‘rovnoma, testlar, suhbat) usullaridan foydalanadi. “Ta’lim menejmenti” kursining bosh maqsadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarda rahbarlik qila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni rahbarlar malakasini oshirish kurslari tinglovchilarida zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, shuningdek, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |