Missiya bu lotin tilidan olingan bo‘lib, “muhim topshiriq, ko‘rsatma, yuqori tayinlov, mas’uliyatli rol, katta maqsad” degan ma’nolarni anglatadi.
Oldindan ko‘ra olish (anglash) bu - demakki muaassasa erishadigan pirovard natijani yoritib beradigan jarayondir.
Strategik rejalashtirish mavjud va ochilayotgan imkoniyatlarni qiyoslash yo’li bilan butun ta‘lim muassasasi yoki uning biror yo’nalishi uchun uzoq muddatli maqsadlar va strategiyalarni shakllantirish jarayoni hisoblanadi. U uzluksiz va tizimli jarayon bo’lib, bunda odamlar faraz qilingan natijalar, bu natijalarga qanday qilib erishish mumkinligi, muvaffaqiyat qanday o’lchanishi va baholanishi to’g’risida qarorlar qabul qilishadi.
5. Ta‘lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o’rni Missiya bu zamonaviy strategik boshqaruv nazariyasining asosiy
tushunchalaridan biri bo’lib, unga turli mualliflar turlicha ta‘rif berishadi. "Missiya" so’zi ―muhim topshiriq, ko’rsatma, yuqori tayinlov, mas‘uliyatli rol, katta maqsad‖ ma‘nosini bildiradi. Ba‘zilar muassasa missiyasini giper maqsad yoki "maqsadning shunday shakliki, ma‘lum biznesni boshqa unga o’xshash korxonalardan farqini osongina ko’rsatadi" deb hisoblashadi.
Ta‘lim menejmentida – ―missiya‖ tushunchasi ta‘lim muassasasini nima uchun mavjudligini hamda uni boshqa muassasalardan farqini aniqlash va bilishni tassavurini yaratish uchun zarur hisoblanadi.
Ta‘lim muassasasi missiyasi shunday shakllantirilishi lozimki, o’qituvchilar va rahbar xodimlar o’z faoliyatlarini rejalashtirganlarida unga
asoslanish mumkin bo’lsin. Har bir ta‘lim muassasasining missiyasi betakror bo’lib, bir-biriga o’xshamaydi. Masalan:
1. Har bir o’quvchiga o’zining qobiliyatini aniqlash va uni yuzaga chiqarish imkoniyatini berish.
2. Har bir xodimda novatorlik xususiyatini shakllantirish va rag’batlantirish. Missiya go’yo ta‘lim muassasasining tashrif qog’ozi hisoblanadi. U chiroyli, aniq, tushunarli, eng asosiysi, ta‘lim muassasasining ichki olamini tasvirlab, uni amalga oshirish mumkin bo’lishi kerak. Shu bois, missiyani shakllantirishda "Bularning hammasi kim va nima uchun?" degan eng muhim kalit savollarga e‘tibor qaratish lozim. "Nima uchun?" savolini bir necha marta takrorlash va unga javob berish, ya‘ni asoslash, missiyani yanada aniq
ifodalashga yordam beradi:
- bizning maktabimiz davlatimizga nima uchun kerak?
- bizning maktabimiz jamiyatga nima uchun kerak?
- bizning maktabimiz shu yerda ishlovchilarga, ta‘lim oluvchilarga nima uchun kerak?
- biz ta‘lim xizmatlaridan boshqa yana nima taklif qilishimiz mumkin?
Nima uchun?
- . . . .
Shunday qilib, ta‘lim muassasasi missiyasi uning faoliyati mazmunini va mohiyatini ochib beradi, lekin foyda olishni ko’zda tutmaydi.
Missiyani shakllantirishda quyidagi muhim jihatni e‘tiborga olish zarur: missiya ta‘lim muassasasining tarixi hamda madaniyatidan kelib chiqib, butun jamoaning qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettirishi va albatta, xodimlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi shart.
Missiyani shakllantirish bosqichlari
Missiya yakka rahbar tomonidan ishlab chiqilmaydi. Har bir rahbar missiyaning mohiyatini anglagan holda, jamoani safarbar qilib, birgalikda ishlab chiqadi. Bu jarayon asosan uch bosqichda olib boriladi: tayyorgarlik, shakllantirish va rivojlantirish bosqichi (muhokama qilish asosida).
Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda rahbarning tajribali va salohiyatli rahbar xodimlar va o’qituvchilardan iborat ishchi guruh tuzishi maqsadga muvofiq. Missiyani shakllantirishda ishchi guruh tomonidan ta‘lim muassasasining rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar atroflicha o’rganiladi. Masalan:
- Ta‘lim sohasida davlat siyosati;
- UO’Tning me‘yoriy-huquqiy hujjatlari, talab va me‘yorlar;
- Ta‘lim muassasasining yo’nalishi, maqsadi va erishgan natijalari;
- Mehnat bozorining o’zgaruvchanligi;
- Xududdagi demografik o’zgarishlar;
- Xodimlarning dunyoqarashi, ishonchi, fidoyiligi va qadriyatlari;
- O’quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish xususiyatlari, o’quv- uslubiy ta‘minoti;
- Muassasa madaniyatining shakllanganlik darajasi;
- Ta‘lim muassasasining asosiy g’oyasi (falsafasi);
- An‘analar va tajribalar;
- Ta‘lim muassasasining o’zgarishlarga tayyorligi.
Tashqi omillarning ta‘sirini o’zgartirish imkoniyati bo’lmasada, ichki omillarning salbiy ta‘sirini kamaytirish orqali, ko’zlangan natijaga erishish imkoniyatini oshirish mumkin. Aynan shu narsa missiyada aks ettirilmog’i lozim.
Shakllantirish bosqichi. Bu bosqichda so’rovnoma o’tkazish orqali dastlabki missiyani shakllantirish mumkin. Buning uchun barcha hohlovchi xodimlarga (o’qituvchilar, o’quvchilar, qolgan xodimlar) quyidagi savollar beriladi:
1. Sizning fikringizcha, ta‘lim muassasamizning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada? Qaysi omillar ta‘lim muassasamizning rivojlanishiga ko’proq yoki kamroq ta‘sir ko’rsatadi?
2. 5 yildan so’ng ta‘lim muassasamizning ideal ko’rinishini qanday tasavvur qilasiz (yoki qanday tasavvur qilishni hoxlardingiz)?
3. Ta‘lim muassasamizdan jamiyat nimalar kutmoqda deb o’ylaysiz?
4. Ta‘lim muassasamiz uchun nimani eng muhim deb hisoblaysiz va nima xususida ko’proq o’ylaysiz va shu kabi.
Yoki ta‘lim muassasasining bir nechta umumiy maqsadlari ro’yxatini tuzib, ularning ichidan amalga oshirish mumkin bo’lganlarini va ta‘lim muassasasini kelajakda ko’zda tutilgan ideal holatga kelishi uchun bu maqsadlarning qanday jihatlari borligini muhokama etish orqali shakllantirish mumkin.
Bu usullar orqali nafaqat ta‘lim muassasasining ichki holati haqida ma‘lumot olish mumkin, balki xodimlar bilan muhokama jarayonida, ularning fikrlari, qarashlari va maqsadlarini ham o’rganish mumkin. Bu esa, missiyani shakllantirishda juda muhim sanaladi.
Rivojlantirish bosqichi. Dastlabki shakllantirilgan missiyani muhokamaga qo’yish orqali, uning mohiyatini xodimlarga tushuntirish, ularga o’zlarining roli nimada ekanligini anglashga yordam berish lozim. Dastlabki shakllantirilgan missiya ta‘lim muassasasining faoliyatida muhim rol o’ynaydi,
rivojlantirish esa, harakat degani, ya‘ni, rivojlantirish bosqichida xodimlar missiyaga murojaat qila boshlashadi. Ular o’zlariga "Bu missiyamizda ko’zda tutilganmidi?" degan savolni berishlari va hatto, ularda missiyani o’zgartirish istagi paydo bo’lishiga erishish lozim.
Missiyani ishlab chiqish bosqichlarini aniq algoritm asosida tashkil etish
zarur.
1. Missiyani shakllantirish jarayonini tashkil etish. Bu bosqichda rahbar yetakchilikni o’z qo’liga oladi va quyidagi vazifalarni hal etadi:
- ishchi guruhga kimlarni jalb etish kerak? Balki, ekspertlarni taklif etish kerakdir?
- ishchi guruh qanday tartibda ishlashi kerak? Jarayonni kim boshqarishi maqsadga muvofiq?
- ishchi guruh a‘zolarini qanday faollashtirish mumkin? Lozim bo’lsa, rag’batlantirish kerakdir?
- qanday qilib topshiriqni hammaga to’g’ri yetkazish mumkin? Yuqoridagi savollarga javob topish orqali, aniq reja ishlab chiqiladi.
2. Missiya loyihasini yaratish. Buning uchun quyidagilarga aniqlik kiritish muhim:
- Biz qaerdamiz? Ideal holatga yetishimiz uchun qanday imkoniyatlarimiz mavjud? Bunda bizga yana nimalar yordam berishi mumkin?
- Missiya bizga nima beradi? Bu missiya bilan nimaga erishmoqchimiz?
Missiyamizning iste‘molchilari kimlar?
- Iste‘molchilarimiz uchun nima qilmoqchimiz?
Bunda iste‟molchilarning iloji boricha shaxsiy (o„quvchilar uchun, pedagoglar uchun, ota-onalar uchun, ish beruvchilar) va ijtimoiy (shahar/tuman, mahalla uchun, mehnat bozori uchun) jihatlarini aniq yoritish lozim.
3. Missiya loyihasini muhokama etish. Bu bosqichning muhim xususiyati, muhokama uchun imkoni boricha ko’proq odamlarni (xodimlar, ota- ona, ish beruvchi) jalb etish hisoblanadi. Lekin, ko’pchilik bilan bir qarorga kelish juda qiyin kechadi. Shu bois, bu bosqichda turli usul va vositalardan unumli foydalanish talab etiladi. Masalan, bahs-munozara uchun alohida guruh tashkil etish, yozma takliflarni olish uchun alohida toifalarga ajratish yoki so’rovnomalar o’tkazish kabilar. Natijada, barcha takliflar o’rganib chiqilib, umumiylari ajratib olinadi. Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va ular missiyada aks ettiriladi. Shundan so’ng missiya matni shakllantiriladi.
4. Missiyani taqdimot qilish. Missiyani taqdimot qilishda har xil usullardan foydalanish mumkin. Asosiysi, missiya bilan barcha xodimlar tanishtirilishi va ular tomonidan qo’llab-quvvatlanishi zarur.
Demak, missiyani shakllantirish jarayonida rahbarning tashabbuskorligi va tashkilotchiligi muhim rol o’ynaydi. Missiyani shakllantirish jarayonini boshlashdan avval, xodimlar bilan quyidagi mavzularda seminar va suhbatlar o’kazish, uning samarali kechishini taminlaydi:
1. ―Maktabimiz tarixini bilasizmi?‖ (bundan asosiy maqsad, maktab tarixi, tajribalari, yutuqlari, kamchiliklari, yo’nalishlari, kadrlari va shu kabilar tug’risida barcha xodimlarni xabardor etish).
2. ―UO’Tning me‘yoriy-huquqiy asoslari‖ (bunda UO’T muassasalarining me‘yoriy-huquqiy va tashkiliy asoslari, ta‘lim muassasasining tarkibiy tuzilishi, xodimlarning lavozim vazifalari, shaxsiy ish rejalari kabi kichik mavzularda suhbat va uchrashuvlar tashkil etish mumkin)
3. ―Muassasa madaniyati‖ (bunda ta‘lim muassasasining ichki tartib qoidalari, o’quvchilarning kiyinishi, maktabdagi an‘analar, xodimlarning jipsligini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarga asosiy e‘tibor qaratiladi).
Bunday tadbirlarni tashkil etish missiyani shakllantirishda, ichki va tashqi omillarni to’g’ri tahlil etishga yordam beradi. Biroq, missiyani shakllantirish jarayonida rahbarlar ko’pincha xodimlar fikrining bir joydan chiqmasligi va ziddiyatli vaziyatlarning yuzaga kelishidan aziyat chekadilar. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun nima qilmoq lozim? Rahbarlar ta‘lim muassasasining tashkiliy madaniyati to’g’risida qanchalik ko’p ma‘lumotga ega bo’lsalar, bu muammolarga shunchalik kam duch kelishadi.
6. Ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilish
Ichki va tashqi muhit tahlili strategik boshqaruvning asosini tashkil qiladi. Ichki muhit deganda, ta‘lim muassasasining asosiy faoliyati va unga ta‘sir ko’rsatuvchi ichki omillar tushuniladi. Tashqi muhit deganda, ta‘lim muassasasining faoliyatiga ta‘sir ko’rsatuvchi ―Uzoq‖ (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik, texnologik) va ―Yaqin‖ (mehnat bozori, ijtimoiy hamkorlik, davlat, jamiyat) tashqi omillar tushuniladi.
Ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhitini tahlil qilishdagi asosiy narsa - bu muammoning to’g’ri qo’yilishidir. Muammo nima? Muammo deganda, ideal va haqiqiy holatning, ya‘ni biz kutgan yoki rejalashtirgan holat bilan amaldagi mavjud holatning mos kelmasligi, nomuvofiqligi tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, muammo - u yoki bu vaziyatda yuzaga kelgan ziddiyatni bartaraf etishda mavjud bilim va tajribaning yetishmasligini sub‘ekt tomonidan tan olinishidir.
Muammoni qanday qo’yish kerak? Muammoni shakllantirishga quyidagi talablar quyiladi:
1. Muammoning aniq va asoslangan bo’lishi. To’g’ri shakllantirilgan muammoni yechish yo’llari aniq bo’lib, ularni g’oyaga aylantirish mumkin. Muammo har doim aniq ifodalanishi lozim. Masalan, ―ta‘lim sifati past‖ - bu juda keng tushuncha bo’lib, uni yechish yo’llari yana bir nechta muammolar bilan bog’liq. Ya‘ni bu muammo emas, balki aniq shakllantirilishi lozim bo’lgan bir nechta muammolar yig’indisi hisoblanadi. Demak, muammo aniq bitta yechimga ega bo’lgandagina, u to’g’ri shakllantirilgan hisoblanadi.
2. Muammoning o’lchovli bo’lishi. Bunda qo’yilgan muamoning hajmi, uning muhimlik yoki qiyinlik darajasi va qaysi sohaga oid ekanligining to’liq ifodalanganligi nazarda tutiladi. Buning uchun muammoning yechimini o’lchash mumkin bo’lgan mezonlar yoki baholash ko’rsatkichlariga ega bo’lishi lozim.
3. Muammoning kelajakka yo’nalganlik xususiyatiga ega bo’lishi. Qo’yilgan muammo kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarning oldini olishni ko’zda tutgan bo’lishi lozim. Ya‘ni muammoni yechish faqat uning o’zigagina emas, balki yana boshqa muammolarning oldini olishga qaratilgan bo’lishi lozim.
4. Muammoning tushunarli bo’lishi. Muammoni shunchaki qayd etish emas, balki hammaga tushunarli qilib ifodalash lozim, uning sabablari asosli va yechish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
"STEP" va "SWOT" tahlillar
Tashqi muhit ta‘sirini tahlil qilishda ko’pincha ―STEP‖ tahlilidan foydalaniladi. ―STEP‖ - bu inglizcha so’zlarning bosh harflaidan olingan bo’lib, quyidagi ma‘nolarni anglatadi:
S (social)- ijtimoiy omillar (ta‘lim muassasasining jamiyat bilan hamkorligi, demografik vaziyat, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy hamkorlar, madaniy tarbiyaviy muhit kabilar);
T (technological)- texnologik (boshqaruv) omillar (davlat, boshqaruv organlarining ta‘lim muassasasiga ta‘siri)
E (economic)- iqtisodiy omillar (aholi, ish beruvchilarning iqtisodiy ahvoli, ta‘limni moliyalashtirish omillari);
P (political) - siyosiy omillar (davlatning ta‘lim sohasidagi siyosati, qonunlar, qarorlar, hukumatning ta‘lim muassasalarining rivojlanishiga ta‘siri).
Gohida uni PEST-tahlil deb ham yuritiladi.
Ta‘lim muassasasining hozirgi holatini tahlil qilishning bir necha usullari mavjud bo’lib, biz rivojlangan mamlakatlarda keng qo’llaniladigan ―SWOT‖ usulidan foydalanishni tavsiya qilamiz. ―SWOT‖ quyidagi inglizcha so’zlarning bosh harflaridan olingan:
Strongths - kuchli tomonlar; Weaknesses - kuchsiz tomonlar; Opportunities - imkoniyatlar; Threats - tahdidlar.
―STEP‖ va ―SWOT‖ tahlili natijalari umumlashtirilib, umumiy tahliliy ma‘lumotnoma tuziladi va shu asosida ta‘lim muassasasining hozirgi holati haqida xulosa chiqarish hamda uni rivojlantirish strategiyasini aniqlash mumkin. Bunda strategik rivojlanish muqobilliklari aniqlanadi va ulardan biri tanlanadi.
Topshiriq 1
Ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhiti tahliliga asosan shakllantirilgan missiya bilan ta‘lim muassasasining hozirgi holati
o’rtasidagi nomuvofiqlikni aniqlang. Shu nomuvofiqlik - bo’shliq muammo hisoblanadi, ya‘ni strategik yo’nalishni belgilovchi muammo sanaladi.
Topshiriq 2
―STEP‖ va ―SWOT‖ tahlilidan foydalanib, ichki va tashqi muammolarni aniqlang. Ta‘lim muassasasida yechish mumkin bo’lgan va yechish imkoniyati bo’lmagan muammolarni alohida kataklarga yozing.
|
Ichki muammolar
|
Tashqi
|
Bartafar etish mumkin yoki yechish
Imkoniyati qo’limizda bo’lgan muammolar
|
1.
2.
3.
|
1.
2.
3.
|
Bizga bog’liq bo’lmagan va biz yecha olmaydigan muammolar
|
1.
2.
3.
|
1.
2.
3.
|
|
|
|
7. Samarali maqsad qo’yish. SMART texnologiyasi
Strategik rejalashtirishning eng muhim bosqichi - bu maqsadni belgilash hisoblanadi. Maqsad – bu muassasa erishmoqchi bo’lgan yakuniy natijadir. Maqsad - bu muddao, murod ya‘ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan shu maqsad kishi faoliyatini o’z orzularining ushalishiga yo’naltiriladi. Agar rahbar va xodimlarning maqsadi aniq bo’lmasa, odamlarni boshqarish qiyin kechadi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:
- bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
- faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi;
- faoliyatimizni aniq soha, ishga yo’naltiradi;
- u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
- pirovard natijamizni baholash me‘yorini belgilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun o’ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan, boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi, lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
Maqsad bu kutilayotgan va oldindan belgilangan natija bo’lib, missiyadan so’ng shakllantiriladi.
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak. *Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biron yo’lni tanlashga ham hojat qolmaydi.
2. Maqsadni bajarish mumkin bo‘lishi kerak. *Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan yelkanli qayiqchaga hech qanday shamol hamroh bo’la olmaydi.
3. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak. *Maqsad - bu bamisoli navbatdagi bosqichda «jang» bilan zabt qilinadigan cho’qqidir. Buni
zinhor unutmaslik darkor. Shu «jang»da g’olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo’lgan aniq maqsadni o’z oldimizga qo’yishimiz kerak, undan ortiqcha ham, kam ham emas.
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘i darkor.
*Miqdoran o’lchovga, me‘yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.
5. Maqsad bo‘limlar va mas’ullar bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak. *Maqsad, uni boshqarish tamoyillari va pirovard natija barchaga tushunarli va yozma ravishda sodda tilda yetkazilishi kerak.
6. Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak. *Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas‘ul shaxs bo’yicha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro qilinishi darajasini aniq nazorat qilish mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq maqsad va vazifalarga ega muassasalar samarali natijalarga tezroq erishadilar. Yuqoridagi fikrlar boshqacha aytganda har qanday qo’yilgan maqsadda:
aniqlik (olinadigan natija aniq belgilangan),
o’lchamlik (natijaning o’lchami belgilangan bo’lishi),
erishimlik (natijaga erishsa bo’ladigan),
reallik(tashqi va ichki muhitda sharoit mavjudligi)
vaqt bo’yicha chegaralanganligi (natija kutilayotgan vaqtni belgilanganligi) mezonlari bo’lishi shart.
Maqsadlar ta‘lim muassasasining yaqin davrlarda erishmoqchi bo’lgan yutuqlari natijalaridan iborat. Maqsadlar maqsad moslashuvidan farqli ravishda o’zining aniqligi, o’lchamliligi, erishuvchanligi, missiya bilan mosligi, shuningdek, unga erishish uchun vaqtincha chegaradan iborat. Maqsadlarning bu farqli jihati SMART - xarakteristikasi hisoblanadi. SMART - quyidagi so’zlarni bosh harflaridan iborat:
S – Specific - maqsadning aniq va ravshan bo’lishi, uni noto’g’ri yoki turlicha tushunishga o’rin qolmasligi.
M – Measurable - maqsadda barcha narsalarning miqdori aks ettirilganligi, hatto maqsadga erishilganda, natija qanday bo’lishi nazarda tutilganligi.
A – Attainable - maqsadning erishiladigan bo’lishi, maqsadga erishishga rahbarning ham, xodimlarning ham ishonchlarining mavjudligi.
R – Related - maqsadning asoslanganligi va mos bo’lishi, muassasaning strategiyasi va xo’jalik maqsadlari ijrochilar manfaati bilan o’zaro aloqadorligi.
T - Time-based - maqsadni vaqt bilan chegaralanganligi, unga erishish muddatlarini vaqt shkalasida aniqlash mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |