Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
1.O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qaysilar?
A.ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
B. umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishi, akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
C. ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish;
D. barcha javoblar to’g’ri
2. Idrok etish – anglab yetish – yodda olish, mustahkamlash – bilimlarni amaliyotda qo’llash. Mazkur holat qanday jarayon mohiyatini anglatadi?
A. o’quvchilar bilish faoliyatini boshqarishni;
B. bilimlarni tashxis qilishni;
C. bilimlarni o’zlashtirishni;
D. o’quvchilar bilimlarni nazorat qilishni.
3. Darsda o’qituvchining e’tibori bir necha o’quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o’quvchilar mustaqil ishlasalar ta’limning bunday shakli qanday ataladi?
A.Individual
B.Individual-guruhli
S. Ommaviy
D.Guruhiy
4.Ta’lim oluvchining bilim ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash deganda nima tushuniladi?
A.tekshirish
B.hisobga olish
S.nazorat
D.baholash
5. O’qitish shakllari to’liq berilgan javobni toping.
A. ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot
B. mashg’ulot, turli sayohatlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar
C. mashg’ulot, mashg’ulotdan tashqari ishlar, turli sayohatlar, individual mashg’ulot shakllari
D. mashg’ulotdan tashqari ishlar, ekskursiya, sinfdan tashqari mashgulotlar
6.O’qituvchining o’quvchilar bilimlarini chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o’quvchilar bilish faoiiyatini boshqarishni ta’minlaydigan faoliyat usullari uima deb yuritiladi?
A . O’qitish qoidalari
B .O’qitish jarayoni
C .Ta’lim metodlari
D. O’qitish tamoyillari
7.Ta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish, ularning bilish imkoniyatlari bilan bog’liq usul qanday usul deyiladi?
A .O’yin mashqi
B .Og’zaki mashq
C .Yozma mashq
D .Individual mashq
8.Ta’lim jarayoni asosini qaysi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
A. Ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim shakli
B.O’quvchini o’quv-bilish faoliyati, ichki ziddiyatlari, o’qituvchi faoliyati
C. Yangi bilimlarni bayon qilish,mustahkamlash
D. Aralash,amaliy va tajriba ishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |